O’zbekistonning Jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni Reja
Aksiz solig’iga bo’lgan imtiyozlar
Download 30.85 Kb.
|
O’zbekistonning Jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagilarga aksiz solig’i solinmaydi
- 3.O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari va ularga xos ko’rsatkichlar
Aksiz solig’iga bo’lgan imtiyozlar:
Aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig’i solinmaydi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda). Quyidagilarga aksiz solig’i solinmaydi: - aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; - keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga. 3.O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari va ularga xos ko’rsatkichlar Sanoat ishlab chiqarishda yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo’lishi aholining hayoti va ijtimoiy ehtiyojini qanoatlantirish bilan birga qo’shni davlatlar bozoriga raqobatbardosh istemol talablarini qanoatlantiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Shu o’rinda O’zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda jahon andozasi talablariga javob beradigan texnologiyalarni jalb qilishga va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlariga keng yo’l berishga qaratilgan etibor o’z ifodasini topmoqda. O’zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqada bo’lishidir. Shunga ko’ra davlatimiz valyuta-kredit munosabatlarini, yani chet el sarmoyalarini xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlariga jalb qilish, xo’jalik korxonalarini birgalikda ko’rish va savdo-sotiq ishlarini amalga oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston o’zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligini himoya qilishdagi dastlabki say-harakatlari bois respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari endi yig’uvchi emas balki, mustaqil faoliyat yuritishi va o’zi ishlab chiqargan mahsulotlari ustidan o’zi egalik qilishi imkonini berdi. Bugungi kunda Samarqand, Zarafshon, Andijon, Asaka kabi yirik sanoat markazlari paydo bo’ldi, mavjudlarining rivojlanganlik darajasi yana ham oshdi. Ayniqsa, alohida tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlarini taxlil qilinganda, energiya manbalari eksporti va importi o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 foizini, xizmatlar eksporti va importi ko’rsatkichlari saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 foizini tashkil etgan. Biroq, turli regionlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo oborotida tarmoqlar ko’rsatkichlaridan biri ikkinchisidan keskin farq qiladigan xususiyatlarga ham egaligi kuzatilmoqda. 1998 yil eksport va import ko’rsatkichlari saldosi +239,5 mln AQSh dollarini tashkil etgani holda, mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati va ko’lami yanada kengaygan. Ayniqsa, alohida tarmoqlar eksport va import ko’rsatkichlari tahlil qilinganda , energiya manbalari eksporti va importi o’rtasidagi saldo shu tarmoq eksportining 94,1 %ni, xizmatlar eksporti va importi ko’rsatkichlari saldosi esa tarmoq eksportining 47,1 %ni tashkil etgan. Biroq, turli regionlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo oborotida tarmoqlar ko’rsatkichlari biri ikkinchisidan keskin farq qiladigan xususiyatlarga egaligi kuzatilmoqda. Masalan, energiya manbalari 95,8 % yaqin xorij davlatlariga eksport qilingan bo’lsa, xizmatlar eksportining 60,1 % uzoq xorij davlatlariga yo’naltirilgan. Shuningdek, xizmatlar eksporti va importidagi saldoning 71,5 % aynan uzoq xorij davlatlari hissasiga to’g’ri kelishi kuzatiladi. O’zbekiston Respublikasi yosh iqtisodiy rivojlanayotgan davlat sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak baholanmoqda. Bu o’rinda yurtimiz tabiiy resurslarga boy, iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish uchun qulay imkoniyatlarga egaligi, barqaror tinchlikning mavjudligi, iqtisodiy islohatlardan og’ishmaydigan jamiyatning shakllanganligi chet ellik sarmoyadorlarga iqtisodiyotni izchillik bilan rivojlantirishda o’z sarmoyalarini taklif qilish uchun zamin yaratdi. Amalga oshayotgan iqtisodiy islohatlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Respublikamizda tashqi savdo oborotining kattagina qismi Evropa bilan bog’liq. 1998 yildagi tashqi savdo oboroti qitalararo taqsimlanishining tahlilida jami savdo oborotining 66,3 foizi Evropa davlatlariga to’g’ri kelganligini ko’rsatmoqda. Tashqi investitsiya resurslarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb qilish uning ishlab chiqarish ko’lami va samaradorligining ortishiga, bu esa o’z o’rnida eksport salohiyatining kengayishiga olib keldi. Bugunga kelib uzoq va yaqin xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aloqalarida kamida 300 mln AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilinayotgan davlatlar safiga Koreya Respublikasi, Shveytsariya, Buyuk Britaniya davlatlarini kiritishimiz mumkin. Biroq, yaqin xorij yoki MDX davlatlari bilan iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik aloqalarining sekin kechishi tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim muammosi sifatida qolib kelmoqda. MDX davlatlari orasidagi birtomonlama va ko’ptomonlama aloqalarni ko’rib chiqayotganda, ayniqsa O’zbekistonning hamdo’stlik davlatlari bilan aloqasini ko’rayotganda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: 1. Hamdo’stlik mamlakatlari iqtisodiyoti tubdan o’zgarish yo’lidan bormoqda. Bunda bozor infrastrukturasi institutlarining yuzaga kelishi, iqtisodni boshqaruvchi yangi davlat mexanizmlarining paydo bo’lishi tabiiydir. MDH da ushbu jarayonlarning turlicha kechishi kuzatilmoqda. Mulkchilikning o’zgarishidagi muhim yo’nalishlardan biri mulkni yangi shakllarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. Xususiylashtirilgan korxonalar tarkibida savdo sotiq korxonalari asosiy o’rinni egallaydi. Umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari ham katta ko’rsatkichni tashkil qiladi. Ayni paytda bunday korxonalar hissasi Belorus, Qozog’iston va Moldavada 48-50%, Qirg’iziston va Rossiyada 57-59%. Ukrainada 66%, Gruziyada 79%, O’zbekistonda 85% ni tashkil qilar ekan. O’tish davrining murakkabligi, iqtisodiy rivojlanishning turli sharoitlar va resurslar bilan taminlanganligi, savdo-sotiq va to’lovlarning o’zgaruvchanligi iqtisodiy integratsiya jarayoniga tasir qilmay qolmayapti. 2. Sobiq Ittifoq parchalanib, mustaqil davlatlar tashkil topganga qadar MDH dek xalqaro tashkilot tuzilishi tarixda ko’rilmagan, bugungi kunda bu tashkilotga oldin bir davlat bo’lgan o’n ikkita respublika kirgan. Bu esa mehnat taqsimotida o’ziga xos noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, binobarin og’ir sanoat Boltiqbo’yi va Belorus davlatlarida rivojlangan bo’lsa, unga xom-ashyo Sibir, Qozog’iston va O’rta Osiyo respublikalaridan keltirilgan, bu esa ishlab chiqaruvchi uchun ham, etkazib beruvchi uchun ham noqulay bo’lgan. Ittifoq tugatilgandan so’ng bazi davlatlar zarur xom-ashyo qazib olishda va kerakli mahsulot ishlab chiqarishda yakka xokim bo’lib qoldilar. Rossiya hisobiga neft (gaz kondensatini hisobga olgan holda) qazib olishning 90 foizi, gazning 75 foizi yog’och mahsulotlarning 91 foizi, qog’oz va yog’ochning 80 foizi to’g’ri kelar edi. Ukrainaga umumittifoq miqiyosida metal, prokat, metal quvurlar ishlab chiqarishning 60-65 foizi, O’zbekistonga paxta etishtirishning 60 foizi to’g’ri kelgan. MDH doirasidagi o’zaro aloqalarning muvffaqiyatli bo’lishi ixtisoslashtirish darajasi va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi omillarga bog’liqdir. Shubhasiz, MDH davlatlari aloqalarining ko’p tomonlamaligi, iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal qilishning ko’p qatlamligi hududiy va mahalliy ishlab chiqarish aloqalarning rivojlanishiga tasir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarning yangi shakllari qidirilmoqda. Bu avvalo moliyaviy-sanoat guruhlarini (MSG) yoki xalqaro moliyaviy-sanoat guruhlari (XMSG)ni vjudga keltirishda o’z aksini topmoqda. Iqtisodiy guruhlarni tuzishdan maqsad MDH ishtirokchilarining milliy iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yangi bozorni o’zlashtirish, uni yuksaltirishdan iboratdir. XMSG ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va moliyaviy mablag’larning bozorda aylanishini jadallashtirishni taminlaydi. 1992 yildan boshlab O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi davlatlararo savdo-sotiq, iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama kelishuvlar asosida olib borilmoqda. Biroq O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi aloqalar har doim bir xil bo’lgan emas . Bu avvalo paxta tolasini sotishga tegishlidir. So’ngi yillarda O’zbekiston paxta tolasini Rossiyaga eksport qilishda barter (almashuv) va kliring (naqd pulsiz) kelishuvlari asosida olib bormoqda. Tovar ayriboshlashdag i bunday munosabat O’zbekiston uchun noqulay, chunki mamlakat tashqi savdosidagi moliyaviy harakatni qiyinlashtiradi va o’z navbatida paxtani qayta ishlashga, agrosanoat majmuasi faoliyatiga salbiy tasir ko’rsatadi. 1 Karimov I.A. Barcha reja dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. – T.:«O‘zbekiston»,2011.4-b 3 O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi Qonuni. 3 – moddasi.2000-yil. 26-may Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling