O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Tashqi iqtisodiy aloqalar


Download 0.52 Mb.
bet62/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Tashqi iqtisodiy aloqalar
Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqalarga ham katta e’tibor berildi. Masalan, 1996 yildagi tashqi savdo oboroti 228,4 million AQSH dollarini tashkil etdi, bu 1995 yildagiga nisbatan 3,7 marta kо‘p bо‘ddi.
1996 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklarining hissasi quyidagicha bо‘ldi: Rossiya - 11,4 foiz, AQSH - 14,1 foiz, Janubiy Koreya - 11,1 foiz, Shveysariya - 9,4 foiz, Niderlandiya - 7,2 foiz.
Eskport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million AQSH dollariga teng bо‘ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G‘arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 million AQSH dollarini, MDH mamlakatlariga jо‘natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Xorijiy mamlakatlarga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
Tashqi savdo oborotida importning salmog‘i 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995 yildagiga nisbatan 3,4 marta kо‘paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste’mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi.
Uzoq xorijiy mamlakatlardan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bо‘lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Asosan shakar, bug‘doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi.
Demak, mustaqillikning о‘tgan davrida mamlakat lqgisodiyotini rivojlantirish sohasida jiddiy yutuqlar kо‘lga kiritildi. 2000 yilga kelib, chet el investitsiyasi hajmi kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati, traisport, aloqa va qishloq xо‘jaligi sohasida ancha oshdi.


Demografik jarayon. Ijtimoiy sohadagi о‘zgarishlar
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. 1991-1996 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ma’lum demografik о‘zgarishlar rо‘y berdi. Tug‘ilish (ming kishi hisobida) 1991 yildagi 36,4 dan 1996 yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug‘ilishning kamayishi о‘z о‘rnida respublika aholisining о‘sish darajasiga ta’sir etdi. Demografik о‘zgarishning asosiy sabablaridan biri tug‘ilishning kamayishi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog‘liqdir. 1991-1996 yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi kо‘chib ketdi. 1996 yilda respublika aholisi 143 ming 764 kishiga о‘sdi, shundan shahar aholisi 69 ming 401 kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996 yilda aholining о‘rtacha yillik о‘sishi 1,36 foizga teng bо‘ldi.
Ishsizlar soni 1996 yil oxirida 4,2 ming kishiga yetdi. 1996 yilda 16 ming ishchi о‘rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash imkonini berdi.
1996 yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 sо‘mni, xarajatlar esa 6300 sо‘mni tashkil etdi yoki 1995 yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta kо‘paydi.
Daromadlarning kо‘payishi iste’mol bozoridagi vaziyatni jonlantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlarda 5 ming 36 sо‘mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga о‘sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga kо‘payib jon boshiga 679 va 108 sо‘mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat kо‘rsatish hajmi О‘zbekiston Respublikasi kо‘rsatkichidan 2,2 marta kam bо‘ldi.
1996 yilda aholiga 7,2 milliard sо‘mlik iste’mol mollari sotilgan. Bu amaldagi narxlarda 1995 yildagiga nisbatan 2,1 marta kо‘p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 million sо‘mlikka kо‘paydi. Tovar oborot hajmida davlat sektorining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki о‘sib bordi. Rasmiy savdo tarmoklariga nisbatan iste’mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi.
Ijtimoiy sohada rivojlanish ta’min etildi, 1999 yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga kirim 17 ming sо‘mni tashkil etdi. Shu davrdagi tovar aylanmasi 15286 million sо‘mni tashkil etdi. 1998 yilda ishchi-xizmatchilarning oylik maoshi 1,5 barobar oshdi.
Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 о‘rin), 246 am­bulatoriya poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishloq uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy polikli­nika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bn birlashgan 20 po­liklinika. 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991-2005 yillarda 61 qishloq vrachlik punkti; Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mо‘ljallangan) qurildi. Q.da 3,6 ming vrach (har 10 ming aholiga 23,1 vrach. 15,5 ming о‘rta tibbiy xo­dim (har 10 ming kishiga 98,7) faoliyat yuritadi. Har 10 ming kishiga kasalxonalarda 60,6 о‘rin tо‘g‘ri keladi. Aholiga О‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va Taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam bо‘limlari xizmat kо‘rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi «oilaviy poliklinika» sifatida faoliyat yuritadi. Nukus shahrida 1998 yildan Skrining markazi, 2003 yildan esa bir smenada 100 о‘smirni qabul qilishga mо‘ljallangan respublika о‘smirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya intining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 sanatoriy-profilak­toriy (1200 о‘rin) faoliyat kо‘rsatadi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - onalar о‘limi soni kamaydi. «Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bо‘yicha milliy dastur» hamda «Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996 yilda onalar о‘limi 1991 yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar о‘limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug‘ishgacha bо‘lgan davolanishdan о‘tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
Tibbiy xizmat tarmog‘ini moliyalashtirishda davlat mablag‘lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xо‘jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqsa. «Medtexnika», «Optika», «Tibta’minot» dorixona muassasalari tо‘la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. Biroq aholining kasallanishi kamaymadi. Bu kо‘rsatkich 1991 yilga nisbatan 26.3 foizga kо‘paydi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling