O’zbekistonning eng yangi tarixi


O'zbekistonda fuqarolarning o’z o’zini boshqarish organlari faoliyati (Qarorlar va farmonlar , o‘zini-o‘zi boshqarish, mahalla fuqarolar yig‘inlari, saylovlar, 3 yil)


Download 56.13 Kb.
bet38/40
Sana05.01.2022
Hajmi56.13 Kb.
#209453
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
oraliq javoblari tarix

O'zbekistonda fuqarolarning o’z o’zini boshqarish organlari faoliyati (Qarorlar va farmonlar , o‘zini-o‘zi boshqarish, mahalla fuqarolar yig‘inlari, saylovlar, 3 yil)

1993- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla qo‘mitalari tuzildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir.

2010-2013 yillar davomida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 150 nafarga yaqin xodimi turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2014 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 27 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 2014 yil 21 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 692 nafar xodimlari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga, 29 nafari viloyat Kengashi deputatligiga va 3 nafari Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylanganlar. Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bugungi kunda hurmat va ehtiromga

loyiq insonlar faoliyat yuritishayotganini ko‘rsatadi.





  1. Download 56.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling