O`zbekistonning o`z aytar so`zi bor


Download 83 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi83 Kb.
#1376093
  1   2   3   4
Bog'liq
Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
FRANSUZ FILOLOGIYASI FAKULTETI

Mavzu: Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari
BAJARDI: Avezova Ch


TEKSHIRDI: ________________


Toshkent 2011
Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari
O`zbekiston suveren davlat maqomini qo`lga kiritganiga 14 yil to`lyapti. Bugun, ana shu muqaddas sana arafasida - eng ulug`, eng aziz bayramimizga qizg`in tayyorgarlik davom etayotgan pallada istiqlol yillarining silsilasi har kimning xayolida yana bir karra jonlanishi aniq. Shu qisqa davr ichida O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda misli ko`rilmagan o`zgarishlar ro`y berdi. “O`zDEUavto", "SamKochavto", neftni qayta ishlash zavodlari, gaz-kompressor stantsiyalari, transkontinental avtomobil` va temir yo`l magistrallari - bular faqat yirik loyihalarning ayrimlari.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi ko`plab tashkilotlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, TRASEKA, Shanxay hamkorlik tashkiloti, qator boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalardagi ishtirokimiz esa O`zbekistonning jahon siyosat maydonidagi nufuzi ortib borayotganini ko`rsatadi.
Darhaqiqat, o`tgan 14 yil davomida O`zbekiston taraqqiyotning nisbatan ancha ko`p vaqt talab etadigan dovonlaridan oshib o`tdi. Yurtimizda erishilayotgan yutuqlar har doim ham osonlik bilan qo`lga kiritilayotgani, bir maromda ravnaq topayotgani yo`q, desak xato bo`lmaydi. Og`ir sinov damlari ham bo`ldi.
O`zbekiston mustaqillik arafasida turgan kezlariyoq fitnalarga duch keldi. Millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga urinishni esga olaylik. shanda O`zbekiston rahbari vazminlik bilan ish yuritmaganida hozirgi ahvol qanday bo`lishini tasavvur qilishning o`zi vahimali - Markaziy Osiyo xalqlari o`zaro do`stlik va hamkorlik o`rniga bir-biriga dushmanlik yo`liga tushib qolishi hech gap emas edi. Yo`q. Bunga yo`l qo`yilmadi.
Iqtisodiy fitna va nayranglarni ham barcha yaxshi eslaydi.
Keyinroq Markaziy Osiyoning markaziy davlati bo`lgan O`zbekiston orqali butun mintaqaga ta`sir doirasini yoyish niyatida bo`lganlarning tazyiqlarini boshdan kechirdik.
Odatda xalqaro maydonda muhim o`rin tutgan, aytar so`zi muhim ahamiyatga ega bo`lgan mamlakatlargina shunday sinovlarga duchor bo`ladi. Faylasuflar davlatni odamga bejiz qiyos qilmaydilar. Ishi yurishib turgan, o`z kuchi va mehnati bilan obro`-e`tibor va martaba qozongan, kerakli joyda so`zi o`tadigan kishiga ko`pchilik hasad bilan qaraydi. Unga pand berishga, yo`ldan og`dirishga urinuvchilar bo`ladi. Panadan turib tosh otadi, boshqalarni unga qarshi gijgijlashga urinadi.
Shukrki, Prezident Islom Karimov rahbarligida yuritilayotgan dono siyosat, shu jumladan, puxta o`ylangan oqilona tashqi siyosat tufayli O`zbekiston fitna va sinovlar girdobidan omon chiqdi.
Siyosiy va iqtisodiy bo`ronlarni mardonavor engib o`tgan O`zbekiston puxta siyosati tufayli hayotiy muhim muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritib keldi. Siyosiy mustaqillik iqtisodiy mustaqillik bilan mustahkamlandi - g`alla mustaqilligi, yoqilg`i-energetika mustaqilligi, ishlab chiqarish va sanoatning O`zbekiston uchun yangi bo`lgan turlari...
Mamlakatimiz rahbarining 90-yillarda turli nufuzli tashkilotlar minbarlaridan xalqaro hamjamiyatni ogohlikka da`vat etdi. Afg`on inqirozi, terrorchilik va ekstremizm, qurol-yarog` va narkotiklar kontrabandasi, Orol muammosi...
Bu chaqiriqlar hali-hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Mohiyat shuki, O`zbekiston rahbarining kuyunishlari zamirida, tabiiyki, avvalo O`zbekistonning xavfsizlikni ta`minlash borasidagi manfaatlari mujassam, lekin kengroq qaralganda, bularning barchasi umumbashariy ahamiyat kasb etuvchi muammolardir.
Esga olaylik: Jahon ahlini Afg`onistondan butun dunyoga tarqalayotgan xavf-xatardan 1993 yili BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasida birinchi bo`lib Islom Karimov ogohlantirdi. Ammo O`zbekiston rahbarini tashvishga solgan bu muammoga yuzaki qarashlar bo`ldi. "Menga tegmayaptimi, demak, menga daxli yo`q", degan fikr ustun bo`lib keldi. Terror uchun tranzit mamlakat yo`qligi va bo`lishi ham mumkin emasligi ayrim davlat rahbarlarining xayolidan faromush bo`ldi go`yo. Afg`onistonga jiddiy e`tibor faqat 2001 yil 11 sentyabrdan keyingina qaratildi. Bu fojea ko`pchilikning ko`zini ochgan bo`lsa, ajab emas.
Taassufki, narkotiklarning noqonuniy savdosi insoniyat uchun hamon jiddiy tahdid manbai bo`lib qolmoqda. Afg`onistonda "Tolibon" va "Al-qoida"ning o`zagi barbod qilingan bo`lishiga qaramay, og`u etishtirish ko`lami kamaygani yo`q. Xalqaro terrorning asosiy daromad manbai va homiysi hisoblangan narkobiznes milliardlab dollar miqdorida mablag`ni "aylantirayotgan" bir paytda, dunyo davlatlari bu muammoga qarshi kurash uchun ajratayotgan moliyaviy vositalar urvoq ham bo`lmayotir. Qolaversa, bu illatga barham berishning asosiy omili bo`lgan uyushqoqlik va jipslikning, yaqin va ochiq hamkorlikning amalda yo`qligi narkobiznes qamrovi kengayishi uchun qulayliklar tug`dirayotgani ham sir emas.
O`zbekiston ham, boshqa davlatlar ham Makon va Zamon ummonida suzib borayotgan kemalardir. Hamma taraqqiyot va farovonlik sari intiladi. Ammo o`zining katta-kichikligi, savtu salobatiga qarab, yo`lni har bir kema turlicha tanlagan. Ayrimlari halol, odil va pokiza. Ayrimlari o`zgalarni tizginga solgan, ayrimlari... o`zganing tizginida qolgan.
14 yillik shonli tarix O`zbekistonni o`zi tanlagan yo`ldan og`dirishga urinishlarning ancha-munchasiga guvohdir. Lekin Prezident Islom Karimov bundan ancha yillar ilgari ta`kidlaganidek, O`zbekiston aysberg emas va og`ish xususiyatidan xolidir.
O`zbekiston dunyodagi barcha davlatlar bilan hamkorlik uchun ochiq. Buning yagona va odil sharti bor, xolos. Aloqalar o`zaro tenglik, hurmat va manfaatdorlik asosida qurilishi kerak. Bu hamkorlik boshqa davlat yo davlatlar guruhiga qarshi qaratilmagan, g`arazli niyatlardan pok bo`lishi lozim.
Mana shu qat`iy va izchil tamoyil 14 yillik ulkan tarixda zarracha o`zgarmadi.
Lekin O`zbekiston bugun duch kelayotgan g`ayritabiiy qiyinchiliklar fitna va sinovlar hali barham topmaganidan dalolat bermoqda. Nima uchun "g`ayritabiiy"? Shuning uchunki, tabiiy qiyinchiliklar davridan O`zbekiston allaqachon chiqib ketgan. Bu yog`i, aytish mumkinki, kundalik yumushlar, xo`jalik, madaniyat, sport va hokazo bo`lishi kerak edi.
O`zbekistonni g`ayritabiiy, hatto sun`iy deb atash mumkin bo`lgan mushkulotlar tinch qo`ymayotgani alam qiladi. 16 fevral, Botken, Sariosiyo voqealari, Toshkent va Buxorodagi portlashlar uzun tashlangan arqonning uchi, aniqrog`i, bir zanjirning halqalari ekanligi ayon bo`ldi. Joriy yil 13 may kuni Andijonda sodir etilgan xunrezlik esa har turli vaj bilan Markaziy Osiyoda vaziyatni izdan chiqarish, keyin bu erda o`z hukmini yurgizish niyatida bo`lgan kuchlarning g`arazli maqsadlarini yana bir bor ochiq-oydin ko`rsatib berdi.
Andijon voqealari zamirida ayrim davlatlarning geosiyosiy o`yinlari, aqidaparastlarning xalifalik qurish haqidagi xomxayollardan kelib chiquvchi rejalari, xalqaro terrorchilar va narkobaronlarning yangi, betashvish va benazorat trafiklar ochish yo`lidagi xatti-harakatlari mujassam deyish mumkin.
Ko`p sinovlarni boshdan kechirgan O`zbekiston taqdirning bu zarbasiga ham dosh bera oldi va butun mintaqani uzoq yillik boshboshdoqlik va beqarorlik azoblaridan qutqarib qoldi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling