O`zbekistonning o`z aytar so`zi bor


Download 83 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi83 Kb.
#1376093
1   2   3   4
Bog'liq
Axborot psixologiyasida xavfsizlikning shaxsga ta`sir etuvchi vosita va usullari

AXBOROT O`ZI NIMA ?
Shu o`rinda Andijon voqealarini biroz sharhlashga jazm etamiz. Andijondagi qo`poruvchilik o`ta qisqa fursatda, ta`bir joiz bo`lsa, zargarlarcha noziklik, aniqlik va ehtiyotkorlik bilan bartaraf etilmaganida nimalar bo`lishi mumkin edi?
Avvalo shuni eslatib o`tish joizki, xorijiy davlatlar maxsus xizmatlarining ma`lumotlariga ko`ra, o`sha kuni Afg`onistonda va qo`shni davlatlar chegaralarida terrorchi guruhlarning harakatga tushib qolgani kuzatilgan. Ular sanoqli kunlarda butun vodiyni katta to`polon maydoniga aylantirishi mumkin edi. Bu orada professional fitnachilar akani ukaga, otani o`g`ilga dushman qilardi. Turli millatlar yashaydigan bu hududda milliy nizolarni chiqarish ham qiyin emas edi. Shunday "kasb" egalari yo`qligiga kim shubha qiladi?!
Xo`sh, keyin-chi? Kimdir xalifalik uchun kurasha boshlaydi, kimlarnidir intiqom junbishga keltiradi. Bunday sharoitda ayrim davlatlar geosiyosiy va geoiqtisodiy maqsadlarini ro`yobga chiqarish uchun qaysi to`dadan qanday foydalanadi - xudo biladi. Lekin shunisi aniqki, bu betartiblik uzoq vaqt hukm surishi mumkin. Narkobiznesning ham kuni tug`adi. Shu tariqa beqarorlik butun Markaziy Osiyodagi vaziyatni izdan chiqarishi hech gap emas.
Afsuski, oldi olingan bu mudhish oqibatga ham e`tibor hamma joyda bir xil emas. Andijon voqealaridan keyin O`zbekiston axborot xurujiga uchradi. Bu xuruj virtual olamda O`zbekistonni badnom qilishga qaratilgan edi. Lekin axborot xuruji tashkilotchilari ko`zlagan maqsadiga erisha olmadi.
Andijon voqealaridan ko`p o`tmay, Londonda portlashlar yuz berdi. Dunyo mamlakatlaridagi zo`ravonlik va xunrezliklarga mutlaqo aloqasi yo`qligini aytib keladigan xalqaro ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari bu qadim shahardan yaxshi boshpana topgani sir emas. Lekin shu holda ham Londonda qo`poruvchilik sodir etildi. Yodga beixtiyor "etim qo`zi asrasang..." deb boshlanuvchi maqol keladi.
O`zbekiston - terror va ekstremizmga birinchi to`siq vazifasini o`tayotgan "frontoldi mamlakat", bu illatlardan ko`p aziyat chekkan davlat. Mamlakatimizga qarshi boshlangan axborot xuruji O`zbekistonning tashvishli dav`atlariga, ogohlantirishlariga soya solmoqchi edi. Londonda sodir etilgan, Evropaning boshqa davlatlarida oldi olingan portlashlardan keyin bu fitna tashkilotchilarining ko`zi sal ochilganday bo`ldi. Zero, birovning kulfatidan o`z manfaati yo`lida foydalanish hech qachon yaxshilikka olib kelmagan.
Ha, O`zbekiston istiqlolning birinchi kunlarida e`lon qilgan tamoyillariga sodiq turibdi, xalqaro muammolarga munosabatini baralla e`lon qilmoqda. Jahon ahlini, boshqa davlatlarni iqtisodiy, siyosiy hamkorlikka, tahdidlarning oldini olish va xavfsizlikni mustahkamlash yo`lidagi hamkorlikka da`vat etmoqda. Mana shu o`zgarmas so`z va ovoz, o`zgarmas da`vat - O`zbekistonning yorug` yuzidir...
Shanxay hamkorlik tashkilotining ta`sis etilishida, "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotining tuzilishida O`zbekistonning o`z so`zi muhim o`rin tutgan.

"Shanxay beshligi"ga kuzatuvchi sifatida qo`shilgan O`zbekiston bu "beshlik" negizida ulkan salohiyatga ega tashkilot tuzish tashabbusini ilgari surdi va shu shart bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo bo`lib qo`shildi.


"Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti ham O`zbekiston tashabbusining mevasidir. Mintaqa davlatlarining xalq xo`jaligi bir-biriga bog`liq ekanligini inobatga olsak, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo`lidagi hamkorlik ana shu tashkilotning vosita va mexanizmlari yordamida rivoj topishi eng maqbul yo`l ekani ayon bo`ladi.
...Diplomatlar bilan suhbatlardan birida bunday mazmundagi gap bo`lgan edi: Turli nufuzli tashkilotlarning forumlarida, sammitlarda ishtirokchilar O`zbekiston tomonining fikri qanday bo`larkin, degan mushohada bilan o`tiradi. Chunki O`zbekiston hech qachon "navbatchi tashabbus", "navbatchi taklif"ni ilgari surmagan, O`zbekiston rahbari esa soxta obro` ishqibozi emas. Shu bois ham biror masala yuzasidan O`zbekiston tomoni bildirgan fikr muqarrar inobatga olinadi.
O`zbekiston Prezidentining xorijiy safarlarini yoritishda qatnashgan jurnalist sifatida shaxsiy kuzatuvlarimdan misol keltirishning ayni chog`i: tasavvur qiling, nufuzli tashkilotning sammitlaridan biri. Prezidentlar birma-bir so`zga chiqyapti. Majlis zalini monitor orqali kuzatib o`tirgan jurnalistlar o`z mamlakati prezidentining, ayrim "katta davlatlar" rahbarlarining nutqini eshityaptiyu gal "navbatdagilar"ga kelganda hech bir istiholasiz chekib kelgani chiqib ketishyapti.
So`z O`zbekiston rahbariga beriladi.
Prezident Islom Karimov so`zga chiqadi. Ana shunda qiziq voqea sodir bo`ladi. Turli mamlakatdan kelgan jurnalistlar yaxshiroq eshitish, diktofonga tiniqroq yozib olish uchun monitor oldiga uyulib olishadi.
Bu ko`p bor kuzatilgan oddiy haqiqat, odatiy manzara.
Demak, har sohada, har qanday masalada O`zbekistonning o`z aytar so`zi bor. Bu so`zning nechog`li zalvorli ekanini o`n to`rt yillik tariximiz isbotlab turibdi.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling