1996– yilda Shanxayda, 1997– yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa “Shanxay forumi” yoki “Shanxay beshligi” tashkiloti tuzilgan edi. 2001– yil 14–15– iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning “Shanxay forumi”ga to’la huquqli a'zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |