Vegetatsiya davrning davomiyligi, issiq va quyoshli kunlarning ko'pligi tufayli O'zbekistonda paxtachilik, bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik kabi yuqori daromadli dehqonchilik rivojlanmoqda. Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat, energetika va transport xavfsizligini ta'minlash kabi murakkab vazifalar yechimiga bosqichma-bosqich, muvaffaqqiyatli erishdi. O'zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz aholisi muntazam ravishda o'sib bormoqda. Shuningdek, milliy iqtisodiyotimiz tarmoq tarkibida ham muhim o‘zgarishlar ro`y berdi. Eng avvalo, sanoatning YIMdagi ulushi ancha o‘sganligi diqqatga sazovordir. 1995-yilda YIMning 17,1 foizi sanoatga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2014-yilda bu ko`rsatkich 26 foizgacha ko'taril-di. Qishloq xo'jaligining milliy iqtisodiyotidagi ulushi. mos ravishda, 28,1 foizdan 17,6 foizgacha pasaydi. Sanoatning tarmoq tarkibi ham sezilarli darajada o‘zgarib ketdi. Respublika sanoatida elektr energetikasi, yoqilg'i, kimyo, rangli metallurgiya, mashinasozlik va boshqa og‘ir sanoati tarmoqlarining o'rni va ahamiyati o`sib, mustaqillikdan oldingi davrda respublika ixlisoslashuvini belgilab turgan yengil sanoatining ulushi esa deyarli 3 barobar kamaydi. 2000-yil boshidan buyon sanoat ishlab chiqarish hajmi O‘zbekistonda muntazam ravishda o‘sib kelib, qayta ishlash tarmoqlarining o‘sish sur’atlari undiruvchi sanoatga nisbatan bir necha barobar yuqori. Natijada, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, mamlakatimiz sanoati tarkibida salkam 20 foizlik ulush bilan mashinasozlik mahsulotlari yetakchi o'ringa chiqib oldi. Qisqa tarixiy davr mobaynida Oʻzbekiston xalqaro savdo- iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, muvaffaqqiyatli erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |