O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va rivojlantirish istiqbollari


Download 0.52 Mb.
bet23/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

5.Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinlashtirilishi va rivojlantirish istiqbollari.


Islohotlarni tadrijiy yo‘sinda amalga oshirish strategiyasi boshqa sohalar qatori ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning ilk yillarida aksariyat hollarda matbuot erkinligi masalasiga o‘ta jo‘n va biryoqlama munosabatda bo‘lingani sir emas. O‘sha yillarda so‘z erkinligining sharti bitta mutlaq erkinlik berilsa bo‘ldi, olam guliston, jamiyat ham, matbuot ham demokratlashadi-qo‘yadi degan qarashlar xukmron edi. Vaholanki, real hayot bunday tushunchalarning tamomila aksini ko‘rsatdi. Ommaviy axbo­rot vositalari:

  • jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi o‘rin tutishi, omma bilan hokimiyat o‘rtasida faol muloqot vositasiga aylanmog‘i;

  • amalda "to‘rtinchi hokimiyat" darajasiga erishmog‘i va shu orqali jamiyatda oshkoralik muhitini yaratishi, demok­ratik tamoyillarning keng yoyilishida jonbozlik ko‘rsatishi, matbuotning, demakki, jurnalistning o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash uchun, eng avvalo, huquqiy baza, huquqiy muhit yaratilmog‘i zarur edi. O‘zbekiston bu borada jahon tajribasida sinovlardan ko‘p bor o‘tgan eng to‘g‘ri yulni tanladi.

E’tirof etish kerakki, istiqlol yillarida mamlaka­timizda milliy qonunchilik instituti, professional Par­lament tajribasi vujudga keldi, shakllandi. Buni matbuot va ommaviy axborot vositalari, umuman, jamiyatni axborotlashtirish sohasiga doir qabul qilingan qonunlar misolida ham ko‘rish mumkin. Ikkinchidan, qabul qilingan va amaliyotga kiritilgan har qanday qonun, u qaysi sohaga daxldor ekanidan qat’i nazar, jurnalist faoliyatida yo bilvosita, yo bevosita ahamiyatga ega. Chunki e’lon qilingan har qanday yo‘nalishdagi, hajmdagi (hatto qisqa axborotning ham) maqola-materialning salmog‘ini muallifning qonunlardan boxabarlik darajasi belgilaydi. Zero, ana shu sharoitdagina qonun ishlaydi, hayotga tatbiq etilish ko‘lami kengaya boradi, huquqiy meyorlar kundalik turmushga singadi, nihoyat, qonun bandlarining mumkin qadar keng targ‘ib etilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bevosita ommaviy axborot vositalariga taalluqli turkum qonunlarga kelsak, jamiyatning erkinlashuvini ommaviy axborot vositalari ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, ommaviy axborot vositalari erkinlashuvining qonuniy asoslarini yaratmay turib, mat­buot so‘ziga to‘laqonli erkinlik bagishlash ham mumkin emas. O‘zRda yaratilgan va hayotga tatbiq etil­gan, bevosita ommaviy axborot vositalari sohasiga tegishli qonunlar istiqlol davri milliy jurnalistikasining bosqichma-bosqich zamonaviy maqomlarga ko‘tarilishida ul­kan ahamiyat kasb etdi.
Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq hayot va davr har bir soxa vakillari oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo‘ya boshladi. Jumladan, demokratik jamiyat qurishning asosiy masalalaridan bo‘lmish matbuotni erkinlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini, talablarini, qonuniyatlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, manfaatlar uyg‘unligiga erishish, xususan, ommaviy axborot vositalari tizimidagi islohotlarni, chunonchi, ular faoliyatini erkinlashtirish, nomarkazlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmini yaratish, ommaviy axborot vositalarini bo­zor munosabatlari sharoitida sog‘lom raqobat asosida faoliyat yuritishga tayyorlashdek jarayonlar davri kelgan, bun­day serqatlam va murakkab jarayonlarni tartibli, ayni chog‘da samarali tarzda tashkil etish uchun ham, yuqorida takidlanganidek, ommaviy axborot vositalari tizimini isloh etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish zarur edi. Shu ma’noda, 1997 yil milliy matbuotimiz tarixi sahifalariga alohida sana sifatida kiradi. Shu yili mamlakatimiz Parlamenti tomonidan "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida"gi, "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi hamda "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonunlar qabul qilindi.
Matbuot jamiyatning demokratik institutlaridan biri bo‘lib, jamiyat oldida qanday vazifa turgan bo‘lsa, matbuot oldida ham ayni shunday vazifa turadi. Bundan anglashiladiki, turli jamiyatlarga mansub axborot vositalari matbuotning umumiy prinsiplariga (voqealarni xolis, haqqoniy va vaqtida yoritish) rioya qilgan holda, jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, bir-biridan farq qilishi ham mum­kin. Buni rivojlangan va taraqqiy topgan mamlakatlarning matbuoti bilan milliy rivojlanish yo‘liga endi-endi qadam qo‘yayotgan mamlakatlarning matbuoti misolida aniq ko‘rish mumkin.
Mustaqillik davri matbuotidagi izlanishlar, jahon tajribasining ilg‘or namunalaridan ibrat olish mahsuli o‘laroq, jurnalist tekshiruvi o‘zbek matbuoti sahifalaridan ham o‘rin oldi, jurnalist tekshiruviga ixtisoslashgan jurnalistlar guruhi yetishib chiqdi.
"Jurnalistlar faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun 1997 yil 26 aprelda qabul qilingan bo‘lsa, shu yil­ning dekabr oyida qabul qilingan "Ommaviy axborot vo­sitalari to‘g‘risida"gi Qonunning 9-moddasi ham "Jurnalistik tekshiruv"ga bag‘ishlangani bejiz emas. Avvalgi Qonunning 9-moddasidagiga nisbatan, yangi Qonunning 9-moddasida jurnalist tekshiruvi birmuncha kengroq bayon etilgan, ushbu yo‘nalishga ixtisoslashayotgan jurnalistlar faoliyati uchun yanada keng imkoniyatlar berilgan.
Mustaqillik davri matbuotining o‘ziga xos xususiyatlari ommaviy axborot vositalari sonining ortishi, nomarkazlashuvi, mulkiy jihatdan xilma-xillashuvida, ayniqsa, nodavlat OAVning ko‘paya borishida o‘z ifodasini topa boshladi. Bunday holatda ommaviy axborot vositalarini tashkil etish, ular faoliyatini yuritish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq munosabatlarga doir huquqiy meyorlarni ishlab chiqish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan ekanligi tabi­iy. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun ayni shu maqsadlarga xiz­mat qildi. Mazkur Qonundagi muhim yangiliklardan biri mamlakatimizda davom etayotgan jamiyatni erkinlashtirish jarayonlariga bevosita taalluqli edi. YA’ni, respublikamizda yuridik shaxslar qatori jismoniy shaxslarga ham ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish huquqi berilishi mutlaqo yangilik bo‘ldi.
"Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonunning 3 va 4-moddalari xalqimizning, xususan, ijodkorlarning asriy orzularini ro‘yobga chiqardi, deyish mumkin. Chunki "Har kim ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga ega”ligi, maz­kur huquqiy meyorning izchil davomi bo‘lmish "O‘zRda ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q", deya belgilanishi axborot sohasida mustabid tuzumdan kolgan eng katta illatga barham berdi.
Garchi "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun bandlari jurnalistning ijod chog‘idagi va undan oldingi bosqichga daxldor faoliyatiga taalluqli bo‘lsada, uning "Jurnalistning javobgarligi" deb atalgan 15-moddasi jurnalist asarining chop etilgandan keyingi bosqichiga ham bevosita taalluqli. Unda jurnalistning o‘zi tayyorlagan va tarqatgan xabar va materiallarning haqqoniyligi uchun javobgarligi belgilanganki, mazkur modda hayotga keng tatbiq etilgani sayin "Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi" degan moddaning to‘la ishlashiga imkon yaratadi. Chunki jurnalist yozayotgan so‘zi uchun shaxsiy javobgarligini chuqurroq va amaliyroq idrok eta borishi, birinchidan, uning shaxsiy salohiyati ortib borishiga asos yaratsa, ikkinchidan, matbuot so‘zining ta’sirchanligi, matbuotning jamiyatdagi nazoratchilik vazifasining sog‘lomlashuvi uchun xiz­mat qiladi. "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonunning "Raddiya berish va javob qaytarshi huquqi" deb nomlangan 27-moddasi ham jurnalist so‘zining, nuqgai nazarining puxta va mustahkam bo‘lishiga asos yaratadi.
Mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari zamon va global o‘zgarishlar shiddatiga hamohang tarzda kechmoqda. Ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, mamlakat hayotini modernizatsiyalash, jamiyatdagi demokratik evrilishlar, fuqarolik jamiyati tayanch mezonlarining qaror topishi, jumladan, son va miqyos jihatidan kengayib borayotgan ommaviy axbo­rot vositalari "maydoni"ning vujudga kelishi sohaga doir qonunlarni qayta kurib chiqish, zarurat tug‘ilgan xollarda ularni yangi taxrirda qabul qilishga ehtiyoj tug‘dirdi. 2007 yilning yanvar oyida yangi taxrirda qabul qilingan "Om­maviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonun ana shunday ehtiyoj mahsuli edi.
Mazkur Qonunning amaldagi Qonunga nisbatan yangiligi nimada?
Avvalo, shuni aytish kerakki, 1997 yili amalga kiritilgan "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonunga 2002 yilning avgust oyida o‘zgartirishlar kiritilgan edi. 2007 yilning yanvar oyida esa Qonun yangi tahrirda qayta qabul qilindi. Unda quyidagi yangiliklar bo‘ldi:
Qonun shaklan jiddiy o‘zgardi, 6 bobning har birida OAV faoliyati bilan bog‘liq alohida bosqichlar qamrab olindi va umumlashtirildi;

  • "Ommaviy axborot vositalari" tushunchasi kengaydi, jumladan, elektron OAV bilan bog‘liq yangiliklar kiritildi;

  • OAV muassisi va muassislari, OAV tahririyati, bosh muharrir, tahririyat xodimi maqomi mustahkamlandi.

Milliy ommaviy axborot vositalari tizimi, birinchi navbatda, aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatining asosiy shartlaridan biri jamiyatda erkin axborot almashinuvi jarayonlari ta’minlanishidir. Emin-erkin axborot almashinuvi yaratilgan jamiyatgina "axborotlashgan jamiyat" maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat miqyosida kechadigan turli jarayonlar, munosabatlar an’anaviy "matbuot" yoki "ommaviy axborot vo­sitalari" tushunchalariga "sig‘maydi", shu bois jahon tajribasida, chunonchi, keyingi yillarda matbuotga doir il­miy tadqiqot ishlari va amaliyotda "ommaviy kommunikatsiya" atamasi keng ommalashmoqda. Amaliy jihatdan olganda, mamlakatimizda ommaviy kommunikatsiya talablari va ehtiyojlari har jihatdan, ayniqsa, huquqiy jihatdan za­monaviy talablarga javob berishini ta’kidlash lozim.
1992 yilning yanvar oyida "Aloqa to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatda demokratik islohotlar boshlanayotganidan dalolat edi. Zero, aloqaning huquqiy asoslari mohiyat-e’tibori bilan jamiyatda ochiq axborot muhiti shakllanishiga zamin yaratadi. "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonun (1993 yil, may) bu yo‘nalishdagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun (1994 yil, may) jamiyatda shaxs huquqining mustahkamlanishi, uning o‘rni, fikri va so‘ziga e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi. "O‘zRning davlat tili haqida"gi (1995 yil, dekabr), "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi (1996 yil, avgust), "Noshirlik faoliyati to‘g‘risida"gi (1996 yil, avgust), "Reklama to‘g‘risida"gi (1998 yil, dekabr), "Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida"gi (1999 yil, avgust) qonunlar ham bilvosita, ham bevosita jamiyatda demokratik qadriyatlar va talablarga javob beradigan, axborot maydonini yaratishga xizmat qiladigan, pirovard natijada, respublikadati hayot tarzini taraqqiy ettan davlatlar darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladigan hujjatlardir.
Zamonaviy taraqqiyotni axborot-kommunikatsiya texno­logiyalari (AKT)siz tasavvur qilish qiyin. Ayni chog‘da, shaxs, jamiyat va davlatning axborot ehtiyojini AKTsiz yo‘lga qo‘yish qiyin. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, siyosat, ilm-fan, madaniyat va san’at, maishiy sharoit singari in­son hayoti bilan bog‘liq jabhalarda sog‘lom turmush tarzining qaror topishi ko‘p jihatdan AKTga chambarchas bog‘liq. Mana shunday talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan amaldagi ay­rim qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, yaxshi qonunlar qabul qilish taklifi bilan chiqdi. Chunonchi, Prezident tomonidan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida"gi, "Teleradioeshittirish to‘g‘risida"gi, "Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida"gi, "Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Qonunlarni qabul qilish yuzasidan kiritilgan takliflar har jihatdan muhim va dolzarb ekanligini alohida ta’kidlash zarur.
Mamlakat hayotida muhim o‘zgarishlar yuz berayotganida, jamiyat yangilanayotganida ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan talab keskin oshadi. Chunki yangi sharoitda boshqaruv tizimi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tamoyillari, ma’naviy-axloqiy qadrishlar o‘zgaradi, milliy rivojlanish va taraqqiyotning yaqin-uzoq istiqbolga mo‘ljallangai aso­siy yo‘nalishlari belgilab olinadi. Matbuot jamiyatning faol va erkin demokratik institutlaridan biri sifatida yangi g‘oyalar targ‘ibotchisiga, jamoatchilik fikrini shakllantirishniig ta’sirchan, samarali minbariga aylanadi. Odamlarda jamiyat hayotida, dunyoda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlarni matbuot orqali bilishga, ijtimoiy-siyosiy jarayonda faol ishtirok etishga qiziqish kuchayadi.
Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da (2010 yil 12 noyabr) parlament faoliyatini. siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirish, partiyalararo raqobatni kuchaytirish va uning samaradorligiga erishish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalariga doir huquqiy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida erishilgan yutuqlarni, xalqimizning dunyoqarashi va ongi-shuurida, turmush tarzida, davlat jamiyat shaxs munosabatlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tahlil qilish bilan birga, davlatimizning umu­miy taraqqiyotini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, xalqimizning hech kimdan kam bo‘lmagan farovon turmushini ta’­minlash, mamlakatda ijtimoiy adolat prinsiplarini to‘la qaror toptirishga doir hayotning o‘zi kun tartibiga qo‘yayotgan masalalar yuzasidan g‘oyat muhim takliflarni o‘rtaga tashladi.
Globallapguv va raqobat dunyo miqyosida kuchayib borayotgan bir paytda har bir mamlakat dunyo hamjamiyatida o‘zi egallab turgan o‘rnini xolis va tanqidiy baholashi, har tomonlama chuqur o‘ylangan, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari puxta ishlab chiqilgan taraqqiyot dasturi hamda uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lishi kerak. Prezidentimiz taklif etgan Konsepsiyada mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining boshqa muhim masalalari qatori axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari faoliyatini demokratlashtirish, ularning erkinligi va iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga ham jiddiy e’tibor berildi.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyatini, so‘z erkinligini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunning qabul qilinishi odamlarning o‘zlari istagan axborotni hech bir moneliksiz olishini, ayni chog‘da, axborotni muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash imkonini berdi. Natijada matbuotimiz sahifalarida sobiq tuzum sharoitida mutlaqo qo‘l urilmagan, hech kim jur’at etmagan, rasman taqiqlab qo‘yilgan ko‘plab mavzular, chunonchi, tanqidiy mushohadalar, qiyosiy tahlillar, ijtimoiy-siyosiy sharhlar paydo bo‘ldi. Mamlakatimizning yetakchi nashrlarida e’lon qilinayotgan materiallarning ta’sirchanligi sezilarli darajada oshdi. Yangi mustaqil matbuot biroz sustkashlik, qiyinchilik bi­lan bo‘lsa-da, o‘zining yangi yo‘li va maqomini topib oldi.
Prezident OAV imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, jurnalistlar faoliyatini ij­timoiy va huquqiy jihatdan kafolatlash zarurligini yana bir bor kun tartibiga qo‘ydi: "Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizda yuz berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarni erkin va xolis ifodalashga qodir bo‘lishi, hokimiyat bilan jamiyat o‘rtasida xolis vositachi bo‘lishi va, muhimi, inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‘lishi uchun professional jurnalist­lar va OAV xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish, axborot olish, tahlil qilish, ishlash va yetkazishning zamonaviy usullari va vositalarini o‘zlashtirishda ularga yordam berish zarur" (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fyqapolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: O‘zbekiston, 2011. B. 70-79.).
Islom Karimovning asarlari, nutq va ma’ruzalari, matbuot va OAV xodimlariga tabriklarida mustaqillik davri matbuotining bosh vazifalari aniq-lo‘nda ifodalab berilgan. “Axborot sohasini jadal rivojlantirish, omma­viy axborot vositalari matbuot, radio-televideniye fao­liyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarur. Qisqa qilib aytganda, ommaviy axborot vosita­lari tom ma’noda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarilmog‘i lozim. Bu to‘g‘rida gapirganda, ommaviy axborot vosi­talari faoliyatiga oid bo‘lgan ba’zi bir masalalar haqida to‘xtalib o‘tish o‘rinli deb bilaman. Shuni ochiq aytishimiz kerakki, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqtlar davomida mafkuraviy va ma’muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi, avvalo, psixologik jihatdan o‘zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular o‘zi uchun yangi bo‘lgan hozirgi vaziyatda ba’zan hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko‘rsatma kutib o‘tirgandek ko‘rinadi. O‘ylaymanki, haqiqiy demokratik matbuot ko‘rsatma asosida yashay olmaydi va yashashi ham mumkin emas. Er­kin matbuot real vaziyat sharoitida faoliyat ko‘rsatishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil ko‘tarib chiqishi, odamlarni bezovta qilayotgan barcha masalalarni jamoatchilik muhokamasiga havola etishi, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalari faoliyatiga tanqidiy, shu bilan birga, xolis baho berib borishi kerak" (Prezident Islom Karimovning OM 2002 yilgi 9-sessiyasida so‘zlagan nutqidan).
Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo‘lidan ilgari yurishimizga to‘siq bo‘lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar xususida oshkora, professional tahliliy materiallarni kutadi” (Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. 13-j. -T.: O‘zbekiston, 2005. -B. 403.).


6. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va demokratik saylov tizimining yaratilishi.

Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo‘lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘rsatuvchi mezondir.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling