O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirziyoyev Sh.M.
- Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. B. 32-45
Mirziyoyev Sh.M. Miliy taraqqiyot yо‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga kо‘taramiz. Asarlar 1-jild. -Т.: “О‘zbekiston”. 2018.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -Т.: “О‘zbekiston”. 2018. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -Т.: “О‘zbekiston”. 2019. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.: “O’zbekiston”. 2020. 1.Bozor munosabatlariga о‘tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yо‘nalishlari. О‘zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga, hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g‘ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi hukmron partiya tutgan yо‘lga bog‘liq bо‘lgan. Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik turmushiga daxldor bо‘lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham о‘z zimmasiga olgani uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga pasayib borgan. Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida eng zarur tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit zamonaviy tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya jarayoni kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning kо‘r-kо‘rona inkor egilishi ishlab chiqarishning о‘sishiga salbiy ta’sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zо‘rayishiga sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining о‘rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning о‘rniga ma’muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yо‘lida tо‘g‘anoq bо‘ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xо‘jalik aloqalarining uzilishi ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi. Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, О‘zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada kо‘p yillar davomida shakllangan xalq xо‘jaligi tarkibi, ya’ni unda paxta yakkahokimligining о‘rnatilgani, xom ashyo resurslarinint Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga bо‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi. Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O’zbekiston Respublikasi (keying o’rinlarda O’z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha о‘n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda tо‘qilgan qarorlar amalga oshirildi, "kampaniya"lar о‘tkazildi. О‘zbekistonning chinakam manfaatlari, о‘ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xо‘jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg‘i, asbob-uskunalar va texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste’moli mollarini chetdan keltirishga majburdir" (Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: О‘zbekiston, 1996. B. 61). Mustamlakachilik siyosati oqibatida О‘zbekiston iqtisodi zaif bо‘lgani holda, о‘z yeridagi boylikni о‘zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. О‘zbekistonning yer osti boyliklari umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida о‘ta xaridorgir bо‘lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda О‘zbekiston xazinasiga tushmas edi"(Karimov I.A. Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: О‘zbekiston, 1996. B. 371). Faqat sovet davrining sо‘nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular О‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta. Boz ustiga, bu davrga kelib markaz о‘zining kо‘plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni о‘z bо‘ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste’moli mollari va moddiy resurslar bilan ta’minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xо‘jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga о‘tishiga olib keldi, mintaqaviy xо‘jalik yuritish g‘oyasini vujudga keltirdi va g‘ayriintegratsion jarayonlarga turtki bо‘ldi. Yillar davomida tо‘planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "Bugun ochiq aytaversak ham bо‘ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida kо‘p narsalarda uzilish bо‘lib, juda og’ir ahvolga tushib, naq ocharchilik ostonasida turar edik" (Karimov I.A. О‘zbekistoi: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: О‘zbekiston, 1996. B. 3). О‘zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yо‘liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga о‘tish taqozo etilardi. Shunday о‘ta og‘ir vaziyatda, Islom Karimov О‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq sо‘zlab, respublikada vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: "Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning о‘zi yо‘l qо‘ymaydi” (Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. B. 32-45). О‘zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. О‘zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, О‘zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "О‘zbekiston xalq xо‘jaligini barqarorlashtirishning asosiy yо‘nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb nomlanadi. Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi: aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish; respublika fuqarolarining hamjihatligini ta’minlash, millatlararo dо‘stona munosabatlarni mustahkamlash; О‘zbekistonning boshqa respublikalar bilan bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng huquqli va о‘zaro manfaatli asosda qayta qurish; boshqarishdagi buyruqbozlik usulidan voz kechib, iqtisodiy, ya’ni manfaatni hisobga oladigan boshqarish usullariga о‘tish; moliya-kredit va soliq tizimini qayta kо‘rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi yangi moliyaviy vositalarni ishga solish; turli mulkchilik shakli va xо‘jalik yuritishga о‘tish; suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni о‘rnatish; о‘z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama rivojlanishiga chek qо‘yish va bu ishlarning kompleks borishini ta’minlash. Dasturda yuqorida sanab о‘tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish mо‘ljallangan edi: birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qо‘yish (1990-1992 yillar); ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish (1992-1993 yillar); uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya’ni yangicha xо‘jalik yuritish usullarini keng quloch yoydirish (1994-1996 yillar), Bu dasturda yetti yil davomida О‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda tutilgan bо‘lib, uni siyosiy mustaqillik yо‘lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshmagan bо‘lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat’i nazar, О‘zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan о‘z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida kо‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir. О‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan sо‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan sо‘ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, kо‘plab yangi, о‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga qalqib chikdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish, bozor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy о‘zgarishlarni amalga oshirish, aholinish ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslashgan modeliga о‘tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi. Ushbu modelning asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yо‘llari, bosqichlari Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda о‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Islom Karimovning "О‘zbekiston: bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li" asarida e’lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling