O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Qoraqalpog‘istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
3.Qoraqalpog‘istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot. О‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda kо‘p millatli Qoraqalpog‘iston xalqining, ana shu mо‘tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.
Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bо‘lib, ular quyidagilardan iborat: elektroenergetika: yoqilg‘i sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashinasozlik va metallsozlik; о‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz; unyorma va aralash yem; poligrafiya sanoatlari. Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qо‘shni viloyatlarning elektr energiyasiga bо‘lgan talabini qondiradi (stansiyaning о‘rtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Kо‘ng‘irot tumanida «Ustyurtgaz» korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilg‘i sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika bо‘yicha 1697,1 mln. m3 gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda «Nukuskabel» ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qо‘ng‘irot un zavodi (1993), «Tо‘rtkо‘ldon» (1997), kichik novvoyxonalar va makaron i.ch. korxonalari bunyod etildi. Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip yigiruv va tо‘qimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yog‘moy zavodlari, tо‘qimachilik korxonasi), Qо‘ng‘irot tumanida (paxta, unyorma zavodlari, «Ustyurtgaz»), Tо‘rtkо‘l tumanida (paxta un tortish zavodlari), Xо‘jayli tumanida (paxta, yog‘moy, ta’mirlashmexanika va g‘isht zavodlari), Chimboy tumanida (paxta, yog‘moy, unyorma zavodlari), Ellikqal’a tumanida (paxta zavodi, «Elteks» aksionerlik jamiyati va «Yuniver» qо‘shma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, «Kateks», «Nukus non», «Daunt» korxonalari, unyorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va Taxiatosh shahrida (ta’mirlashmexanika va unyorma zavodlari) faoliyat kо‘rsatadi. Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig‘ma temirbeton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikkuvchilik mahsulotlari, tо‘qimachilik galantereyasi, о‘simlik moyi, gо‘sht va gо‘sht mahsulotlari, non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va b. ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilgan. Qishloq xо‘jaligi asosan, paxtachilik, g‘allachilik (sholi va bug‘doy yetishtirish) va chorvachilik (gо‘sht, sut, qorakо‘lchilik)dan iborat. Qishloq xо‘jaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22.4%, g‘alla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yil umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta, 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi. Chorvachilik, asosan, gо‘sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xо‘jaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qо‘y va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi. О‘zbekiston hukumati Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama qо‘llab-quvvatlamoqda. 1996 yili О‘zbekiston Davlat byudjetidan Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 10 milliard sо‘m mablag‘ ajratildi. Bu Qoraqalpog‘iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qiladi. Qoraqalpog‘istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham о‘sib bormoqda. Bugungi kunda О‘zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog‘istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq sо‘mni yoki butun Qoraqalpog‘iston byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. О‘zbekiston hukumatining amaliy yordami hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yо‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi. Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bо‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorining hissasi oshib bordi. Ayni paytda sanoat, qishloq xо‘jaligi va savdoda bu kо‘rsatkich 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yо‘nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat kо‘rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoatqurilish banklari ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog‘istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug‘ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat kо‘rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta’minlash choralari kо‘rildi. Qoraqalpog‘istonda 1996 yili 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan, 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo dо‘konlari va omborlar, 17 ta kо‘tara savdo bozor hamda О‘zbekiston tovar xom ashyo birjasining Qoraqalpog‘iston bо‘limiga qarashli 19 ta supermarket dо‘konlari faoliyat kо‘rsatdi. 1997 yilning birinchi yanvarigacha bо‘lgan ma’lumotlarga qaraganda, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 330 million sо‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi, 50 foizi esa tadbirkorlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qо‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million sо‘m kredit ajratdi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996 yilda respublika fond birjalari filiallarida 191,6 million sо‘mlik aksiyalar sotildi. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda о‘z samaralarini bera boshladi. 1997 yil 1 yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari rо‘yxatga olindi. 1996 yil yakuniga kо‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 10.355,7 million sо‘mlikni tashkil etdi, bu 1995 yilga nisbatan 2,2 marta kо‘pdir. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga о‘sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga о‘tib ishlay boshladi, jumladan, xususiy korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik jamiyatlari 41, qо‘shma korxonalar 2 ta bо‘ldi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Ular bozor iqgisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi о‘sa boshladi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10754,4 million sо‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu solishtirma narxlarda olganda 1995 yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 1991-1996 yillarda natura kо‘rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham kо‘paydi, xususan, past voltli apparaturalar, yо‘l qurilishi mashinalari ehgiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasidandir. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish kо‘paydi. 1996 yilda yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, о‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish о‘sdi. Sanoatda bir qator ijobiy о‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xо‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi. 1996 yidda Qо‘ng‘irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga yetdi. «Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» tо‘qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal’a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday tо‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Nukus va Qо‘ng‘irot un kombinatlari, Tо‘rtkо‘lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega bо‘lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995 yilda Qо‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yо‘l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham kо‘zda tutilgan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling