O’zbekiston BMT ning 50 yilligiga bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995– yil oktabr–noyabr oylarida bo’lgan 50– yubiley sessiyasida qatnashib va nutq so’zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta'minlash yo’li bilangina jahon xavfsizligini ta'minlash mumkinligi alohida ta'kidlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |