O’zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirish va kompleks rivojlantirish muammolari
Download 123 Kb.
|
O’zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirish va kompleks rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O`zbekistonning hozirgi iqtisodiy rayonlari setkasi va iqtisodiy rayonlarning xalq xo`jaligi majmualarini yanada takomillashtirish vazifalari.
Qishloq xo`jaligi. Bu tarmoq ham samarador tarmoq sanaladi. Toshkent iqtisodiy rayoni sabzavot, meva, kanop, don ekinlari yetishtirishda Respublikada yetakchi o`rinni egallaydi. O`zbekistonda yetishtiriladigan paxtani 7.5 foizi, sholini 11.0 foizi, kartoshkani 26.6 foizi, sabzavotni 24.0 foizi, xo`l mevani 10 foizi, uzumni 5.6 foizi shu rayonga to`g`ri keladi.
Toshkent iqtisodiy rayonning yalpi ekin maydonlari 343.8 ming ga bo`lib, shundan 301.6 ming ga sug`oriladigan yerlardir. Toshkent iqtisodiy rayonning chorvachiligi go`sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramollar, cho`chqa va parrandalar shahar atroflarida, maxsus chorvachilik majmualarida, qo`y va echkilar esa tog`li rayonlarda va tog` etaklarida boqiladi. Sug`oriladigan hududlarda ipak qurti boqiladi, sun`iy suv xavzalarida baliqchilik yaxshi yo`lga qo`yilgan. Transporti. Mazkur rayonda transport yaxshi rivojlangan. Respublikamizning bosh transport tuguni bo`lgan Toshkent shahri bu borada katta ahamiyat kasb etadi. Temir yo`l, avtomobil va havo transportlari yetakchi mavqeni egallagan. Temir yo`llarning ko`p qismi elektrlashtirilgan. Avtomobil yo`llarining aksariyati qattiq koplamali yo`llardir. Iqtisodiy rayonda quvur va elektron transportlari ham bor. Markaziy Osiyodagi yagona metropoliten ishlab turibdi. 3. O`zbekistonning hozirgi iqtisodiy rayonlari setkasi va iqtisodiy rayonlarning xalq xo`jaligi majmualarini yanada takomillashtirish vazifalari. Farg`ona vodiysini O`zbekistonning boshqa hududlari bilan bog`lovchi Qamchiq dovoni qurilib ishga tushgach, Toshkent iqtisodiy rayonining transport ahamiyati yanada ortdi. Barcha fanlarda bo`lganidek, geografiyaning ham birlamchi, o`zak tushunchasi mavjud-ki, usiz bu fan to`g`risida so`z yuritish aslo mumkin emas. Agar turix fani uchun davr, biologiya uchun xujayra, ximiyada molekula tushunchalari ushbu fanlar uchun eng muhim hisoblansa, geografiyada bunday vazifani rayon tushunchasi o`taydi. «Rayon» so`zi fransuz tilidan olingan bo`lsada (ingliz tilida u region deb ham yuritiladi), u hozirgi kunda xalqaro, ya`ni baynanminal mazmunga ega. Binobarin, uni respublika, parlament, konstitutsiya, landshaft kabi so`zlar qatorida bemalol ishlatish mumkin va katta xatolik bo`lmaydi. Xususan, mazkur tushunchani aynan shu shaklda sof geografik birliklar ma`nosida qo`llash zarur. Sababi –uni ma`muriy hududlarga tegishli bo`lgan «nohiya» yoki «tuman» ko`rinishiga o`girish balkim mumkindir, biroq haqiqiy geografik rayonni, rayonlashtirishni geogarafik tuman, tumanlashtirish shaklida tatbiq etish o`ta kulgili va noo`rindir. Xo`sh, rayon, shu jumladan iqtisodiy rayon nima va u qaysi maqsadlarda zarur? Mavzuning tub mohiyati ham ana shunda. Rayon, agar o`ta qisqa va ommabop (hammabop, geograflar uchungina emas, balki barcha savodxon, oddiy hududiy fikrlash va geografik madaniyatli kishilar uchun) darajada ta`riflamoqchi bo`lsak, uni umumiy o`xshash xususiyatlari bilan o`z atrofidan ajralib turuvchi hududning bir qismi sifatida talqin qilish mumkin. Demak, rayon bu hudud (yoki nisbatan kattaroq hududning bir bo`lagi), yer yuzi esa «geo»-dir. Binobarin, rayonni albatta «geografik rayon» deyishga katta ehtiyoj yo`q, zero nogeografik rayonning o`zi bo`lmaydi. Ayniqsa, bunday iborani qo`llash iqtisodiy geograflar uchun shart emas. Shunday qilib, har qanday rayon – u geografik rayondir va bu yerda ortiqcha so`zga zaruriyat yo`qligi hammaga ayon va ravshan bo`lmog`i darkor. Masalan, Farg`ona iqtisodiy rayonini oladigan bo`lsak, bu yerda «Farg`ona» ham, «rayon» ham ma`lum hudud, ya`ni geografik ma`noni anglatadi. Shu bois, uni «Farg`ona iqtisodiy geografik rayoni» shaklida talqin qilishga hech zaruriyat bo`lmasa kerak. Rayon tushunchasi va uning mazmun-mohiyati hozirgi zamon tizim-tarkib (sistema-struktura) prinsipiga yoki ilmiy dunyoqarash yondoshuviga ham mos keladi. Chunki, rayon o`z navbatida rayonchalardan, ular esa yana nisbatan kichikroq hududiy birliklardan tashkil topadi (xuddi «matryoshka» o`yinchog`idek). Ko`rinib turibdiki, rayon bu ko`p bosqichli, pog`onasimon tushunchadir. Xuddi shunday, ma`lum bir hududiy sitema o`z tarkibiga ega, bu ham esa o`zidan keyingi pog`onaga nisbatan sistemadir. Boshqacha qilib aytganda, har qanday hududiy birlik, agar u ochiq sistema shaklida ko`rilsa, o`zidan kattaroq hududga nisbatan tarkib (sistemacha, kichikroq sistema) va ayni paytda o`zining ichki tuzilishi nuqtai nazardan yaxlit sistemadir. Yuqorida keltirilgan misol-Farg`ona iqtisodiy rayoni mustaqil O`zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tizimida tarkibiy birlikdir. Shu bilan birga, u alohida Farg`ona, Andijon, Namangan viloyatlari (tarkib)lardan tashkil topgan. Xuddi shunday, mazkur viloyatlar ham bosqichsimon hududiy tuzilmalardan iborat. О‘zbekiston Markaziy Osiyoning о‘rta va shimoliy qismida joylashgan. Shimoli – sharqda Qirg‘iziston, shimoliy va shimoliy – g‘arbda Qozog‘iston Respublikalari, janubi – g‘arbda Turkmaniston, janubi – sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman Afg‘oniston bilan chegaradosh. О‘zbekistonning eng shimoliy chekka nuqtasi shimoli – sharqda – Ustyurt platosida Orol dengizining g‘arbiy sohilida (45036/ shimoliy kenglik), eng janubiy nuqtasi – Surxondaryo viloyatida Termiz shahri yonida (37011/ shimoliy kenglik), g‘arbiy nuqtasi – Ustyurt platosida (560 sharqiy uzunlik), sharqiy nuqtasi – Farg‘ona vodiysining janubiy – sharqida, Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara joyda (330 10 sharqiy uzunlik). Shimoliy va janubiy chekka nuqtalar orasidagi masofa 925 km, g‘arbiy va sharqiy nuqtalar orasi – 1400 km. О‘zbekiston tarixiy solnomasida 1991 yilning 1 sentabri munosib о‘rin egallaydi. 1 sentabr Respublikani mustaqilliki e’lon qilingan kun. О‘zbekiston Respublikasi maydoni 448,9 ming kv.km. Respublika xududi janubiy – sharqdan, shimoliy – g‘arbga chо‘zilgan va yer yuzasi ham shu yо‘nalishda yirik daryolar oqimiga mos pasayib boradi. Mamlakatning shimoliy – g‘arbiy chekkasida Ustyurt bilan Qizilqum oralig‘ida Orol dengizi joylashgan Respublika maydonining qariyib 4/5 qismi tekislik, oz qismi tog‘, adir va tog‘ oldidan iborat. О‘zbekiston xududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari – Amudaryo va Sirdaryo oqib о‘tib, Orol dengiziga qо‘yiladi. Bu ikki azim daryo orasidagi xudud Turon pasttekisligi deb ataladi. Bu tekislikning kо‘p qismi Qizilqumdan iborat, ba’zi joylarda qirlar uchraydi. Respublikaning sharqi va janubiy – sharqiy qismida Tyan – shan, Oloy, Turkiston. Zarafshon va Hisor tog‘lari bor. Bu tog‘lar orasida Farg‘ona – Zarafshon, Kitob – Shahrisabz, Surxon – Sherobod, Chirchiq – Ohangaron kabi katta chukmalar – vodiylar joylashgan.Vodiylar sug‘oriladigan yerlar bо‘lib, aholining asosiy qismi shu yerlarda yashaydi. Tog‘larning chо‘qqilari muzliklar, doimiy qor qatlamlari bilan qoplangan. Respublikaning g‘arbiy va shimoliy – g‘arbiy qismiga borgan sari ulkan tog‘lar pasayib, tog‘ yon bag‘ri tekisliklari gо‘zal xushmanzara vodiylarga aylanadi. Sо‘ng vodiylar tugab, asta – sekin chо‘llar, poyonsiz qumliklar boshlanadi. Har qanday xududiy birlikning iqtisodiy – geografik о‘rni xususiyatlari avvalo qayerda joylashganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki О‘zbekiston Yevrosiyo qit’asi (materigi) ning deyarli qoq markazida va Dunyo okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash nohiyalarga xos barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak, О‘zbekistonning mavjud makro geografik о‘rnining barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari kо‘p jihatdan ana shu holatdan, shuningdek uni qо‘shnichilik xususiyatlaridan (qanday davlatlar, iqtisodiy nohiyalar, dunyo davlatlarining mintaqaviy guruhlariga tutash-yaqinligi, ularning bir – birlariga iqtisodiy ta’sir etish imkoniyatlari) kelib chiqadi. Joylardan, davlatlarning iqtisodiy – geografik о‘rni xususiyatlarini atroflicha о‘rganish, tahlil qilish va baholash iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hamisha muhim tadqiqot obyekti bо‘lib kelgan. Unga yetarli baho berish respublikamizning hozirgi mustaqil rivojlanishi pallasida alohida ahamiyat kasb etadi. О‘zbekistonning iqtisodiy – geografik о‘rnini tahlil qilishda uning tarixiy kategoriya ekanligini, joylarning tabiiy – geografik о‘rniga nisbatan nihoyatda dinamik, о‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligini hisobga olish talab etiladi. Joylarning iqtisodiy – geografik о‘rni xususiyatlari ichki va tashqi siyosiy muhitning о‘zgarishi, yirik tabiiy boylik manbalarining topilishi va о‘zlashtirilishi, muhim transport yо‘llarining yoki irrigasiya inshootlarining qurilishi kabilar katta ta’sir kо‘rsatadi. Shunga kо‘ra О‘zbekistonnning iqtisodiy – geografik о‘rni xususiyatlari qо‘yidagilardan iborat. 1. О‘zbekistonnning О‘rta Osiyodagi mustaqil davlatlarga nisbatan tutgan iqtisodiy – geografik о‘rni (mikrogeografik о‘rni); 2. О‘zbekistonning о‘nga yaqin davlatlar guruhiga nisbatan tutgan iqtisodiy – geografik о‘rni (mezogeografik о‘rni); 3. О‘zbekistonning Hamdо‘stlik davlatlari va boshqa xorijiy mamlakatlarga nisbatan tutgan iqtisodiy – geografik о‘rni (makrogeografik о‘rni); О‘zbekiston Respublikasining О‘rta Osiyodagi mustaqil davlatlarga nisbatan tutgan о‘rni (mikrogeografik о‘rin) avvalo uning iqtisodiy mintaqa markaziy qismida joylashganligi, juda qulay tarnsport imkoniyatlari bilan belgilanadi. Respublikaning О‘rta Osiyo markaziy qismida joylashganligi tarixiy davlarda har qanday jihatdan kо‘p qulayliklarni keltirib chiqargan. О‘zbekiston asosan iqtisodiy – geografik о‘rni tufayli (tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari qulayligini inkor qilmagan holda) uzoq tarixiy rivojlanish davrlaridan boshlab О‘rta Osiyoning eng rivojlangan ulkasi hisoblangan. Uning xududida О‘rta Osiyoning eng qadimiy yirik shaharlari tarkib topgan va rivojlangan, shu sababli о‘rta asrdayoq Buyuk ipak yо‘li bо‘yidagi eng gavjum bozorlar tugunlari ham uning xududlarida makon topgan. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling