O’zbekistonning eng yangi tarixi


Download 56.13 Kb.
bet26/40
Sana05.01.2022
Hajmi56.13 Kb.
#209453
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
oraliq javoblari tarix

O’zbekistonda demokratik saylov tizimining rivojlanishi ( saylov tushunchasi, Qonunchilik palatasiga saylovlar, Prezidentlik saylovlari, Saylov kodeksi, yangi tartiblar)

O’zbekiston Respublikasining mustaqil, demokratik saylov tizimini

shakllanishi, O’zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrdagi Konstitusiyasini

qabul qilinishi 1991-yil 18-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi

to’g’risida”, 1993-yil 28-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga

saylov to’g’isida”, 1994-yil 5-maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar

Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlar qabul qilinishi bilan bog’liq va bular

saylov tizimini yanada takomillashtirish, demokratlashtirishga olib keldi.

Yuqoridagi qonunlar saylov munosabatlarini keng ravishda tartibga solish bilan

yangi munosabatlarni vujudga keltirdi, masalan saylovlarni ko’p partiyaviylik asosida

o’tishi, nomzodlarni fuqarolar va vakillik hokimiyati organlari tomonidan

ko’rsatilishi va boshqalar

Konstitutsiya parlament deputatlarining hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyalilik asosida saylanishini muhim konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari O`zbekistonning butun hududida saylovchilar soniga qarab teng holda tuziladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi bo`lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.

Ayni bir shaxs bir paytning o`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi bo`lishi mumkin emas deb ko`rsatilgan.

“O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga saylov to`g`risida”gi qonunining 25-moddasida Deputatlikka nomzodlarga qo`yidadigi talablar qo`yilgan:

sodir etilgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;

saylov kuniga qadar so`nggi besh yil mobaynida O`zbekiston Respublikasi hdudida muqim yashamagan fuqarolar;

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo`linmalarning xodimlari;

diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro`yxatga olinmaydilar.

Hozirda amalda bo`lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuniga 25 yoshga to`lgan fuqarolar ega bo`lishi mumkin. Yosh senzining bunday belgilanishi shu bilan izohlanadiki, deputat ozmi-ko`pmi ma'lum hayot tajribasiga ega bo`lishi, o`zini davlat va jamoat faoliyatida ko`rsata olishi lozim. Bu masala bir qancha xorijiy mamlakatlarning Konstitutsiyalari va qonunchiligida ham deyarlik shunday hal etilgan. AQSH Konstitutsiyasida 25 yoshga to`lmagan shaxs Kongressning Vakillar palatasining a'zosi bo`lishi mumkin emas. Yaponiya parlamentining vakillar palatasiga 25 yoshga to`lmagan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to`lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin. Shuni ham aytish joizki, jahon tajribasida passiv saylov huquqining bundan ham yuqori senzlari ma'lum.

2004 yilning 26 dekabrida mamlakatimizda ilk bor O`zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamenti – Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovlar bo`lib o`tdi. Mazkur saylovlarda beshta siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlar o`zlarining deputatlikka qo`ygan nomzodlari uchun kurash olib boradilar.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18 noyabndagi VIII sessiyasida umumxalq referendumini o’tkazish qarori bilan birga «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonuni, shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to’g’risida» qaror qabul qilindi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. 1991-yil 29-dekabrda bo’lib o’tgan saylovlar yakuniga ko’ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi

Shunday qilib mamlakatimizda birinchi marta yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilgan to’g’ridan to’g’ri umumiy va altemativ asosdagi saylovda I.A.Karimov 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz» degan savolga 11 mln. 199 ming 415 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6% ijobiy javob berdi.

2000-yil 9-yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda ro’yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln. 123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi.

2007-yil 23-dekabrida muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra, I.A.Karimov 7-yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2016 yil 2-sentyabrda vafot etdi.

.

Markaziy saylov raisi (MSK) Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning ma’lum qilishicha 2016 yil, 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 461 ming 805 nafar saylovchidan 17 million 951 ming 667 nafari ovoz berishda ishtirok etdi.


Bu ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 87,73 foizini tashkil etadi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, ro‘yxatga olingan saylovchilarning kamida 33 foizi saylovda qatnashsa, Prezident saylovi o‘tgan, deb hisoblanadi.
Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra,

• Sarvar Otamuratov 421 ming 55 nafar yoki 2,35 foiz,

• Shavkat Mirziyoyev 15 million 906 ming 724 nafar yoki 88,61 foiz,

• Hotamjon Ketmonov 669 ming 187 nafar yoki 3,73 foiz,

• Narimon Umarov 619 ming 972 nafar yoki 3,46 foiz

ovoz to‘plagan. Saylov natijalariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi ikkinchi Pezidenti etib Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi saylov kodeksi 25.06.2019 yil O’RQ-544-son Qonuni bilan tasdiqlandi u 18 bob 103 moddadan tashkil topgan.



  1. Download 56.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling