Ozbekistonning eng yangi tarixi


Download 164.5 Kb.
bet10/12
Sana10.11.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1762567
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Birinchi davr otish davri parlamenti deb atash mumkin bolgan oxirgi - 12-chaqiriq Oliy Kengash deputatlari davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bolgan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.
Oliy Kengashning on ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda otkazish togrisida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 dekabrda, 22 yanvarda) bolib otgan saylov yakunlariga binoan 250 nafar deputatdan iborat parlament shakllantirildi. Saylov kop partiyaviylik asosida otkazildi.
Ikkinchi davrda Oliy Kengash orniga Ozbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti - Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan 69 nafar, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 14, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 7 nafar deputat bolib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan korsatilgan shaxslar tashkil etdi.
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bolib otdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega bolgan "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasi, 34 nafar dsputatni tashkil etgan "Fidokorlar" milliy dsmokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki royxatga olindi. Keyinchalik "Vatan taraqqiyoti va "Fidokorlar" partiyalari bitta "Fidokorlar" partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraksiyalari azolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraksiyani tashkil etdilar.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling