Oʻzbekistonning oʻziga xos istiqlol va taraqqiyot yoʻLI. Rеjа


Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo‘lining oq va beg‘ubor bo‘lishi uchun yaxshi niyat ifodasi. Qizil chiziqlar


Download 36.07 Kb.
bet2/3
Sana10.01.2023
Hajmi36.07 Kb.
#1087354
1   2   3
Bog'liq
05.OʻZBEKISTONNING OʻZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YOʻLI.

Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo‘lining oq va beg‘ubor bo‘lishi uchun yaxshi niyat ifodasi.
Qizil chiziqlar – bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi.
Yashil rang – O‘zbekistonning saxovatli va tabarruk tuprog‘i, go‘zal tabiati timsoli.
Yarim oy – o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analariga mos keladi. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.
12 ta yulduz tasviri – qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli.
Xullas mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega.
Gerb markazidagi humo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzi.
Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respub­lika­mizning sobit va barqarorligi timsoli sifatida tasvirlangan.
Quyosh – davlatimizning yo‘li hamisha nurafshon bo‘lishi bildirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O‘zbekistonning noyob iqlimga ega mamlakat, serquyosh o‘lka ekanligini bildiradi.
Boshoq – rizq-ro‘zimiz timsoli, to‘kin-sochinlik ifodasi.
Oppoq paxta – O‘zbekiston dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi.
Bug‘doy va paxta chanoqlarini Davlat bayrog‘i lenta bo‘lib o‘raganligi O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar do‘stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi.
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, humo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan quyidagi madhiya varianti tasdiqlandi:
Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon.
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Xalq sevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
N a q o r a t:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
O‘zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgan kundanoq dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo‘yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o‘rnatish uchun harakat boshladi. 1991-yilning 30-sentabrida respublika Oliy Kengashi Latviya, Litva va Estoniya respublikalari mustaqilligini e’tirof etish to‘g‘risida qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun xalqini Latviya to‘la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro ko‘lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada, jumladan, shunday so‘zlar bitilgan edi:
«Latviya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy do‘stlik ruhida bo‘lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suverenitetini tan olish prinsiplariga asoslanadi. Mustaqil O‘zbekiston bundan buyon teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida har tomonlama iqtisodiy va madaniy aloqalarni sifat jihatidan yangi darajada davom ettirish niyatida.
Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz».
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan davrdan boshlab O‘zbekiston tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
O‘zbekiston o‘z suverenitetini qo‘lga kiritgandan so‘ng bu haqda respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar turlicha qarashlarni ilgari surdilar. Jumladan: «O‘zbekiston osongina, kurashsiz mustaqil bo‘lib oldi», – degan fikrlar paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, 1991-yilning o‘rtalariga kelib sobiq SSSRning yemirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo‘ldan chiqarib yuborganligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo‘ldi. Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o‘ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to‘g‘ri belgilash va qat’iy harakat boshlashdan iborat.
O‘zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik bu in’om emas, balki butun xalqning, million­larning uzoq yillik intilishi tufayli qo‘lga kiritilgan tarixiy kurashning natijasi – buyuk g‘alaba. Zotan, O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo‘lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega voqea hisoblanadi. Chunonchi:

Download 36.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling