2001– yil 6–7– iyun kunlari Yalta shahrida bo’lib o’tgan GUUAM mamlakatlari davlat rahbarlarining sammitida GUUAM Xartiyasi imzolandi, natijada u xalqaro tashkilot maqomini oldi. Mazkur sammitda favqulodda vaziyatlarda a'zo davlatlar konsullik muassasalarining GUUAM mamlakatlari fuqarolariga yordam ko’rsatishi to’g’risida Konvensiya qabul qilindi. GUUAM mamlakatlari 1993–yilda Bryuselda asos solingan Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yo’lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda GUUAM mamlakatlari 1993–yilda Bryuselda asos solingan Yevropa–Kavkaz–Osiyo transport yo’lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda 1998–yil 8–sentabrda Bokuda bo’lgan TRASEKA loyihasini hayotga tadbiq etish bo’yicha xalqaro konferensiyada TRASEKA hukumatlararo komissiyasi tuzilgan edi. Mazkur komissiyaning ikkinchi anjumani 2002–yil aprel oyida Toshkentda bo’lib o’tdi. Unda xalqaro komissiya ishiga bir yil davomida O’zbekiston tomoni rahbarlik qilishiga kelishildi. O’zbekiston Yevropa va Osiyoni bog’lovchi ko’prik vazifasini o’taydi, albatta. Ayni paytda TRASEKA loyihasining ro’yobga chiqishidan O’zbekiston ham katta manfaat ko’radi. Chunki TRASEKA hozirda mavjud bo’lgan shimoliy yo’ldan 2 ming kilometr qisqadir. Bu yo’ldan faqat paxta tashishga ketadigan xarajatning o’zidan 12 mln. dollari tejab qolinadi. O’zbekiston o’z paxtasini Qozog’iston va Rossiya orqali Ukraina bandargohlariga yetkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag’ sarflaydi, TRASEKA orqali tashilganda esa ushbu ko’rsatkich 55 dollarga tushadi. 1996–yilda ishga tushirilgan Tajan–Seraxs–Mashxad temiryo’li, O’zbekiston hududida 2001–yilda qurilgan Angren–Qo’qon o’rtasida Rezak va Qamchiq dovonlarini kesib o’tadigan avtomobil yo’lining qurilishi TRASEKAni barpo etish yo’lidagi dastlabki qadamlardir. E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |