O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqti
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
- 2.Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy о‘zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi.
- 3. Qishloq xо‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga о‘tishning asosiy yо‘nalishlari va bosqichlari.
- 4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi.
- Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. T.: О‘zbekiston, 1996.-B. 336.
- Karimov I.A. Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. 7-j. -T.
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi.
Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o’tish davrida bosh islohotchisi bo’lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo’lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak. Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o’zgarishlar amaliy kuchga ega bo’lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin. To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qo’llab-quvvatlash borasida mas’ul bo’lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo’lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin. Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. О‘z. Rning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ishlab chiqqan milliy model о‘ziga xos bо‘lib, unda bozor iqtisodiyotining ma’lum bir turi yoki muayyan bir davlat yо‘li tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kо‘chirib olingani yо‘q. Uni tanlashda mamlakatimizning iqtisodiy ijtimoiy sharoiti va salohiyatidan, xalqimizning tarixi, milliy urf-odatlari, diniy e’tiqodidan kelib chiqildi. Bunda kо‘plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal о‘rganildi va inobatga olindi. Dunyo amaliyotida о‘tish davri uchun mukammal modelning о‘zi yо‘q. Negaki, bir davlatning yо‘li boshqalar uchun mutlaqo tо‘g‘ri kelmasligi mumkin. Xar bir mamlakat о‘ziga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, geopolitik va tabiiy-geografik sharoitga ega. Shu ma’noda, har bir davlat о‘z iqtisodiy rivojlanish modeliga ega bо‘lishi kerak. Amalda "О‘zbek modeli" atamasi О‘zbekistonning Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanayotgan davlatlardan biriga aylanishi bilan bog‘liq tarzda paydo bо‘ldi. Mutaxassislar tomonidan ushbu atama 1993 yildan qо‘llana boshladi, chunki shu davrdan boshlab О‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar о‘zida iqtisodiy о‘sish bilan hamohang tarzda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mujassamlashtirgan edi. Bu, ayniqsa, sobiq Ittifoq parchalangan davrning dastlabki yillarida kо‘zga tashlanardi. Tahlillar hozirgi davrgacha о‘zbek modeli о‘z rivojlanishida bir necha bosqichni bosib о‘tganini kо‘rsatmoqda. Birinchi bosqich о‘z ichiga 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya’ni bu davrda sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan har bir respublika о‘z imkoniyati va umumittifoq taqsimotidan kelib chiqib, mintaqaviy xо‘jalik hisobiga о‘tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan sotsialistik munosabatlar va О‘zbekistonning real imkoniyatlari о‘rtasidagi ziddiyatlarda о‘z ifodasini topdi. Ikkinchi bosqich mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya’ni о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘lini izlashning eng murakkab va qiyin pallasi hisoblanadi. О‘z taraqqiyot yо‘lini topish О‘zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, kо‘plab Yevropa davlatlaridan farqli о‘laroq, xalqimiz о‘ziga xos eksperiment obyektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar xukmronlik qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi, chunki buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi. Uchinchi bosqich 1993-1995 yillar, ya’ni о‘zbek modeli amalga oshirilishining dastlabki davri. Ushbu bosqichda bozor infratuzilmasi vujudga keldi, xususan, uning normativ-huquqiy bazasi, xususiy sektor, bank-kredit mexanizmi uchun xizmat kо‘rsatish sohasi, soliq siyosati shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uy-joy fondi, ijtimoiy soha tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pullik xizmat kо‘rsatish kabilarda) faol xususiylashtirish jarayoni boshlandi hamda yirik korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirishga tayyorgarlik kо‘rildi. Eng muhimi, О‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tо‘laqonli subyektiga aylandi. Tо‘rtinchi bosqich 1995-1999 yillarni о‘z ichiga oladi. Bu davrda aholi tanlangan yо‘lning tо‘g‘riligini, olib borilayotgan islohotlar real yо‘nalish va shaklga ega ekanligini anglab yetdi. Chunki о‘zbek modeli islohot о‘tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari talab darajasida ekanligini kо‘rsatdi. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning о‘sishi iqtisodiyotda yuqori texnologik tarmoqlar ulushining oshishiga olib keldi. Bu davrda, ayniqsa, kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika sanoatining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi kо‘zga tashlandi. Qator strategik sohalar, xususan, don va energetika mustaqilligi ta’minlandi. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi. Beshinchi bosqich 1999 yildan boshlanib, 2010 yilgacha davom etdi. Import о‘rnini bosuvchi va ommaviy eksportga yо‘naltirilgan iqtisodiy tizimni tо‘la hajmda shakllantirish, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning faollashuvi bu davrda amalga oshirilgan islohotlarning asosiy belgisi bо‘ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan tarkibiy о‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarning barpo etilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida о‘z vaqtida boshlangan, chuqur о‘ylangan va uzoq istiqbolga mо‘ljallangan ishlar о‘z natijasini berdi. Ayniqsa, mamlakat qishloq xо‘jaligida tо‘liq fermerlik tizimiga о‘tish g‘oyasi aynan shu bosqichda amalga oshirildi. Muhimi shundaki, ushbu bosqichda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sinovdan muvaffaqiyatli о‘tdi. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi О‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmadi. Ushbu bosqichda «Inqirozga qarshi choralar dasturi» va unda kо‘zda tutilgan tadbirlar milliy modelning yanada takomillashishiga xizmat qildi. 2.Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy о‘zgarishlarning amalga oshirilishi va sanoatning rivojlanishi. О‘zbekistonning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ostida bо‘lganligi, shundoq ham susayib borayotgan xо‘jalik aloqalarining 1990 yillarning boshida batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. О‘zbekiston iqtisodiyotining bir yoqlama tarzda, faqat xom ashyo yetishtiradigan holga tushib, vaqtida kompleks rivojlanish yо‘liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga о‘tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi chuqur nomutanosibliklarda namoyon bо‘ldi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator nuqson va kamchiliklarga yо‘l qо‘yilgan. Jumladan: - respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-rо‘zg‘or texnikasi, yо‘l qurish mashinalari, plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi; kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi respublikadagi ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi; yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham, asosan, respublikadan tashqariga chiqarishga mо‘ljallandi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz rahbari tomonidan О‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondashuvlar asos qilindi: mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e’tiborga olinmay, ma’muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi kerak; mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga, avvalo, respublika aholisining manfaati nuqtai nazaridan qaramoq kerak. Respublikani iqtisodiy mustaqillik yо‘liga о‘tkazish, uni inqiroz girdobidan olib chiqish vazifalarini hal etishda mamlakatning ichki resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish zarurligi ta’kidlandi. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy e’tibor mustaqil davlatning amal qilishini ta’minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor iqtisodiyotiga о‘tishning qonunchilik asoslarini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, inflyatsiyaga qarshi kurash va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga qaratildi. Ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga о‘tish О‘zbekistonda davlat suverenitetining iqtisodiy asosi sifatida belgilandi. Bu yо‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Bunda, avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlariga e’tibor qaratildi: - ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning о‘sishi, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharo itni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish; kо‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni о‘zgartirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama о‘sishi uchun asos bо‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash; korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xо‘jalik ishlariga davlatning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishni keng qо‘llash; moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyoti tizimiga kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy о‘zgarishlarni amalga oshirish; iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish; jahon iqtisodiy tizimiga qо‘shilish; yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, aholining dunyoqarashini о‘zgartirish, har bir kishiga о‘z mehnati samarasidan bahramand bо‘lish imkoniyatini yaratish. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich о‘tish bozorning kо‘p bо‘g‘inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bо‘lmasdan bozor mexanizmlari tо‘liq ishlay olmaydi. Infratuzilma bu - xalq xо‘jaligi faoliyatini ta’minlash uchun turli tuman xizmat kо‘rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta’minoti, suv bilan ta’minlash, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalarni о‘z ichiga oladi. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi – elektr ta’minoti, transport, yо‘l, ombor xо‘jaligi va aloqa tarmoqlari hisoblanadi. О‘tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida kо‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Tovar va xom ashyo bozorida xizmat qiluvchi tovarlar va xom ashyo birjalari, biznes-inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, kо‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bо‘ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning о‘rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. О‘zbekistonda 1991 yilning avgustidan "О‘zbekiston" respublika universal agrosanoat birjasi, "О‘zulgurjibirjasavdo" (1994 yil, mart), "Toshkent” Respublika tovar-xom ashyo birjasi (1994 yil, 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyati yо‘lga qо‘yildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu bois iqtisodiy faoliyat uchun zarur bо‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni tо‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi. Xо‘jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma yangi bank tizimi, о‘z-о‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini rо‘y berishi mumkin bо‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi "О‘zbekinvest" (1994 yil 13 aprel), "О‘zagrosug‘urta" (1997 yil 25 fevral), "Kafolat” (1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga о‘tish mulkchilik shakllari, kо‘p ukladli aralash iqtisodiyot tuzilmalarining xilma-xilligiga asoslanadi. Bu raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch ekanligi, u kup sonli bozor subyektlarini talab qilishi bilan izohlanadi. Shunga kо‘ra, О‘z Rning "Mulkchilik tо‘g‘risida"gi Qonunida mamlakatimizda mulkchilikping qanday shakllari amal qilishi aniq belgilab berildi. Shuningdek, О‘zbekistonda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqli ekanligi Konstitusiyada ham belgilab qо‘yildi. Mustaqil taraqqiyot yо‘liga о‘tgan mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirishda investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. Samarali investitsiya siyosatining amalga oshirilishi iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlaridagi ustuvor yо‘nalish va mexanizmlarni о‘zgartirdi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi (1991-1995 yillar)da YAIM hajmining kamayib ketishi, milliy valyuta devalvatsiyasi va inflyatsiya о‘sib borishi, rivojlanishda yuqori darajada beqarorlik kuzatildi. Investitsiya hajmi va kо‘lami qisqarib, bunday holatda xorijiy investitsiyalar ulushining katta qismi turli grantlardan iborat bо‘lib, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar deyarli mavjud emas edi. Respublika byudjet mablag‘larining investitsiya qilingan asosiy qismi (95 foiz) davlat sektoriga, iqtisodiyotning ustuvor rivojlanish sohalariga, strategik muhim obyektlarni qurishga yо‘naltirildi. Shuningdek, respublika byudjeti xarajatlar qismining salmoqli ulushi (57,3 foizgacha) kadrlar tayyorlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash kabi davlat dasturlariga ajratildi. Davlat nazorati ostida iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim tarmoqlar moliyalashtirildi. Iqtisodiyotni, shu jumladan, narx tashkil etishni erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiyotga davlat aralashuvini cheklash islohotlarning asosiy yо‘nalishlariga aylandi. Mustaqil taraqqiyot davrining dastlabki pallasidagi investitsiya jarayonlarida quyidagi masalalar hal etildi: amalga oshirilayotgan investitsiya hajmining qisqarib ketishiga barham berish va barqarorlashtirish; investitsiya jarayonlarini davlat byudjeti orqali moliyalashtirishni qisqartirish; davlat kafolati ostida xorijiy investitsiyalarni jalb etish; investitsiya jarayonlariga mamlakat aholisi va tijorat banklarini keng jalb etish. О‘z R qator davlatlar va xorijiy shaxslar о‘rtasida investitsiya bahslarini hal etish tartibi tо‘g‘isidagi Vashington konvensiyasiga, investitsiyalar kafolati bо‘yicha Seul konvensiyasiga qо‘shildi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon bankiga a’zo bо‘ldi, Jahon savdo tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Bir qancha hukumatlararo investitsiyalarni himoya qilish va rag‘batlantirish, ikkiyoqlama soliq solmaslik kabi kelishuvlarni imzoladi. 1996 yildan boshlab korxona va tashkilotlar investitsiya faoliyatini jadallashtirish uchun iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlar amalga oshirildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish uchun har yili Investitsiya dasturi ishlab chiqilib, qabul qilina boshladi. Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida investitsiya siyosatining asosiy natijalari quyidagilar bо‘ldi: Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bо‘lib Asaka shahrida avtomobil zavodi qurildi; Nukus, Ellikqala, Samarkand va Namanganda yirik tо‘qimachilik majmualari foydalanishga topshirildi; Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus va G‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on yangi temir yо‘l liniyalari kurildi; Toshkent-Andijon avtomobil yо‘lining Qamchiq dovonidan о‘tadigan qismi rekonstruksiya qilindi. Bu davrda zamonaviy "О‘zDEUavto" zavodining ishga tushirilishi bilan avtomobilsozlik sanoati tashkil etildi, bu esa iqtisodiyotni tarkibiy qayta о‘zgartirilishining asosiy yakuni bо‘ldi. "SamKochavto" (avtobuslar ishlab chiqarish), "Kabul-О‘zbekKo" (paxta tolasini qayta ishlash), "О‘zSamsung Elektroniks” (maishiy elektron apparatura), "Nestle О‘zbekiston" (oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar), "Olgin Deri", "Shark-teks", "Supertekstil" tо‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qо‘shma korxonalar ishga tushirildi. Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichi (2004-2011 yillar)da YAIM barqaror suratlarda о‘sdi va 7 foizdan ortiqni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar 2006 yildan boshlab ortib bordi va 2008 yilda deyarli 30 foizga oshdi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida О‘z R Prezidentining "Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi (11.04.2005), "Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi (21.07.2005), "О‘z R Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish tо‘g‘risida"gi (02.05.2006), "Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy-industrial hududni tashkil etish tо‘g‘risida"gi (02.12.2008), "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi (24.08.2011), "Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida''gi (10.04.2012), "Angren maxsus industrial hududini tashkil etish tо‘g‘risida"gi (13.04.2012) farmonlari va bir qancha qarorlar qabul qilindi. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalarning barqaror о‘sishi О‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, tashqi inqirozlar ta’sirini minimallashtirish imkoniyatiga nisbatan xorijiy investorlarning ishonchi yuqoriligidan dalolat beradi. Chunonchi, tо‘g‘ridan tо‘g‘ri chet el investitsiyalari 2011 yili 2003 yilga nisbatan 8 barobarga kо‘paydi. Islohotlarning uchinchi bosqichida bir qator yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Jumladan, Shо‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi, Navoiy shahridagi aeroport rekonstruksiyasi yakunlandi, "Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on" temir yо‘li ishga tushirildi, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati rekonstruksiya qilindi, Rezaksoy suv ombori qurilishi tugatildi. Xalqaro kuzatuvchilar О‘zbekistonning investitsion faolligi va rivojlanish yо‘li tо‘g‘ri ekanini e’tirof etdilar. Islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari va har bir bosqichning о‘ziga xosligiga qaramasdan, О‘zbekiston MDH davlatlari orasida yaxshi kо‘rsatkichlarga erishdi. Mamlakatimizda investitsiya hajmi bо‘yicha boshqa MDH davlatlari kabi keskin pasayishlar rо‘y bermadi. О‘zbekiston MDH davlatlari ichida 1995 yildan beri investitsiya hajmi indeksi salbiy mikdorni kо‘rsatmagan yagona davlat bо‘lib qoldi. Mustaqillikka erishish arafasida va mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy deformatsiyalar mavjud bо‘lib, ular orasida sanoatning haddan ortiq tarzda xom ashyoga yо‘naltirilgani katta salbiy ta’sirga ega edi. О‘zbekiston oldida ishlab chiqarishning iqtisodiy tarkibini tubdan qayta qurish, xom ashyo va qayta ishlovchi sohalar о‘rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, jahon xо‘jaligiga kirib borishga qodir bо‘lgan diversifikatsiyalashgan sanoat kompleksini shakllantirish vazifasi turardi. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotning asosiy sohalari bо‘lgan energetika, neft va gaz sanoati, oltin qazib olish va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya korxonalari qatorida qayta ishlash sanoati sohalarini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish asosida mamlakatning asosiy tabiiy va mineral xom ashyo resurslarini kо‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. 1999 yildan boshlab iqtisodiyotning real sektorida mulkchilikning yangi shakliga о‘tish bо‘yicha choralar amalga oshirildi. Buning uchun iqtisodiyotning asosiy sohalari bо‘lgan yoqilg‘i-energetika majmuasi, metallurgiya sanoatining yirik korxonalari xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning asosiy sohalaridagi yirik investitsion loyihalarning rо‘yobga chiqarilishi va yangi qayta ishlovchi korxonalarning faol jalb qilinishi iqtisodiyotdagi о‘sish darajasining bir meyorda oshishiga imkon yaratdi. Sanoat mahsulotlari eksportining oshishi hisobiga ijobiy tо‘lov balansi shakllandi va oltin-valyuta zahiralari oshdi. Valyuta bozorining liberallashtirilishi doirasida 2000 yilga qadar davlat valyuta almashtirish kursi va valyuta operatsiyalarini qatiy ma’muriy nazorat qilish eksport hajmi kо‘payishi va chet el valyutasi kirib kelishini rag‘batlantirdi. 2008-2011-yillarda О‘zbekiston iqtisodiyoti jahonda yuz bergan moliyaviy inqiroz sharoitida rivojlandi, "iqtisodiyotimizning jahon xо‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalarga о‘sib borayotgan sur’atlar bilan kirishib ketayotganligini hisobga olganda jahon inqirozi, birinchi navbatda, uning oqibatlari bizga salbiy ta’sir kо‘rsatdi. Global moliyaviy inqirozning salbiy ta’sirini yengib о‘tish maqsadida hukumat tomonidan 2008 yildayoq inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Dasturga kо‘ra, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarning barqaror ishlashini qо‘llab-quvvatlash va ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Sanoat sektorining jadal о‘sish sur’atlari О‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy qayta о‘zgartirishlar ijobiy dinamikasini ta’minladi. Umuman olganda, 1995-2011 yillarda sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 17,1 foizdan 24 foizgacha о‘sdi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta о‘zgartirishlar samaradorligi eksport tarkibida erishilgan ijobiy siljishlar bilan izohlanadi. 1995-2011 yillarda xom ashyo eksportining ulushi sezilarli darajada, jumladan, paxta tolasi 48,4 foizdan 9 foiztacha kamaydi. Tayyor mahsulotlar ulushi 7,1 foizdan 34,6 foizgacha oshdi, shu jumladan, mashinalar va asbob-uskunalarning ulushi 2 foizdan 6,7 foizgacha, tо‘qimachilik mahsulotlari 3,1 foizdan 9,7 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari 1,7 foizdan 13,2 foizgacha oshdi. Shu yillarda iqtisodiyotning sanoat tarmog‘ida nodavlat sektorining roli keskin ravishda о‘zgardi. Nodavlat korxonalarning sanoat subyektlarining umumiy tarkibidagi ulushi 1991 yildagi 17 foizdan 87 foizgacha oshdi, ulardan 30 foizi xususiy korxonalardir. 2019 yilda О‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar о‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi (Prezident Murojaatnomasidan. 24.01.2020.). Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirila boshlandi. Natijada 2019 yilda iqtisodiy о‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga kо‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi. Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda chuqur tarkibiy о‘zgarishlarning amalga oshirilishi natijasida respublikaning yonilg‘i-energetika resurslariga bо‘lgan ehtiyoji о‘zi hisobidan tо‘la ta’minlandi. Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar avtomobilsozlik, sellyuloza-qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, yani mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va yengil sanoat kabilarning hissasi ortib bordi. О‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini о‘zgartirishda yangi neft konlari (Mingbuloq va Kо‘kdumaloq)ning ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining kо‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Respublikamiz uchun tamomila yangi bо‘lgan avtomobilsozlik sanoatining vujudga keltirilishi oqibatida Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-tо‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilindi. Biz tanlagan islohotlar modelining tо‘g‘ri ekanligi va xalqimizning manfaatlariga tо‘liq javob berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan о‘sib, yangi marralarga kо‘tarilib borayotgani orqali kо‘rish mumkin. О‘zbekistonda 1996 yildan boshlab iqtisodiy о‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari 2001-2003 yillarda о‘rtacha 4% dan, 2004-2006 yillarda 7% dan, 2007 yildan buyon о‘rtacha 8-9% dan yuqori bо‘lib kelmoqda. Mustaqillik davrida respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyati yangicha mazmun va yо‘nalishlarda deyarli qaytadan tashkil etildi. Ma’lumotlarga kо‘ra, О‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 1991 yil 1 yanvar holatiga atigi 30 tani tashkil etar edi. 2014 yilning boshiga kelib bunday korxonalar soni 4,7 mingtadan oshib ketdi, ya’ni 156 baravardan ziyod о‘sdi. Agar tashqi savdo aylanmasi 1995 yilda 6,6 mlrd. AQSH dollari hajmini tashkil etgan bо‘lsa, 2013 yilda bu kо‘rsatkich 4,4 baravar о‘sib, 28,9 mln. AQSH dollari hajmiga yetdi. О‘zbekiston Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida (22.12.2017) keltirilishicha, 2017 yilda Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga kо‘ra, aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bо‘yicha О‘zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat о‘rtasida 134-о‘rinda turgan edi. 2017 yilda yurtimizda gaz ishlab chiqarish hajmi 56,5 milliard kub metrni tashkil etdi. Ammo mazkur soha yillar davomida modernizatsiya qilinmagani tufayli yо‘qotish miqdori juda katta – 20-23 foizni tashkil etgan. Mamlakatimizda asosiy energiya resurslarining narxi past bо‘lib qolayotgani bozor iqtisodiyoti sharoitida о‘zini oqlamasligi hammamiz yaxshi tushunamiz. Masalan, 2017 yilda О‘zbekistonda aholi va sanoat korxonalari uchun 1 megavatt soat elektr energiyaning narxi 25 AQSH dollarini tashkil etadi. Germaniyada esa bu narx aholi uchun – 332 dollar, korxonalar uchun – 144 dollardan iborat. Rossiyada tegishlicha 47 va 51 dollarni, Hindistonda 68 va 87 dollarni tashkil etadi. Shuningdek, 1000 kub metr tabiiy gazning narxi О‘zbekistonda 32,9 dollar, Shvetsiyada 1552, Portugaliyada 1132 dollardan ziyod, Italiyada 1045, Germaniyada 785 dollardan, Angliyada esa 770 dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu raqam Rossiyada 83 dollardan, Qozog‘istonda 45 dollardan ziyoddir. Kо‘rinib turibdiki, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yо‘qligi natijasida tannarxning pasayishiga, mahsulot hajmi о‘sishiga erishish qiyin bо‘lmoqda. Sо‘nggi yillarda iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilashda mamlakatimizning barcha hududlarida kichik sanoat zonalar va erkin iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. О‘tgan qisqa davr mobaynida ... tashkil etildi Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida (30.03.2017), Surxondaryo viloyatida (29.03.2018), Qashqadaryo viloyatida (29.03.2018), Toshkent shahrida (18.05.2017), Toshkent viloyatida (10.08.2017), Navoiy viloyatida (05.06.2018), Namangan viloyatida (02.07.2018) va Buxoro viloyatida (11.10.2018) kichik sanoat zonalari, «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bо‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» (03.05.2017), «Sirdaryo» (12.04.2018), «Buxoro-agro» (11.07.2018), «Namangan» (21.08.2018), «Urgut», «G‘ijduvon», «Qо‘qon», «Hazorasp» (12.01.2017) va «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonalari (13.09.2019) tashkil etildi. 2017 yilgi Jahon bankining hisobotiga kо‘ra, eksport-import hujjatlarini rasmiylashtirish bо‘yicha О‘zbekiston 190 ta davlat orasida 175-о‘rinda turgani achinarli, albatta. Aytaylik, bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, bizda bunga 1 oylab muddat sarflangan. 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”, deb nom berilishi munosabati bilan barcha tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini tekshirishga 2 yillik (2018-2019) maratoriy joriy qilindi. 2017 yilda mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qо‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bо‘yicha ishlar davom ettirildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Yoshlik – 1”, “Yoshlik – 2” konlarini о‘zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg‘ona va Tо‘palang suv omborlarini qurish bо‘yicha ishlar jadal davom ettirildi. 3.Qishloq xо‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga о‘tishning asosiy yо‘nalishlari va bosqichlari. О‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq xо‘jaligining barcha sohalarida tub islohotlar о‘tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xо‘jaligi sohasiga ham xos bо‘lib, natijada soha, mulk egalari о‘zgarib, yangi istiqbolli xо‘jalik yuritish shakllari paydo bо‘ldi. Mamlakat rahbari tomonidan mustaqillik arafasi va uning ilk yillaridayoq agrar sohadagi islohotlarning ustuvor yо‘nalishlari belgilab berilgan edi. Jumladan, qishloq xо‘jaligini diversifikatsiyalash, paxta yakkahokimligidan voz kechish, qishloqda turli xо‘jalik yuritish shakllarini joriy qilish asosida kо‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, tadbirkorlik, xususan, fermer xо‘jaliklari tashkil etishni qо‘llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholini, avvalo, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. О‘zbekiston о‘tgan asrning 90-yillari boshida aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta’minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1990 yilda aholi iste’moli uchun zarur bо‘lgan g‘allaning 82 foizi, kartoshka, gо‘sht va gо‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini chetdan keltirilar edi. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan. Paxta monopoliyasi tufayli respublikada gо‘sht va sut yetishtirish imkoniyatlari cheklab qо‘yildi, ilmiy asoslangan almashlab ekishning buzilganligi yer eroziyasiga sabab bо‘ldi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borishi qishloq xо‘jaligini halokat yoqasiga olib keldi. Jumladan, qishloq xо‘jaligida ekstensiv rivojlanishni "moliyalashtirish" oqibatida 1971-1985 yillarda birgina О‘zbekistonda 1,6 mln. gektar sug‘oriladigan yerlar xо‘jalik oborotiga qо‘shimcha kiritilgan edi. Bu esa Markaziy Osiyoda Orol dengizi qurishini jadallashtirdi va ekologik inqirozni keltirib chiqardi. Shu bilan birga, respublika iqtisodiyoti paxtaga qanchalik bog‘liq bо‘lmasin, uni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot tayyorlash markaz tomonidan monopollashtirilgan edi. Masalan, mustaqillik arafasida tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining faqat 4-5 foizi О‘zbekistonda qayta ishlangan. Ya’ni 4,5-5 mln. tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgani holda, pecpublikadagi korxonalar tо‘la quvvat bilan ishlab, atigi 150 ming tonna paxtani qayta ishlardi. Shu bilan birga, qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yо‘q, 1,8 milliondan kо‘proq hovli esa uy-joy kurilishi va qishloq xо‘jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun kengaytirishga juda muhtoj edi. Shunga qaramasdan, haydaladigan yerlarning atigi 5 foiziga ega bо‘lgan shaxsiy yordamchi xо‘jaliklar qishloq xо‘jaligi yalpi mahsulotining tо‘rtdan bir qismini ishlab chiqargan. Yetishtirilayotgan sabzavot, poliz ekinlari, gо‘shtning yarmidan kо‘prog‘i va sutning uchdan ikki qismi ular hissasiga tо‘g‘ri kelgan. Yuqorida qayd etilgan muammolar hamda mustaqillik arafasida respublikada yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy keskinlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etdi. Sobiq Ittifoq davridayoq, qishloq aholisining iqtisodiy va moddiy ahvolini yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan, ijtimoiy himoya qilish, ular daromadini oshirish va oziq-ovqat masalasini hal etish maqsadida 1989 yil 19 avgustda "Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqla yashovchi har bir kishiga о‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar kо‘paytirish kо‘zda tug‘ilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan kо‘proq oilaga qо‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bundan tashqari, yuz minglab gektar sug‘oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan chiqarildi, paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta yakkahokimligini bartaraf etish yо‘lidagi dastlabki, ammo о‘ta muhim amaliy qadam edi, Bunday ijtimoiy, iqtisodiy, qolaversa, siyosiy tadbir natijasida mamlakatning 2 milliondan ortiq oilasi yoki о‘rtacha 10 mln.dan ziyod qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etildi. Mazkur yirik ijtimoiy-iqtisodiy tadbir mamlakatimizda yerni uning haqiqiy egasiga berish va mahsulotlarni kо‘paytirish yо‘lidagi ilk qadamlardan biri bо‘ldi. Haqiqatan ham kо‘p yillar davomida iqtisodiyotda bir tomonlama siyosat olib borilishi natijasida qishloq xо‘jaligi respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘iga aylangan edi. Chunonchi, mustaqillik arafasi va uning dastlabki yillarida sanoatning aksariyat qismi iqtisodiyotning agrar tarmog‘iga bog‘liq edi. Mustaqil О‘zbekiston boshidan og‘ir kunlarni kechirganida, qishloq xо‘jaligidan olingan mahsulot respublikaning qiyin vaziyatdan chiqishida muhim omil bо‘ldi. Islom Karimov 90-yillar boshida Samarqand viloyati faollari bilan bо‘lgan uchrashuvda respublika aholisini faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun har oyda 55 ming tonna paxta tolasini iste’mol mahsulotlariga almashtirishga tо‘g‘ri kelayotganligini ta’kidlagan edi. Keyingi davrda ham qishloq xо‘jaligi о‘z mavqeini yо‘qotmadi. Chunki mamlakat yalpi ichki mahsulotining tо‘rtdan bir qismi iqtisodiyotning ana shu tarmog‘iga tо‘g‘ri kelar edi. Bundan tashqari, respublika ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ziyodi qishloq xо‘jaligi bilan bog‘liq bо‘lib, 1992 yilda davlatga kelayotgan jami valyutaning 50 foizdan ortig‘i qishloq xо‘jaligi mahsulotlarining eksportidan tushdi. Ijtimoiy nuqtai nazardan olib qaraganda, respublika aholisining asosiy qismini (60 foizdan ortiqrog‘i) qishloq aholisi tashkil qilib, ularning turmush darajasi va moddiy-ma’naviy farovonligi bevosita ushbu tarmoq bilan bog‘liq edi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning ushbu muxim tarmog‘ida yillar davomida tо‘plangan va yechimini kutayotgan muammolar qishloq xо‘jaligiga nisbatan davlat siyosatini tubdan о‘zgartirishni talab kilardi. Shu о‘rinda bir misol keltirish о‘rinli. Gollandiyada bir nafar fermer 80 kishiga yetadigan qishloq xо‘jalik mahsulotlari yetishtiradi. Ya’ni, bu mamlakat fermerlari о‘z mamlakatining aholisini boqibgina qolmay, Yevropaning kо‘pgina mamlakatlariga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport ham qiladi. О‘zbekiston davlat va jamoa xо‘jaliklarida esa bir dehqon kо‘pi bilan 2-3 kishiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarar edi. Bu respublikada qishloq xо‘jaligi mehnat unumdorligining pastligini kо‘rsatar, uning sabablarini bartaraf etish uchun esa yangicha iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishni talab etar edi. Ayni paytda, qishloq xо‘jaligiga nisbatan davlat siyosatida ikki xil holat kuzatildi: birinchidan, qishloq xо‘jaligiga nisbatan sanoat uchun xom ashyo bazasi sifatida qarash va unga asosan xom ashyo bazasi sifatida munosabatda bо‘lish (sovet davri amaliyoti); ikkinchidan, sanoat bilan qishloq xо‘jaligining uyg‘unlikda rivojlanib borishini ta’minlash, ya’ni agrar sohani sanoat asosiga qо‘yish orqali mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-ma’naviy istiqbolini ta’minlash chora-tadbirlarini kо‘rishga alohida e’tibor berish va qо‘llab-quvvatlash (mustaqillik davri). Dunyo tajribasi shuni kо‘rsatadiki, davlat siyosatida qishloq xо‘jaligini rivojlantirishning ikkinchi yо‘lini tanlagan mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etishda katta yutuqlarga erishish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, qishloqqa nisbatan siyosati ilg‘or bо‘lgan mamlakatlar tajribasini о‘rganish va ularning respublika uchun ma’qul tomonlarini olish, о‘zbek xalqining qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi tarixiy ananalariga, milliy va mahalliy xususiyatlariga tayanish agrar islohotlar mohiyatini tashkil etdi. Albatta, respublika qishloq xо‘jaligining holati keskin choralar kо‘rish о‘rniga, bosqichma-bosqich, keng qamrovli, islohotlarning bevosiga mavjud shart-sharoitlar hisobga olingan holda amalga oshirilishini taqozo etar edi. Shu nuqtai nazardan ham qishloq xо‘jaligida islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) bu sohada rivojlanishning "о‘zbek modeli” asosida olib borilayotgan tub islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e’tibor qaratildi, qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Dehqon (fermer) xо‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida"gi Farmon, 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon xо‘jaligi tо‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, О‘z R Vazirlar Mahkamasining 1994 yil fevraldagi "Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xо‘jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish tо‘g‘risida"gi Qarori va boshqa hujjatlar qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish, kо‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlik, fermerlik va shaxsiy tomorqa xо‘jaliklarini rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu bosqichda qishloq xо‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri sohaga rahbarlikni yaxshilash edi. Ushbu jarayon 1991-1996 yillarda amalga oshirildi. Bu davrda qishloq xо‘jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash, qishloqda о‘tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asosini yaratish choralari kо‘rildi. 1992 yilda Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi о‘rinbosari boshchiligida qishloq xо‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Sohaga rahbarlikni takomillashtirish ishlari doimo davlat rahbarining diqqat markazida bо‘ldi. 1994-1995-yillarda Vazirlar Mahkamasining qishloqda islohotlar о‘tkazishga doir 10 dan ortiq qarori qabul qilindi. Ularda qishloq xо‘jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash, zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asosda 1996 yil 26 noyabrda О‘z. R Vazirlar Mahkamasining "О‘z R Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi faoliyatni tashkil etish masalalari tо‘g‘risida"gi Qarori bilan Qishloq va Suv xujaligi vazirliklarining birlashtirilishi ana shu siyosatning mantiqiy davomi bо‘ldi. Bundan tashqari, barcha qishloq xо‘jalik korxonalari bilan teng sharoitda fermer xо‘jaliklarining traktorlar, asbob-uskunalar, yoqilg‘i moylash, qurilish materiallari, mineral о‘g‘itlar va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi hamda dastlabki ikki yil mobaynida foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinishi, ularga chorva mollari sotib olish uchun kredit ajratilishi, jamoa, davlat va boshqa qishloq xо‘jalik korxonalari tomonidan ularni zarur mineral va organik о‘g‘itlar bilan ta’minlash kо‘zda tutildi. Fermer xо‘jaliklarining dastlabki shakllanish davrida bunday shart-sharoitlar yaratilishi va qо‘llab-quvvatlashlar natijasida qishloq xо‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda qо‘shimcha imkoniyatlar bо‘ldi. Qishloq xо‘jaligidagi islohotlarning dastlabki bosqichida yangidan shakllanayotgan xо‘jaliklarning faoliyat yuritish mexanizmini takomillashtirish jarayonlari muntazam ravishda amalga oshirildi. Ularni о‘z mehnat natijalaridan manfaatdorligini oshirish, davlatning xо‘jaliklar faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasida keng kо‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ikkinchidan, qishloq xо‘jaligi xodimlari moddiy manfaatdorligi hamda turmush sharoitini yaxshilash uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlari muttasil oshib bordi. Kartoshka, meva-sabzavot, chorva, parranda, sut, tuxum, qorakо‘l teri va jun mahsulotlariga 1995 yil boshiga kelib erkin (kelishilgan) narxlar joriy qilindi. Doimiy ravishda qishloq xо‘jaligining asosiy mahsuloti hisoblangan paxta yetishtirishni qо‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratildi. О‘z R Prezidentining 1992 yil 22 oktabrdagi "Paxta xom ashyosiga xarid narxlarini oshirish tо‘g‘risida"gi Farmoniga asosan, davlat buyurtmasi uchun xarid narxi 1992 yil hosilidan boshlab 1,5 martaga oshirildi. Uchinchidan, davlat ehtiyojlariga qishloq xо‘jalik mahsulotlari yetkazib berish uchun davlat buyurtmasi tizimi ham muntazam ravishda qayta kо‘rib borildi. Bunda davlat buyurtmasi va qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari va mahsulot yetishtirish miqdorini nazorat qilishni cheklash, ya’ni ma’lum qishloq xо‘jalik ekinlari ekish uchun xо‘jaliklarga qat’iy talablar qо‘yishdan voz kechish va yetishtirilgan mahsulotlarning ma’lum qismiga bо‘lgan talabni bekor qilish nazarda tutilgan edi. Davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilishda qishloq xо‘jalik mahsulotlarining aholi ehtiyojidagi tutgan mavqei va ularni yetishtirayotgan xо‘jalik shakllarining davlat tasarrufida ekanligi inobatga olindi. Dastlab, 1994 yildan boshlab sabzavot, poliz, kartoshka, meva, uzum, kanop, tamaki, jun, pilla, qorakо‘l teriga, 1995 yiddan boshlab gо‘sht, sut va guxumga davlat buyurtmasi bekor qilindi. Strategik ahamiyatga ega bо‘lgan paxta bо‘yicha ham davlat buyurtmasi 1991 yilda 95 foizdan 1995 yilda 60 foizgacha va don bо‘yicha, mos ravishda 100 foizdan 50 foizgacha qisqartirildi. Bunday jarayon qishloq xо‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga kо‘nikishlari uchun shart-sharoit yaratib berdi. Birinchi bosqichda erishilgan katta yutuq g‘alla mustaqilligiga erishilishidir. Birgina 1994 yilda mamlakat "Don mustaqilligi Dasturi"ning amalga oshirilishi natijasida don ekinlari maydoni 1,5 marta, hosildorlik 2,7 marta, yalpi hosil esa 3,9 martaga oshib, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish bir necha barobar ortdi, bir vaqtning о‘zida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mustaqil О‘zbekistonning mavjud salohiyat va imkoniyatlarni tо‘liq hisobga oladigan, samarali milliy iqtisodiyotni shakllantirish va mutanosib rivojlantirish, eng avvalo, mamlakatimiz xavfsizligiga taxdid solib turgan aholining oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlariga bо‘lgan ehtiyojini qondirishni taqozo etar edi. Shunga kо‘ra, qishloq xо‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bо‘lgan bо‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 baravar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirishga erishildi. Shunday qilib, qishloq xо‘jaligini isloh qilish amaliyoti va maqsadlarining hukuqiy asosi zamon talablaridan ortda qolayotganligini inobatga olib, bu soha bо‘yicha yaqin yillarga mо‘ljallangan dastur ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi va 1998 yil 18 martda ”1998-2000 yillardagi davrda qishloq xо‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi tо‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi. О‘z Rning yangi tahrirdagi "Fermer xо‘jaligi tо‘g‘risida"gi va "Dehqon xо‘jaligi tо‘g‘risida"gi Qonunlari hamda 1998 yil 22 apreldagi "Dehqon va fermer xо‘jaliklari faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida"gi Qarori ushbu dasturni amaliyotga kiritishda muhim asos bо‘lib xizmat qildi. Mamlakat qishloq xо‘jaligi sohasida islohotlar о‘tkazishda yerni xususiy mulk qilib berish mulkdorlar sinfini shakllantirishning boshlanishi edi. Bu yо‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: sobiq kolxozlar haqiqiy hissasi va xо‘jalikning yil davomidagi ish natijalariga kо‘ra, har bir a’zoga dividend olish imkoniyatini beruvchi kooperativ paychilik xо‘jaliklariga aylantirila boshlandi. 1999 yilda 898 ta xо‘jalik kooperativga (shirkatlarga) birlashdi; davlat tomonidan qishloq xо‘jalik korxonalariga cheksiz muddatga taqdim etilgan yer maydonlarini pudratchilarga biriktirib bergan holda, shirkat xо‘jaligi korxonalari a’zolari о‘rtasida ijara pudratining turli kо‘rinishlari (jamoa, oila pudrati kabilar) joriy etildi. 1998 yilda yer pudrat jamoalariga 1 yilga berilgan bо‘lsa, 1999 yildan boshlab 3 yildan kam bо‘lmagan muddatga topshirildi; kо‘p sonli xususiy fermer xо‘jaliklarini tashkil qilish siyosati davom ettirilib, ularga yer uzoq muddatli ijaraga, ya’ni 50 yildan kо‘p bо‘lmagan, lekin kamida 10 yillik muddatga beriladigan bо‘ldi. 2000 yilning 1 yanvariga kelib respublikada 31,1 mingta fermer va 1,541 mln.ta dexqon (oilaviy dehqon) xо‘jaliklari faoliyat kо‘rsatdi. Fermer va dehqon xо‘jaliklariga biriktirilgan yer maydoni 1996-2000 yillarda 18,7 ming gektardan 21,4 ming gektargacha kengaydi. 1998 yilda fermer xо‘jaliklarining hissasi ishlab chiqarilgan qishloq xо‘jaligi mahsulotining umumiy hajmida 3,5 foizni tashkil qilgan bо‘lsa, bu kо‘rsatkich 1999 yilda 4,4 foizga yetdi. Bundan tashqari, hukumat kо‘plab xо‘jaliklarning moliyaviy ahvolini о‘nglash maqsadida, xо‘jaliklarni sanatsiya qilish tadbirlarini belgiladi. YA’ni О‘z Rning "Bankrotlik tо‘g‘risida"gi va "Qishloq xо‘jalik korxonalarini sanatsiya qilish tо‘g‘risida"gi Qonunlari orqali sanatsiya tadbirlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan bо‘lsa, Respublika Prezidentining qator farmonlari va hukumat qarorlari asosida sanatsiyani amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi. Qishloq xо‘jaligi sohasida olib borilgan islohotlar yuzasidan qilingan tahlil hamda respublika hukumatining bu sohada olib borgan siyosati natijalari fermer xо‘jaligining afzalligini isbotladi. Yangi asr boshiga kelib hukumat miqyosida zarar bilan faoliyat kо‘rsatayotgan shirkat va jamoa xо‘jaliklari negizida fermer xо‘jaliklari tashkil etish tadbirlariga katta e’tibor berila boshladi. Shu tariqa 2004 yildan respublika qishloq xо‘jaligida olib borilayoggan islohotlarning yangi uchinchi bosqichi boshlandi. Bunga qishloq xо‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan О‘z R Prezidengining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq xо‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yо‘nalishlari tо‘g‘risida"gi Farmoni huquqiy asos bо‘lib xizmat qildi. Mazkur Farmonda fermer xо‘jaliklarini tuzish hamda ular faoliyatini tashkil qilish jarayonida О‘z R Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qо‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari amal qilishi zarur bо‘lgan asosiy qoidalar qat’iy belgilab berildi. 2004 yilda "Fermer xо‘jaligi tо‘g‘risida" yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, fermer xо‘jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bо‘lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladigan bо‘ldi. Fermer xо‘jaliklariga yer uchastkalari zahira yerlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xо‘jaligiga mо‘ljallangan yerlardan, qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xо‘jaligi kooperativlari (shirkat xо‘jaliklari) hamda boshqa qishloq xо‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilishi belgilab qо‘yildi. Natijada, qishloq xо‘jaligining tarmoq tuzilishida anchagina tarkibiy siljishlar yuz berdi, mamlakatning qishloq xо‘jaligida butkul yangi institusional tuzilma vujudga keldi. Mulkdorlarning fermerlik sinfi yaratildi, xо‘jalik yuritish va mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari tubdan о‘zgartirildi; chorvachilik va dehqonchilikda faoliyat yuritish tizimi, qishloq xо‘jaligi va unga xizmat qiluvchi sohalar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar takomillashtirildi; faoliyat turini tanlashda fermerlarning huquqi va mustaqilligi kengaytirildi, fermer xо‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydoni maqbullashdi; fermer xо‘jaliklari faoliyatini tartibga solish, qо‘llab-quvvatlashning bozor tamoyillariga mos mexanizmlariga asoslangan Respublika fermerlar kengashi va uning hududlardagi tuzilmalari tashkil etildi. Prezidentning 2006 yil 9 yanvardagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi Farmoni va ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida О‘z R Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi Qarorining qabul qilinishi respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga keng miqyosdagi e’tibor qaratilayotganidan dalolat berdi. Yangidan tashkil etilgan bog‘dorchilik yо‘nalishidagi fermer xо‘jaliklari yagona yer solig‘i tо‘lashdan 5 yil muddatga, fermer xо‘jaliklari, qayta ishlash va xizmat kо‘rsatish sohasi korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa daromad (foyda) solig‘i, yer solig‘i, mulk solig‘i, qо‘shilgan qiymat solig‘i (importga qо‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari), yagona soliq tо‘lovi tо‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi. О‘z R Prezidentining 2006 yil 23 martdagi "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xо‘jaliklarida chorva mollarini kо‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorida kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga mol berish, chorvachilik va infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari bо‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xо‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda, qoramollar sonini kо‘paytirishni rag‘batlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq, mintaqalar bо‘yicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xо‘jaliklarida qoramollar sonini kо‘paytirish, zooveterinariya punktlari va chorva mollarini suniy urchitish punktlari tarmog‘ini kengaytirish, zotdor mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xо‘jaliklariga auksionlar orqali sotish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, О‘z R Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi, "О‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxga yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xо‘jaliklariga berishni kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalar tayyorlash kо‘zda tutilgan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari, homiylar va nodavlat xayriya tashkilotlari mablag‘i hisobiga kam ta’minlangan oilalarga sigir tarqatish evaziga, faqatgina 2007 yilning о‘zidayoq, barcha toifadagi xо‘jaliklarda qoramollar soni 6571,4 ming boshdan 7042,5 ming boshga, shu jumladan, dehqon xо‘jaliklarida 6061,3 ming boshdan 6537,0 ming boshga hamda fermer xо‘jaliklarida 332,3 ming boshdan 374,7 ming boshga kо‘paydi. 2008 yilga kelib dastlab tashkil topgan aksariyat fermer xо‘jaliklarida yer maydoni hajmining kichikligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining о‘sishiga va barqaror foyda olishga tо‘sqinlik qilishi, iqtisodiy ahvoli nochor bо‘lgan fermer xо‘jaliklari о‘zlarini zarur texnika vositalari va aylanma mablag‘ bilan ta’minlashga, bankdan kredit olish uchun garov ta’minoti qо‘yishga imkoniyati yetmayotganligi, olingan qarz majburiyatlarini qoplash uchun tо‘lovga qobillik (likvidlik) darajasining pastligi ma’lum bо‘lib qoldi. Shundan kelib chiqqan xolda, О‘z R Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi "Fermer xо‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi hamda 2009 yil 22 oktabrdagi "Fermer xо‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi farmoyishlari qabul qilindi. О‘zbekiston agrar sohasining muammolaridan biri sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalasi edi. Xususan, 2008 yilga kelib sug‘oriladigan yerlarning qariyb 8 foizi meliorativ jihatdan yomon holatga kelib qolgan bо‘lib, bu avvalo, tuproqning shо‘rlanish darajasi yuqoriligi va yer osti suvlarining kо‘tarilishi bilan bog‘liq edi. Salkam 330 ming gektar yer meliorativ holatiga kо‘ra qoniqarsizligi tufayli qishloq xо‘jaligi uchun yaroqsiz hisoblanardi. Mazkur muammoni hal etish maqsadida О‘z R Prezidentining 2007 yil 31 oktabrdagi 718-sonli Qarori asosida "2008-2012 yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi"ni amalga oshirish boshlandi. Ushbu Davlat dasturi doirasida jami 130 mlrd. sо‘m ajratilgan bо‘lib, shu hisobdan 2009 yilda 102 ta loyiha bо‘yicha 702 kilometr uzunlikda kollektor-drenaj tarmog‘i, 136 kilometr yopiq-yotiq drenaj, 195 ta tik quduq, 6 ta meliorativ nasos stansiyasi hamda 485 ta kuzatuv quduqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, 263 ta loyiha bо‘yicha 12 ming 696 kilometr kollektor-drenaj tarmog‘i tozalandi, 1311 kilometr yopiq-yotiq drenaj qazildi, 1249 ta vertikal drenaj, 57 ta meliorativ nasos agregatlar ta’mirlanib, 48 mlrd. 142 mln. sо‘mlik (101,8 foiz) mablag‘ о‘zlashtirildi. Bu tadbirlar, shubhasiz, fermer xо‘jaliklari tasarrufidagi yer maydonlarining yaxshilanishi va samaradorligining oshishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Masalan, 2012 yilda 2003 yilga nisbatan paxta hosildorligi 4,9 sentnerga, g‘alla esa 9,5 sentnerga kо‘tarildi. Respublika qishloq xо‘jaligining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, soha ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash maqsadida yangi turdagi yuqori unumli texnika vositalarini ishlab chiqarish, ularning ta’minotini yо‘lga qо‘yish, mashina va mexanizmlarning chidamliligini oshirish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. О‘tgan davrda respublika olimlari va konstruktorlari tomonidan 82 turdagi yangi texnika yaratildi va 144 ta mashina yanada takomillashtirildi. Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qо‘shma korxonalarda bir necha turdagi yangi qishloq xо‘jaligi traktorlari va mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari va fermer xо‘jaliklariga yetkazib berilmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, zamonaviy texnikalardan foydalanish salmog‘i yildan-yilga oshmoqda. Masalan, 1998 yilda jami haydalgan maydonlarning 53 foizi, 2005 yilda 66 foizi, 2010 yilda esa 80 foizdan oshiqrog‘i yuqori unumli zamonaviy g‘ildirakli va zanjirli haydov traktorlari bilan shudgor qilindi. G‘alla hosilini unumli kombaynlar bilan о‘rib-yig‘ib olishda yanada yuqori kо‘rsatkichlarga erishildi. Agar 1998 yilda g‘alla hosilining 45 foizi, 2005 yilda 65 foizi ana shunday kombaynlar yordamida о‘rib olingan bо‘lsa, 2010 yilda о‘rib olingan g‘allaning 98 foizi ular ulushiga tо‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanishni tashkil etish, ularga yuqori saviyada texnik servis xizmati kо‘rsatishni yо‘lga qо‘yish maqsadida respublikamiz hududida chet el texnikalariga xizmat kо‘rsatadigan 22 ta servis markazi tashkil etildi. Uchinchi bosqichning о‘ziga xos xususiyati sifatida о‘sish sur’atlarining barqarorlashgani natijasida don maydoni 39 ming gektarga, paxta 147,5 ming gektarga qisqarib, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari maydoni 237 ming gektarga, yem-xashak 32,4 ming gektarga kо‘paydi. Shuningdek, barcha ekin turlari, chorva va parranda bosh soni hamda aholi jon boshiga qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bо‘yicha yuqori kо‘rsatkichlarga erishildi. 4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi hamda rivojlanishi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sovet tuzumi davrida egalitarizm tamoyili asosida majburan joriy etilgan markazlashgan "rejali iqtisodiyot" tartib-qoidalari shaxsiy manfaatdorlik va tadbirkorlikni xalq ongu shuuridan chiqarib tashlay olmadi. Binobarin, sun’iy tarzda tashkil etilgan serxarajat va samarasiz iqtisodiy tizim nuqsonlari va kamomadini qoplashda aynan tadbirkorlik aholining shaxsiy yordamchi xо‘jaliklari (SHYOX) muhim rol о‘ynadi. Masalan, mustaqillik arafasida kartoshka, tuxum va qorakо‘lning 39 foizi, sabzavot va gо‘shtning 50 foizga yaqini, sut va junning 65 foizi (Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryoda chorvachilik mahsulotining 70 foizi), SHYOX hissasiga tо‘g‘ri kelgan. Respublika davlat statistika qо‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda, SHYOXlar tomonidan tayyorlangan mahsulot oila byudjetining chorak qismini tashkil etgan. Mustaqillikning qо‘lga kiritilishi О‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yо‘liga qaytishiga imkon yaratdi. "О‘zbek modeli" konsepsiyasi asosida boshlangan tub iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. "Islohotning asosiy ma’nosi va, kerak bо‘lsa, negizi bu - mulkni haqiqiy egasiga topshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochib berishdir" (Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. T.: О‘zbekiston, 1996.-B. 336.), deb ta’kidlagan edi О‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov. Mamlakatimizda о‘tkazilayotgan islohotlarning bosqichma-bosqichlik tamoyilidan kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich 1991-1996 yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bо‘lgan kichik mulkdorlar sinfini shakllantirishdan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitusiyaviy huquq va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi. Natijada, 1995 yil oxiriga kelib, kichik korxona va mikrofirmalar soni 42,4 mingtaga yetib, 1991 yilga nisbatan 4,5 barobar о‘sdi. Ularda band bо‘lganlar soni 441,0 ming kishidan oshib ketdi. YAIM tarkibida kichik biznes ulushining 1991 yiddagi 1,5 foizdan 1995 yilda 16,9 foizga borib yetishini tub ma’noda milliy iqtisodiyotning yutug‘i sifatida e’tirof etish mumkin. 1995 yil 5 yanvarda О‘zbekiston Prezidentining "Xususiy tadbirkorlikda tashabbus kо‘rsatish va uni rag‘batlantirish tо‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan ishlab chiqarish, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’mol mollari va bir qator boshqa ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘idan ozod qilindi. Ikkinchi bosqich 1996-2000 yillar. Qisqa muddat bо‘lishiga qaramay, ushbu davr mamlakat hayotida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari bilan tasniflanadi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va banqdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) о‘z faoliyatini boshladi. 1996 yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxi pasayib ketishiga, ayni vaqtda, respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta’minlab turgan ushbu xom ashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning о‘zida 15 foizga qisqarishiga sabab bо‘ldi. Boz ustiga, 1998-1999 yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25 foizga qisqardi. Bunga javoban mamlakat rahbariyati tegishli chora-tadbirlar kо‘rishga majbur bо‘ldi. Ular import о‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qо‘llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zahirasini saqlash, undan unumliroq foydalanishga qaratildi. Binobarin, davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanishiga qaramay, kichik biznes ham alohida muammolar va murakkabliklarga duch kela boshladi, ularning soni bir qadar qisqardi. Yuzaga kelgan vaziyat davlat boshqaruv organlari tuzilmalari va iqtisodiyotning ushbu sektori uchun bozor infratuzilmalarini takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qо‘ydi. Shularni nazarda tutgan holda, О‘z Rning birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deb ta’kidlagan edi: "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun hamma yо‘lni ochib berish kerak. Tadbirkorlik tuzilmalarining moliya, bank va boshqa bozor tuzilmalari bilan munosabatlarini mustahkamlash, eng muhimi, kredit olish yо‘lida mavjud tо‘siqlarni olib tashlash lozim. Ularning xom ashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yо‘l ochib berish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulot mamlakatning о‘zida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni kafolatlovchi tizimni barpo etish darkor" (Karimov I.A. Biz kelajagimizni о‘z qо‘limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: О‘zbekiston, 1999. B. 375.). Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirishga doir vazifalardan kelib chiqqan holda, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan davlatning barqaror va har tomonlama asoslangan siyosatini yuritish maqsadida, ushbu bosqichda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bо‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining faoliyati kuchaytirildi. Davlat mulk qо‘mitasi, Davlat soliq qо‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, Raqobat va tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash Davlat qо‘mitasi, tijorat banklari va boshqalarning xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash borasidagi funksiyalari, faoliyat doiralari hamda yо‘nalishlari kengaytirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000 yilda 31 foizga yetdi. Uchinchi bosqich 2000-2010 yillar. Bu davrda makroiqtisodiy jabha, shu jumladan, tadbirkorlik sohasida ham iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan say-harakatlar iqtisodiy islohotlarnint mazmun-mohiyatini tashkil etdi. Ushbu bosqichning tendensiya va xususiyatlari, bir tomondan, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish bо‘yicha dasturlarni qabul qilish, boshqa tarkibiy о‘zgarishlar bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, kichik biznesning rivojiga keng imkoniyatlar yaratuvchi, ular faoliyatiga noqonuniy aralashishlarni cheklovchi, rо‘yxatdan о‘tkazish tartibini yengillashtiruvchi bir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng kо‘lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000 yilda qabul qilingan О‘z Rning "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tо‘g‘risida"gi Qonuni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Qonun bilan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat rо‘yxatidai о‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi. Mamlakat Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi "О‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi Farmoni xususiy sektorning milliy iqtisodiyotdagi ulushini oshirishning asosiy strategiyasi bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun rо‘yxatdan о‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish tо‘g‘risida"gi 357-sonli Qarori yagona soliq tо‘lovini joriy etish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun rо‘yxatdan о‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirishni ta’minladi. Tо‘rtinchi bosqich 2010 yildan boshlanadi. 2011 yilning "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" deb e’lon qilinishi hamda Islom Karimovning 2010 yil 27 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir" nomli ma’ruzasi ushbu tarmoqda yangi bosqichning boshlanishiga asos bо‘ldi. Dastur va ma’ruzada qayd etilgan fikrlar iqtisodiyotning muhim sohasi va harakatlantiruvchi kuchi bо‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga ustuvor axamiyat berish bо‘yicha avvalgi yillarda boshlangan ishlarning uzviy davomi edi. Bu bosqichda belgilangan vazifalar 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan «Inqirozga qarshi choralar davlat dasturi»dan kelib chiqib, unda kichik biznesni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash siyosati aniq manzilli xususiyat kasb etganligini alohida qayd etish zarur. Dastur bо‘yicha tadbirkorlarni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha puxta chora-tadbirlar amalga oshirildi, kichik biznes subyektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq tо‘lovi stavkasi yanada pasaytirildi. Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida tо‘lashdan manfaatdor bо‘lishi kerak. 2019 yildan boshlab joriy etilgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‘oyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qо‘llashdir. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin. Sо‘nggi yillarda, xususan 2019 yilda yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga kо‘paydi. Qо‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan 2019 yili soliq tо‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion sо‘m qoldi. 2020 yilda bu raqam 11 trillion sо‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga о‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qо‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. (О‘z.R.Prezidentining Parlamentga murojaatnomasidan. 24.01.2020). 5.Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi. Mazkur soxada ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat kо‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida "О‘zbekiston havo yо‘llari" milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "О‘zbekiston avtomobil transporti" ("О‘zavtotrans") davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan О‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentliti); "О‘zbekiston temir yо‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) kabi idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yо‘llari qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yо‘llarni saqlash va ta’mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog‘laydigan yо‘llar qurish masalalariga e’tibor kuchaydi. О‘z R.ning Markaziy Osiyoda tutgan о‘rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qо‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1995-2010 yillarga mо‘ljallangan milliy dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996 yildan Toshkent-Andijon-О‘sh magistralining 100 km.dan ortiq tog‘li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz va Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yо‘li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog‘laydigan avtomobil yо‘li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yо‘lagi)ning respublika hududidan о‘tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. О‘zbekistonni Qozog‘iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘laydigan 340 kilometrli Qо‘ng‘irot-Beynov avtomobil yо‘li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi. Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yо‘nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7 mayda О‘z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi. О‘zbekistonning yagona temir yо‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bо‘yicha 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yо‘li qurib bitkazildi. Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yо‘lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yо‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy transport yо‘laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil 11 oktabrda "О‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi" tashkil etildi. Uyushma tarkibiga "О‘zbekiston temir yо‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "О‘zbekiston havo yо‘llari" milliy aviakompaniyasi, О‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agengligi, "О‘zavtoyо‘l" kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug‘ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi. 1995-2005 yillarda О‘zbekistonda 2500 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yо‘llari qurildi, 1435 km. avtomobil yо‘llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga о‘tkazildi, 47046 km. yо‘l ta’mirlandi hamda 460 dan ortiq kо‘prik qurildi. Bu davrda "О‘zbekiston havo yо‘llari" belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur о‘zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obrо‘-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi. 2003 yildan boshlab ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilish, qо‘shni davlatlar hududidan о‘tmaydigan, mamlakat hududlarini bog‘lovchi yangi temir va avtomobil yо‘llari qurish ishlarini davom ettirish, ba’zi ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini dunyo talablari darajasiga yetkazish, transport-kommunikatsiya sohalarining barqaror rivojlanishini taminlash vazifalari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda respublika temir yо‘l tarmog‘ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi G‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘lining qurilishi amalga oshirildi. 2007 yil 24 avgustda О‘z.Rning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘lining tantanali ochilishida nutq sо‘zlab, "Asriy tog‘u toshlar, dashtu biyobonlar bag‘rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bо‘lgan bu temir yо‘lni qisqa davrda, hammasi bо‘lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining о‘zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, о‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bо‘lamiz", deb ta’kidlagan edi. Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, о‘zbek xalqi о‘z kuch-qudrati, nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog‘li hududlar bо‘ylab, yozning jazirama issig‘i, garmsellari, qishning izg‘irin shamollari ostida temir yо‘l izlari yotqizilgani, Toshg‘uzor va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqо‘rg‘on kabi 6 ta yangi stansiya va yо‘lovchi platformalariga ega bо‘lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham kо‘rish mumkin. Barcha stansiyalarda yо‘l xavfsizligini ta’minlaydigan ishlab chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini kо‘rsatadi. Yangi temir yо‘l foydalanishga topshirilishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi Tubagat kaliy tuz koni asosida Dehqonobod kaliy о‘g‘itlar zavodining qurilishi loyihasini tayyorlash va unga xorijiy mamlakatlarning investitsiyalarini jalb etish bо‘yicha ishlar boshlandi. Surxondaryo viloyatida Xonjiza polimetall, Sharg‘un va Boysun toshkо‘mir konlarini о‘zlashtirish, yangi sement zavodlari qurish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Temir yо‘l tarmog‘ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yо‘lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yо‘llarga xizmat kо‘rsatish va yо‘l xavfsizligini ta’minlash uchun 2-2,5 ming qо‘shimcha yangi ish о‘rni yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida qо‘shimcha 3-4 mingta ish о‘rniga ega bо‘lingani ulkan muvaffaqiyatdir. Bu yо‘l О‘zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg‘on temir yо‘l yо‘lagi orqali yaqin kelajakda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, respublikaning tranzit salohiyatini keskin oshiradi. Respublikada 2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog‘ini yanada rivojlantirish imkonini berdi. 2012 yilning 5 yanvarida temir yо‘llarni elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qо‘llash asosida yо‘lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, sifatli xizmat kо‘rsatishni ta’minlash maqsadida Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida "Maroqand-Qarshi temir yо‘l uchastkasini elektrlashtirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» Prezident Qarori qabul qilindi. 2017 yil 13 martda “Buxoro-Miskin temir yо‘l liniyasini qurish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi (PQ-2827), shu yil 26 mayda esa “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «M39 Toshkent-Termiz avtomobil yо‘lini rekonstruksiya qilish» hamda «Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida «4R87 G‘uzor-Chim-Kо‘kdala avtomobil yо‘lini rekonstruksiya qilish» loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi О‘zR Prezident Qarorlarining qabul qilinishi mamlakatimiz transport-kommunikatsiya tizimini yaxshilash yо‘lidagi navbatdagi qadam bо‘ldi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Navoiy" xalqaro intermodal logistika markazi va "Angren" logistika markazining imkoniyatlari juda keng. Ta’kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi hududida yagona bо‘lgan ushbu markazda tovarlarni yuklash va tushirish, ularni tarqatish va omborlarga joylash ishlari zamonaviy texnika vositalari yordamida tezkorlik bilan amalga oshiriladi. 2012 yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. Jumladan, О‘zbekiston hukumati yordamida aviakompaniya parki "Boing-757", "Boing-764", A-310, RJ-85 samolyotlari bilan tо‘ldirildi. "О‘zbekiston havo yо‘llari" aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yо‘nalishini boshqarmoqda. Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat kо‘rsatayotgan, sо‘nggi avlod aviatsiya texnikalariga texnik xizmat kо‘rsatish va ularni ta’mirlash bо‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bо‘lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati kо‘rsatilayotir. "О‘zbekiston havo yо‘llari" aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi. "Navoiy" xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bо‘lishidan qat’i nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega bо‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi; Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi. Keyingi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim “drayver”laridan biriga aylandi. 2019 yilga kelib bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi. Xalqaro ekspertlarning xulosasiga kо‘ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qо‘llash va yangi istiqbolli yо‘nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud. Iqtisodiy yuksalishni ta’minlash uchun barcha qulayliklarga ega bо‘lgan zamonaviy infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilinishicha keyingi 3 yilda yо‘l qurilishiga – 9,8 trillion sо‘m, suv tarmoqlariga – 4,6 trillion sо‘m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion sо‘m, tabiiy gaz ta’minotiga – 1,2 trillion sо‘m mablag‘ ajratilgan. Bu raqamlar ushbu tarmoqlar uchun sо‘nggi 10 yilda sarflangan mablag‘lardan bir necha barobar kо‘pdir. Lekin, shunga qaramasdan, zamonaviy infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha о‘n barobar kо‘p mablag‘ talab etiladi. 2020 yil noyabr xolatiga ko’ra mamlakativiz hududida 42 869 km. uzunlikdagi yо‘llar mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yо‘llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yо‘llar 14 203 km. va mahalliy ahamiyatdagi yо‘llar 24 673 km. ni tashkil qiladi. 2020 yil 1 oktabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bо‘lgan avtotransport vositalari soni 3.083.849 tani tashkil qiladi. Shundan eng kо‘p avtotransport vositalari soni Toshkent shahri (487.507 ta), Samarqand viloyati (366.558 ta) hamda Toshkent viloyati (299.801 ta) hududlariga tо‘g‘ri kelmoqda. Respublikadagi yо‘l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta, kuzatuv kameralari 95 ta, onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar 183 ta, chorrahalardagi qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qilgan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling