Ozbekistonning eng yangi tarixi


Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish, ikki palatali parlament joriy etilishi


Download 164.5 Kb.
bet9/12
Sana10.11.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1762567
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish, ikki palatali parlament joriy etilishi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvni yanada demokratlashtirish maqsadida ikki palatali parlament joriy etildi, Prezidentga tegishli ayrim vakolatlar Senat va Bosh vazir zimmasiga otkazildi. 2007 yilda Oz.R Konstitutsiyasidan mamlakat prezidenti bir vaqtning ozida ijro etuvchi hokimiyat boshligi ekanligini belgilovchi norma bekor qilindi.
Ozbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga ozgartish va qoshimchalar kiritildi. 2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritildi. Unda OzR Prezidenti Ozbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va togridan togri saylash huquqi asosida yashirin ovoz berish yoli bilan besh yil muddatga saylanishi korsatib otilgan. 98-moddada OzR Bosh vaziri va OzR Oliy majlisining Qonunchilik palatasi ortasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holatda depututlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan OzR Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boyicha OzR Oliy Majlisi palatalarining qoshma majlisi muhokamasida Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritilgan.
Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament fransuzcha parle (gapiraman) sozidan olingan bolib, rasmiy sozlashish joyi manosini anglatadi. Parlament qonun boyicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bolib, hududiy saylov okruglari boyicha koppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga tolgan fuqarolardan saylanadi. Parlamentarizm tajribasi shuni korsatadiki, parlament bir palatali va ikki palatali bolishi mumkin.
1990-1994 yillarda Ozbekiston parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, bir palatali, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004 yillarda parlament Oliy Majlis nomi bilan atalib, bir palatali va uning 250 deputati mavjud edi. 2005 yil 27 yanvarda OR Oliy Majlisi ikki palatali parlament qilib shakllantirildi. Uning quyi Qonunchilik palatasi 120 deputat, Senat (yuqori palatasi) esa 100 senatordan tashkil topib, jami parlamentda 220 ta azo faoliyat yuritdi.
Parlamentning ikki palatali bolishida quyidagilar kozda tutilgan:
- parlament oz vakolatlarini samarali amalga oshiradi;
- Qonunchilik palatasi oz faoliyatini doimiy professional tarzda olib borilishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifati keskin oshadi;
- Senat asosan mahalliy kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutonosibligiga erishiladi;
- aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki kolami yanada kengayadi;
- mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni kozlaydigan Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari prinsipi ozining hayotiy ifodasini topadi.
Parlament tomonidan qabul qilinadigan qonunlar quyidagi uch ustuvor xususiyatlarga ega boladi:
- qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga asoslangan bolishi shart;
- bu qonunlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi shart;
- jamiyat hayotining qonunlarga mos bolishi qonun ustuvorligini taminlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Aholining siyosiy madaniyatini oshirish, uning jamiyat rivojlanishida tutgan roli va mavqeini kotarish, koppartiyaviylik tizimini shakllantirish va faoliyatini chuqurlashtirish bilan belgilanadi.
Mamlakat parlamentining bosib otgan yolini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etilsa, uni uchga asosiy davrga bolish mumkin. Birinchi davr 1991-1994 yillar, ikkinchi davr 1995-2004 yillar, uchinchi davr 2005 yildan keyingi yillar.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling