O’zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet64/91
Sana17.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1097660
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

5.Orol muammosi.
Ma’lumki, o’tgan asrning 50-60-yillariga qadar Orol dengizi kattaligi jihatidan dunyoda to’rtinchi dengiz hisoblanar edi. Sovet davrida paxta yakkahokimligi tufayli suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi, Amudaryo va Sirdaryo o’zanlariga suv omborlarining qurilishi va asosiy suv oqimining ekin maydonlariga sarflanishi tufayi 70-80-yillardan boshlab dengizning hududi keskin ravishda qisqarib keta boshladi. Shu tariqa ilmiy adabiyotlarda “Orol muammosi” atamasi paydo bo’ldi. Orolning qurish tufayli mintaqa flora va faunasi inqirozga uchrab, iqlim va atmosfera havosining buzilishi tufayli ekologik halokat yuzaga keldi. Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bо‘ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga kо‘tarilmoqda. Bu esa Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
1993-yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog‘lomlashtirish va ijtimoiyqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to‘g‘risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sis etildi.
Uchrashuv qatnashchilari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros G‘oliyga maktub yo‘llab, Orol bo‘yidagi murakkab ahvol va ro‘y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini jalb qilish zarurligi to‘g‘risida uni xabardor etdilar.
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining qo‘shma majlisi bo‘ldi. 1994-yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh vaziri o‘rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi mablag’lari qanday to‘planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo‘yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Orolni qutqarish masalasiga mintaqadagi davlatlardan O’zbekiston ayniqsa faol bo’ldi. Jumladan, O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov ikki marta (1993, 1995 yillarda) BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida xalqaro hamjamiyat diqqat-e’tiborini ushbu masalaga qaratgan edi.
O’zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-baqadam amalga oshirib bordi.
О‘zbekiston tashabbusi bilan 2018 yilda BMTning Orolbо‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bо‘yicha kо‘p tomonlama sheriklik asosida “Trast fondi”ning tuzilishi, о‘zbek diplomatiyasining katta yutug‘i bо‘ldi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling