O'zbekistonning Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirishining afzalliklari va kamchiliklari


II. YeOIIga a'zo bo‘lishning foydalari


Download 47.07 Kb.
bet4/14
Sana02.01.2022
Hajmi47.07 Kb.
#185375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
18-19 tayyor

II. YeOIIga a'zo bo‘lishning foydalari

Katta bozor. Avvalambor, YeOIIga a'zolik biz uchun 182 milliondan oshiqroq inson istiqomat qiluvchi, qiymati esa 1 trillion 587 milliard AQSh dollariga teng bozorga kirish imkonini beradi. O‘zbekiston bu bozorga o‘zining nisbatan arzon mahsulotlarini eksport qilib, katta miqyosda foyda ko‘rishi mumkin.

YeOII mahsulotlarga qo‘yiladigan texnikaviy, sanitariya, veterinariya va fitosanitariya standartlari va normalarini uchinchi davlatlarga nisbatan ma'lum darajada qattiqqo‘llik bilan tatbiq etmoqda. Bizning tadbirkorlarimiz shu sababdan yurtimiz mahsulotlarini YeOII bozoriga kiritishga qiynalishmoqda.



Saidorifxon Saidazimov, margarin va sariyog‘ eksporti bilan shug‘ullanuvchi «Mega Prodex» korxonasi rahbari:

«Yaqinda biz o‘z mahsulotimizni Qozog‘istonga eksport qilishga urindik. U yerda, sodda qilib aytganda, O‘zbekiston mahsulotiga taqiq qo‘yishdi. 2015 yilda Rossiyaning Tula shahrida o‘zbek mahsulotida virusli kasallik topishgan ekan. O‘shandan beri bizning sut, margarin, sariyog‘ va boshqa chorva mahsulotlarimiz importiga taqiq qo‘yilgan ekan. Ruxsat ololmayapmiz.

Biz Qirg‘izistonga margarin eksport qilar edik. Ammo yaqinda Bojxona ittifoqi konvensiya qabul qildi — endi, masalan, Qozog‘iston biror narsaga taqiq qo‘ysa, bu taqiqni boshqa a'zo davlatlar tan olishadi. Ular tariflarni o‘zgartirishmaydi, shunchaki veterinar nazorat oddiy qog‘oz bilan o‘zbek suti, go‘shti, kolbasasi, margarini uchun MDH bozorlarining eshigini yopib qo‘yadi. Bizning mahsulotimiz 2–3 barobar arzon. Ular, oddiy qilib aytganda, o‘z bozorlarini himoya qilishadi».

O‘zbekiston YeOIIga kiradigan bo‘lsa, o‘z qoidalarini ittifoq standartlari bilan muvofiqlashtirib boradi va tadbirkorlarimiz uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Buning natijasida, YeOII bozorini ko‘zlagan xorijiy investitsiyalar oqimi yuzaga kelishi mumkin. Zero, shu paytgacha 33 millionlik bozor uchun ishlab kelingan bo‘lsa, YeOIIga kirish natijasida 200 million kishilik bozorga hech qanday bojlarsiz kirish imkoni paydo bo‘ladi. Bu esa O‘zbekistonning investitsiyalar uchun jozibadorligini oshiradi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida YeOIIga a'zo mamlakatlar ulushi 25–30 foizni tashkil etadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, yurtimiz hali a'zo bo‘lib ulgurmasidan, YeOII biz uchun eng katta tashqi savdo hamkori bo‘lib turibdi. YeOIIga kirish bu ko‘rsatkichni shaksiz yuqorilatadi. Bundan tashqari, YeOIIga azo davlatlarning mahsulotlari bozorimizga kirib kelishi raqobatning kuchayishiga xizmat qiladi. Bunday raqobat esa iste'molchi uchun yaxshi.


Download 47.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling