O`zbekistonning o`z aytar so`zi bor


O'zbekiston matbuoti G'arbni axborot xurujida ayblamoqda


Download 83 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi83 Kb.
#1376093
1   2   3   4
Bog'liq
Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari

O'zbekiston matbuoti G'arbni axborot xurujida ayblamoqda
O`zbekiston matbuoti G’arbni axborot xurujida ayblashda davom etmoqda. Maqolalarga ko`ra, axborot xurujidan maqsad - milliy an`analarni yemirish va O`zbekistonning tabiiy boyliklarini qo`lga kiritishdir.
“Inson va Qonun” gazetasining 11 aprel sonida chop etilgan “Kosa tagidagi nimkosa” maqolasi muallifi, respublika Man`naviyat va Marifat markazining mas`ul xodimi Shuhrat Nasimovning yozishicha, axborot xuruji AQSh tomonidan ishlab chiqilgan.
Muallifga ko`ra, XIX asrda tug`ilgan razvedka xodimi Allan Dalles tomonidan tayyorlangan strategiya ko`p xarajat talab qiladigan harbiy yurishlar orniga, kam xarajat talab qiladigan axborot va ruhiy xurujga asoslangan.
“Shu tariqa, demokratiyani joriy qilish va mustamlakachilikka qarshi kurash niqobi ostida, odamlar ongida tushunchalarni yangilash orqali, AQSh o`ziga dushman deb bilgan davlatlarni inqirozga uchratish va kuchsizlantirishni yangi yo`lini o`ylab topdi”, deb yoziladi mazkur maqolada.
Bundan tashqari muallif Allan Dallesning yarim asr avval yozilgan xotiralaridan parchalar keltirish bilan, o`z fikrlarini isbotlashga harakat qiladi.
Maqola mohiyatini AQSh O`zbekistonning milliy an`analarini, urf-odatlarini yo`qqa chiqarish, mamlakatdagi tabiiy boyliklarni egallashga harakat qilayotgani, buning uchun yuqoridagi tarzda kurash olib borayotganligi tashkil etadi. Bu kurashda nodavlat tashkilotlar, amerikaparast muxolif partiyalar, mustaqil axborot vositalarining o`rni qayd etilgan.
Mazkur maqola va hozirda AQShga qarshi boshlangan axborot kampaniyasi yuzasidan siyosatshunoslar, muxolifat vakillari bir qator e`tirozlar bildirib o`tishadi.

Siyosatshunos Farxod Tolipov AQSh bilan strategik hamkorlik rivojlantirilgan paytlarda ham Dallesning fikrlari ma`lumligi, AQShdan millionlab sarmoyalar olinayotgan bir paytda maqola muallifining bu narsadan xabarsizligidan hayratdaligini bildiradi.


“Muallif AQSh bilan yaxshi munosabatlar qilish kerak emas, AQSh faqat bir maqsadda – to`ntarish qilish maqsadida yuribdi, deb nega bizni ogohlantirmadi. Endi ko`zi ochildimi? Bu birinchidan,” - deydi Tolipov.
“Ikkinchidan, gazetada millatni qadriyatlariga putur yetkazish, davlatni izdan chiqarish kabi gaplar eslatiladi. Endi, tariximizni bir eslaylik, bizni dinimizdan ayirgan, tilimizni, urf-odatlarimizni poymol qilgan qaysi davlat edi, AQShmi yoki boshqa birimi?”
“Qaysi davlatni ko`rsatib biz o`zini mustamlakasiga aylantirdi, deb darsliklarda ko`rsatib kelamiz, AQShmi yoki boshqami? Muallifga isbosgan tarixdan qaysidir ma’lumotlarni kovlab, AQSh milliy qadriyatlarga qarshi jarayonlarni qo`zg`atmoqchi deganda, aslida shunday jarayon bizni o`lkamizda sodir bo`lgan, lekin oldingi tarixda. XIX-XX asrlar davomida bu jarayonlar qaysi davlat tomonidan amalga oshirilganligiga muallif javob berishini istar edim,” - degan fikrlarni bildiradi Farxod Tolipov.
Maqola muallifi Shuhrat Nasimov o`z maqolasi yuzasidan intervyu berishdan bosh tortdi. Fikrlarini maqolada bayon etganini ta`kidlab o`tdi.
Maqolada amerikaparast muxolif partiyalar tuzish va ularning milliy manfaatlarga qarshi ishlashlari haqida fikrlar bildiriladi. Bu haqda munosabat bildirayotgan muxolifatdagi “Erk” partiyasining vakili A`zam Turg`unovning ta`kidlashicha, muallif bundan 100 yil avval emas, ikki-uch yil avvalgi gazetalarni varaqlab ko`rishi zarur edi.
“Eski gazetalarni varaqlaganda edi, Amerika, Amerika deya targ`ibot qilayotganlar, aslida o`zlari ekanligini ko`rishardi. Xonobod [aviabazasini] AQShga ochib bergan ham aslida shular-ku. Biz o`shanda aytgan edik, buning ekologik vaziyatga ta`siri bo`lishi haqida. Sarmoya va texnikalar olib kuch-ishlatar tizimlarni rivojlantirgan, shular emasmi-di? Hurmatli o`rtoq shularni bilmas ekanmi?” - deydi A`zam Turg`unov.
AQSh tomonidan olib borilayotgan targ`ibot axloqsizlikka yo`naltirilganligi haqidagi ta`kidlarga nisbatan “Erk” partiyasining vakili shunday mulohazalar bildiradi:
“Amerikaparast deganda, Amerika bo`ladimi, Malayziya bo`ladimi, har qanday odam u yerdagi salbiy narsalarni emas, ilg`or fikrlarni o`zlashtirishni istaydi. Men necha marta hokimiyatga chiqdim. Sobir Raximov Tuman hokimiga ham bordim, mahallada huquqiy yordam berish guruhini tuzaman, bepul ishlab beraman, deb. Rad qilishyapti. Men ularga Amerika turmush tarzini o`rgataman deyayotganim yoq, o`z huquqlaringizni o`zingiz himoya qilishingizni o`rgataman, deyapman. Demak, bularga hozir huquqni o`rganish, demokratiyani o`rganish yot narsa bo’lsa kerak,” – deya ta’kidlab o`tadi A`zam Turg`unov.
11 aprelda chop etilgan “Fidokor” va “XXI-Asr” gazetalarida ham g`arb davlatlari, xorij ommaviy axborot vositalarining O`zbekistonga qilayotgan axborot xurujlari haqida maqolalar o`rin olgan. “Joziba ortidagi g`araz” maqolasida Atlantika geosiyosati Yevrosiyoni nazoratga olishni strategik maqsad qilgani ta’kidlab o`tiladi.
Siyosatshunoslarga ko`ra, Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan O`zbekiston ham XIX–XX asr davomida qaramlikda yashab kelgan. Mintaqada XX asr boshlarida boshlangan milliy uyg`onish, milliy siyosat harakati, Chor Rossiyasi, keyinchalik esa Sovet Ittifoqi tomonidan ayovsiz ravishda yo`qotilgan.
O`zbekistonning Rossiya bilan aloqalari sovuqlashgan davrda, Rossiya tomonidan O`zbekistonga nisbatan yuritilgan mustamlakacha siyosat keng targ`ib qilingan edi, va Rossiya imperiyacha siyosat yuritayotganlikda ayblangan edi.
Siyosatshunoslar Rossiya va O`zbekiston aloqalari ittifoqchilik darajasiga ko`tarilgan bir paytda, bu tarix unitilayotgani bois, o`z xavotirlarini bildirib o`tishmoqda.
Mahalliy kuzatuvchilar AQShning mintaqadagi manfaatlarini demokratik qadriyatlar targ`iboti, AQSh xavfsizligini ta`minlash kabi sabablar bilan izohlashadi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling