O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- (O’zR Konstitusiyasi. –T., “О‘zbekiston”. 2019.)
- Ahmedov T. Iqlim о‘zgarishlari: dunyo hamjamiyati e’tiborida // "Jamiyat"
- Xolmо‘minov J. Tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilishning
- (Flora Uzbekistana. Spravochnik. –T., Fan. 1995. 236 b.)
3.О‘zbekistonda ekologik siyosat.
Sobiq Ittifoq davrida tabiat ustidan hukmronlik qilishdek uzoq davom etgan nomaqbul siyosat natijasida kо‘plab, Hamdо‘stlik mamlakatlari singari, О‘zbekistonda ham og‘ir ekologik vaziyat yuzaga keldi. Bu vaziyatni bartaraf etish uchun bir qator masalalarni hal qilish lozim edi. Bular yer, havo va suvning ifloslanishi bilan bog‘liq zararli ta’sirlarni kamaytirish, sanoat korxonalarida zamonaviy tozalash qurilmalarini о‘rnatish, mavjud yer va qazilma boyliklaridan oqilona foydalanish, jonli tabiat genofondini saqlab qolish, shahar va qishloqlarda aholi uchun qulayliklar yaratish, jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish kabi dolzarb masalalar edi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda tabiat obyektlari muhofazasini kuchaytirish orqali ekologik muammolarning oldini olish va bartaraf qilishga alohida e’tibor berildi. О‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ekologik muammolarni hal qilish borasidagi о‘z fikrlarini BMT Sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisida: “Ekologiyani muhofaza qilish va atrof muhitni asrab-avaylash, ayniqsa, hozirgi anomal tabiiy о‘zgarishlar sharoitida Mingyillik deklaratsiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda katta ahamiyat kasb etadi”, deya fikr bildirgan edi. Respublikada bugungi kunda tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etish maqsadida olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari tо‘la shakllantirilgan. Konstitusiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishga majburdirlar” (O’zR Konstitusiyasi. –T., “О‘zbekiston”. 2019.), deb kо‘rsatilgan. Shuningdek, Asosiy Qonunning 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, о‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deb kо‘rsatilgan. Bu fuqarolar tomonidan yer, suv, о‘rmon, yer osti boyliklari, hayvonot va о‘simliklar dunyosi va boshqa tabiiy zahiralardan oqilona foydalanishni, ularni tiklash va muhofaza qilish hamda ushbu majburiyatlarni о‘z vaqtida bajarishni talab etadi. Mustaqillik yillarida O’zR Konstitusiyasi talablari asosida qabul qilingan 40 ga yaqin qonun va mingga yaqin qonunosti hujjatlari atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal qilish kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda. Bular: “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida” (1992 y.), “Suv va suvdan foydalanish tо‘g‘risida” (1993 y.), “Atmosfera havosini muhofaza qilish tо‘g‘risida” (1996 y.), “О‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida” (1997 y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida” (1997 y.), “О‘rmon tо‘g‘risida” (1999 y.), “Ekologik ekspertiza tо‘g‘risida” (2000 y.), “Yer osti boyliklari tо‘g‘risida” (2002 y.), “Chiqindilar tо‘g‘risida” (2002 y.), “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tо‘g‘risida” (2004 y.)gi qonunlar va Yer kodeksi (1998 y.) va boshqalardir. Hozirgi kunda O’zRning yer maydoni 448.96,9 ming gektarni tashkil etadi. Sug‘oriladigan yerlar 43.13,1 ming gektarni yoki umumiy maydonning 9,7 foizini tashkil qiladi. Mamlakatimiz sug‘oriladigan dehqonchilikka asoslangan agro-industrial davlat hisoblanadi. Mamlakat hududida sug‘oriladigan yerlar 4,3 mln. gektarni tashkil etsa-da, u qishloq xо‘jalik mahsulotlarining 90-95 foizini yetishtirib beradi, ya’ni aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bо‘lgan talabini qondirishda sug‘oriladigan yerlar alohida ahamiyatga ega. Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki, O’zRning yer resurslari naqadar boy va о‘ziga xos xususiyatga ega. Shu ma’noda, yer resurslarini huquqiy ekologik muhofaza qilish va undan samarali foydalanishni ta’minlovchi asosiy manba sifatida Yer kodeksi (1998) qabul qilingan. Unga asosan, yer umummilliy boylik bо‘lib, О‘zbekiston aholisining hayoti, faoliyati va farovonligini ta’minlashda undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. О‘zbekiston zamini turli foydali qazilma zahiralariga boy. Bugungi kunda О‘zbekistonda 1800 dan ortiq hamda taxminan 1000 ga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari mavjudligi aniqlangan. Bugungi kunda mavjud 118 turdagi mineral xom ashyodan 65 turi о‘zlashtirilmoqda. О‘zbekiston hududida 1500 dan ortiq kon razvedka qilindi, shu jumladan, 188 ta neft, gaz va kondensat, 48 ta nodir metall, 43 ta rangli, noyob va radiaktiv metall, 5 ta qora metall, 3 ta kо‘mir, 37 ta tog‘-kon rudasi, 22 ta tog‘-kon kimyo va 30 ta rangdor tosh xom ashyosi, 525 xildagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral yer osti suvlari manbalari mavjudligi aniqlangan. Tabiat ne’matlari orasida suv alohida о‘ringa ega. Shu sababdan, О‘zbekiston Resnublikasida suv bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undan tejamkorlik asosida aniq maqsadli va oqilona foydalanish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda respublika bо‘yicha 17 mingdan ortiq, jumladan, Amudaryo havzasida 9,9, Sirdaryo havzasida 4,9 va ushbu daryolar oralig‘ida 2,9 mingta tabiiy suv oqimi mavjud. Hozirgi paytda respublikada irrigatsiya maqsadida 51 ta suv omboridan foydalaniladi. Ularning tо‘liq loyihaviy hajmi 18,8 km3., foydali hajmi 14,8 km3.ni tashkil kiladi. Eng yiriklari Tuyamо‘yin, Chorvoq, Tо‘dakо‘l, Kattaqо‘rg‘on suv omborlaridir. О‘zbekistonning yirik suv omborlari kompleks ravishda ishlatiladi, ular, asosan, irrigatsiya, energetika va sanoat maqsadlariga mо‘ljallangan. Mustaqillik yillarida suv qonunchiligini takomillashtirish bо‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1993 yilda O’zRning “Suv va suvdan foydalanish tо‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Suv xо‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish tо‘g‘risida”gi qarori, “Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom, O’zRning “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tо‘g‘risida”gi Namunaviy Nizomlar qabul qilindi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda, suv resurslari bilan bog‘liq barcha muammolar O’zRning “Suv va suvdan foydalanish tо‘g‘risida”gi 2009 yil 25 dekabrdagi yangi tahrirdagi Qonunida о‘z aksini topdi. Mamlakatimiz sharoitida suv zahiralarining taqchilligi, Orol muammosi, qishloq xо‘jalik ekinlarini sug‘orishga suv resurslarining yetishmasligi О‘zbekistonning izchil rivojlanishiga salbiy ta’sir о‘tkazishi mumkin bо‘lgan asosiy sabablardir. Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni adolatli taqsimlash, ehtiyojga qarab ish tutish, daryolarning yuqori va quyi oqimlaridagi mintaqalar suv iste’molchilari va ekotizimlar о‘rtasida kelishuvga erishish О‘zbekiston va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar uchun muhim hayotiy masaladir. Shu о‘rinda suv resurslari О‘zbekiston uchun faqat aholi, sanoat va dehqonchilikni suv bilan ta’minlaydigan manba bо‘libgina qolmasdan, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologik holatni ma’lum darajada saqlab turuvchi omil ekanligini ham ta’kidlash joiz. О‘rmon inson yashash sharoitini yaxshilash bilan birgalikda, yer, suv, о‘simliklar dunyosi, atmosfera havosi va boshqa tabiat boyliklarini hamda atrof muhitni muhofaza qilishda, kо‘paytirishda alohida о‘rin egallaydi. О‘rmonlar O’zRning umummilliy boyligi, biosferada muvozanatni saqlashning muhim omili, tabiiy muhitda biologik rang-baranglikning ajralmas qismi, sayyoramizdagi kislorod manbalaridan biri, suv miqdori, atmosfera havosi harorati, tuproqdagi eroziya jarayonlarini tartibga soluvchi tabiiy boylik hisoblanadi. О‘rmonlarni О‘zbekiston xalqining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish va salomatligini asrab-avaylash nuqtai nazaridan ham muhofaza qilish talab qilinadi. 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan “О‘rmon tо‘g‘risida”gi Qonunda о‘rmonlarni muhofaza qilishning qator holatlari о‘z ifodasini topgan. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 martdagi 160-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zR Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi huzuridagi О‘rmon xо‘jaligi bosh boshqarmasi tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, ushbu boshqarma о‘rmonchilik xо‘jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalga oshiradi, о‘rmonlarning muhofazasi, himoyasi va kо‘paytirilishini tashkil etadi, о‘rmon resurslaridan foydalanish huquqini beradi, о‘rmonlarning davlat hisobi va davlat kadastrini yuritadi hamda boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Hisob-kitoblarga kо‘ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqariladi. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga tо‘g‘ri keladi. Olimlarning fikricha, о‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonat kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng. Havoga kо‘tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini kо‘paytiradi. Oqibatda sayyoramizga quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilishi о‘rniga Yerning о‘zida qolib, “bug‘xona hodisasi”ni keltirib chiqarmoqda (Ahmedov T. Iqlim о‘zgarishlari: dunyo hamjamiyati e’tiborida // "Jamiyat" gazetasi, 2012 yil 30 noyabr.). Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin atmosfera havosini muhofaza qilish masalasiga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Jumladan, 1993 yil 7 mayda O’zRning Havo kodeksi qabul qilindi. 1996 yil 27 dekabrda esa O’zRning “Atmosfera havosini muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bо‘lib, umummilliy boylik hisoblanishi va davlat muhofazasida ekanligi qat’iy ifoda etilgan. Ta’kidlash joizki, atmosfera havosining transchegaraviy ifloslanishi ozon qatlami buzilishiga ham olib keladi. 1993 yil 18 mayda O’zR Vena konvensiyasi va Monreal protokolida о‘zining ishtiroki bо‘yicha huquq va majburiyatlarini tasdiqladi va mazkur hujjatlarga qо‘shilishdan kelib chiquvchi majburiyatlarni zimmasiga oldi. 1993 yilda О‘zbekiston Iqlim о‘zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy konvensiyasiga (RKIK) qо‘shildi. 1998 yilda Kioto protokolini imzoladi. О‘zbekistonning tabiiy florasi mevali, dorivor, sanoatbop, manzarali, efir moyli va boshqa yovvoyi о‘simliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu rang-barang yovvoyi о‘simliklardan inson manfaati yо‘lida oqilona foydalanish va ularni kelajak avlod uchun saqlab qolish davlatimiz hamda keng jamoatchilik oldidagi eng muhim vazifalardan biridir (Xolmо‘minov J. Tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilishning ekologik-huquqiy muammolari. -T.: Falsafa va huquq instituti, 2009. -B. 189.). Hozir Yer kurrasida uchraydigan 600.000 turdan ortiq yovvoyi о‘simliklardan О‘zbekistonda bor-yо‘g‘i 4000 turi uchraydi, xolos (Flora Uzbekistana. Spravochnik. –T., Fan. 1995. 236 b.). O’zRning "Qizil kitobi"dagi ma’lumotlarga kо‘ra, keyingi 14 yil ichida 138 xil yovvoyi о‘simliklar kamyob va yо‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar qatoridan joy oldi. Chunonchi, 1984 yilda ularning soni 163 ta bо‘lsa, 1998 yilga kelib 301 tagacha kо‘paydi. "Qizil kitob"ga yо‘qolib ketish xavfi bо‘lgan о‘simliklarning 42 ta oilasi, 111 ta avlodiga mansub 301 ta turi kiritilgan. Ularning kо‘pchiligi qimmatbaho dorivor о‘simliklardir. О‘zbekiston hududida ma’lum sharoitlardagina uchraydigan, fan olamida endem deb yuritiladigan о‘simliklarning 390 ta turi mavjud bо‘lib, ular respublikamizning bebaho umummilliy boyligi va faxri hisoblanadi. O’zR Fanlar akademiyasi "Botanika" IICHM ma’lumotlariga kо‘ra, О‘zbekiston о‘simliklar dunyosi tarkibida hozirgi kunda 4100 dan ortiq о‘simlik turlari mavjud. Ulardan 3000 dan ortiq tur yovvoyi о‘simliklar, 9 foizi endemiklardir. Bu О‘zbekistonda о‘simlik dunyosining nechog‘lik boyligini kо‘rsatadi. O’zR hududida sobiq Ittifoq davrida respublikamizning boy tabiiy-jо‘g‘rofiy boyliklaridan ayovsiz foydalanish, tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning bajarilmasligi oqibatida 80-yillarda tabiiy muvozanat buzilishi va iqlim sharoiti о‘zgardi. Bu esa о‘simlik va hayvonot dunyosi noyob turlari yо‘qolib ketishiga, genetik fondi va zarur shart-sharoitlar buzilishiga sabab bо‘ldi. О‘zbekiston tabiati hayvonot dunyosi turlariga nihoyatda boy bо‘lib, u qо‘shni respublikalar hayvonot dunyosiga о‘xshash hamda subtropik kо‘rinishdadir. O’zR Fanlar akademiyasining ma’lumotlariga kо‘ra, respublika faunasi 97 turdagi sut emizuvchi, 424 turdagi qush, 58 turdagi reptiliya va 83 turdagi baliqlarni о‘z ichiga oladi. Shundan 24 turdagi sut emizuvchi, 48 turdagi qush, 16 turdagi reptiliya va 18 turdagi baliq O’zR "Kizil kitobi"ga kiritilgan. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bо‘yicha munosabatlarni tartibga solishda O’zRning 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida"gi Qonuni muhim huquqiy asoslardan biridir. Ushbu Qonunda quruqlikda, suvda, atmosfera va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, О‘zbekiston hududida doimiy va vaqtinchalik turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy yaratilgan yashash sharoitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soldi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling