O`zbekistonning eng yangi tarixi


-mavzu. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning


Download 51 Kb.
bet3/10
Sana08.01.2022
Hajmi51 Kb.
#241358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Test

3-mavzu. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.

4-mavzu. O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li.

1. O‘zbekiston Respublikasining boshqaruvga ko‘ra shakli............

A) Respublika *

B) Monarxiya

V) Konstitutsion monarxiya

G) Parlamentar Respublika

2. Quyidagi davlatlardan qaysi biri O‘zbekistonning mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan?

A) AQSH

B) Turkiya *

V) Eron


G) Xitoy

3. 1992 yilning 8 dekabrigacha Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining vaqtinchalik Konstitutsiyasi vazifasini bajargan hujjatni aniqlang?

A) “O‘zbekistonning Mustaqillik Deklarasiyasi”

B) “O‘zbekiston Respublikasinig Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni *

V) “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Oliy Kengash bayonoti

G) “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun

4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi VIII sessiyasida qaysi qonun qabul qilingan?

A) “Davlat gerbi to‘g‘risida”

B) “Davlat madhiyasi to‘g‘risida”

V) “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” *

D) “Milliy pul birligi to‘g‘risida”

5. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘idagi 12 ta yulduz tasviri bu…

A) O‘zbekistonnning ma’muriy bo‘linishiga ishora *

B) Mukammallik, barkamollik timsoli

V) 12 muchalning timsoli

G) Musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir

6. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘idagi moviy rang nimaning ramzidir?

A) Tinchlik va poklik

B) mangu osmon va musaffo suv *

V) Har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch

G) Tiriklik ramzi

7. O‘zbekiston Respublikasida Vitse-Prezident lavozimi qachon tugatildi?

A) 1991 yil 18 noyabr

B) 1991 yil 29 dekabr

V) 1992 yil 4 yanvar *

G) 1992 yil 8 dekabr

8. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A) 1992 yil 2 iyul *

B) 1992 yil 2 iyun

V) 1992 yil 20 iyul

G) 1992 yil 20 iyun

9. O‘zbekiston Respublikasining “Bayram kunlari haqida” gi Qonuni qachon qabul qilingan?

A) 1992 yil 1 iyun

B) 1992 yil 2 iyun *

V) 1993 yil 1 iyun

G) 1993 yil 2 iyul

10. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan?

A) 1991 yil 8 dekabr

B) 1991 yil 10 dekabr

V) 1992 yil 20 iyul

G) 1992 yil 10 dekabr *
5-mavzu. O`zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.

1. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlash sohasida mamlakatda ushbu sohaga oid … ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.

A)* 10 B)30 C)5 D)20

2. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish konsepsiyada nima ta’kidlangan?

A) «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida», «Teleradioeshittirishlar to’g’risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to’g’risida», «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash kafolatlari to’g’risida»gi qonunlarni qabul qilish

B) O’zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirib, saylov tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borish

C) Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartirishlar kiritish

D)* Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasidagi bir qator qonunlarga o’zgartirish kiritish, O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi hamda «Ekologik nazorat to’g’risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish .

3. Quyidagi farmonlarning qabul qilingan yillari bilan moslashtirilgan javobni belgilang?

1) 1999-yil; 2) 2017-yil ; 3) 2004-yil

a) Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida

b) Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

c) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida

A) 1-a; 2-c; 3-b B) 1-b; 2-c;3-a

C) 1-a; 2-b; 3-c D)* 1-c; 2-b; 3-a

4. Prezidentning nechanchi yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.

A) 2010-yildagi B) 2004-yildagi C)* 2017-yildagi D) 1999-yildagi

5. Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug`bek Abdusalamov Shavkat Mirziyoyevga Prezidentlik guvohnomasini qachon topshirgan edi?

A) 2015 y. 14-mart B*) 2016 y. 14-dekabr

C) 2016 y. 9-dekabr D) 2017-y. 2-fevral

6. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan qonunlar to’g’ri berilgan javobni belgilang?

A)* «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»

B) «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»

C) „O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida“ va „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida“

D) „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida“ va „Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida“

7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda nechchi yoshga to‘lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi belgilab qo’yilgan?

A) 19 B) 21 C)*18 D) 25

8. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega. ….. yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, …… yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, ….. yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega.

A) 25. 24. 21 B) * 35. 25,21 C) 35. 30. 20 D) 35.25.20

8. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, mamlakat Prezident saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov qachon oʻtkaziladi.

A)* dekabr oyi 3-oʻn kunligining 1-yakshanbasida

B) dekabr oyi 2-oʻn kunligining 1-yakshanbasida

C) dekabr oyi 1-oʻn kunligining 3-yakshanbasida

D) dekabr oyi 3-oʻn kunligining 2-yakshanbasida

9. Ko‘ppartiyaviylik tizimi nima?

A) jamiyat hayotida bir partiyaning faoliyat yuritishi

B)* jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi

C) deputatlari doimiylik asosida ishlaydigan, asosiy vazifasi qonun yaratishdan iborat bo ‘Igan partiyalar tizimi

D) davlat hokimiyatini boshqarish huquqini saylov yo ‘li bilan qo ‘Iga kiritish uchun kurashuvchi u yoki bu sinf va qatlamning ilg‘or, ongli, uyushgan qismini

birlashtirgan tashkilot.

10. Jamiyatda demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovi nima hisoblanadi?

A) siyosiy partiyalarning hokimiyat tomonidan boshqarilishi

B) siyosiy partiyalarning viloyat tomonidan faoliyat ko‘rsatishi

C) ko’ppartiyaviylikning mavjudligi

D)* siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi



Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling