EKOLOGIK PARTIYA
. Ekalogik partiya faoliyati
2018-yil 14-noyabr kuni Toshkent shahridagi Xalqaro savdo markazida ekologik siyosiy partiya tuzish bo‘yicha tashabbuskorlar majlisi bo‘lib o‘tdi. Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 24-yanvarda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini roʻyobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi boʻlishiga erishishga koʻmaklashishga qaratilgan. Hozirda Komiljon Tojiboyev Ekologik partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |