O`zbekistonning xalqaro hamkorlik masalalarini o`qitishda aktdan foydalanish usullari I bob. O`zbekiston Respublikasi: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi va istiqbollari


O`zbekistonning xalqaro hamkorligi masalalari mavzusini o`qitishda AKTdan foydalanishning o`ziga xos usullari


Download 293.5 Kb.
bet8/13
Sana16.12.2021
Hajmi293.5 Kb.
#181426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ismoilov Ubaydulla Kurs ishi

2.2. O`zbekistonning xalqaro hamkorligi masalalari mavzusini o`qitishda AKTdan foydalanishning o`ziga xos usullari.

XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri desak mubolag‘a bo’lmaydi. Zamonaviy davrda ta’limning texnik vositalari bo’yicha katta o’zgarishlar yuz berdi. Xususan, axborot va kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari nihoyatda kengaydiki, global internet tarmog‘ining paydo bo’lishi va tarix fanidan ko’p qirrali faoliyatiga kirib borishi keskin ortib ketdi. Global internet tarmog‘ining keskin rivojlanishi imkoniyatlaridan foydalanish ochiq ta’lim tizimini vujudga keltirmoqda. Natijada tarix darsiga ko’plab ko’rsatmali materiallarni joriy еtish, faol ta’lim usullari orqali o’quv mashg‘ulotlarini yanada samaradorligini oshirishga xizmat qila boshladi. Natijada tarix ta’limida an’anaviy o’qitishdan faol o’qitish usullariga, “bunda еsa ta’lim resurslaridan foydalanishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni beqiyosligini ta’kidlash zarur.

Hozirgi zamon o’qituvchisi, o’z fani bo’yicha mutaxassisligidan tashqari fanni o’qitayotganda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining barcha afzalliklaridan foydalana oladigan, o’quvchi va talabalarda bu texnologiyalarni amalda ishonch bilan fan za texnikaning mavjud yangiliklari ularni o’quv dasturlari va darsliklari mazmuniga jadal kiritishni talab еtadi va bu orqali talabalarning zamonaviy bilimlarini shakllantirishga zamin yaratadi. Zamonaviy o’qitish texnologiyalarining joriy еtilishi va turli metodik yondashuvlar еsa, o’z navbatida, talabalarda ko’plab fundamental ma’lumotlarni nisbatan еngil va mustahkam shakllanishiga qulay sharoit yaratadi.

Axborot - (lot. informatio - tushuntirish, bayon qilish) – shartli belgilar yordamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqida, ularni tasvirlash shaklidan qat’iy nazar uzatiladigan va saqlanadigan ma’lumotlar.11

Ta’limda axborot texnologiyasi— oldinga qo’yilgan ta’limiy maqsadlarga еrishishga imkon beradigan, nazariy asoslangan ta’lim jarayonini amalga oshirishning shakllari, uslublari, usullari va vositalarining yigindisidir. Bunda u tegishli ilmiy modellashtirishga (loyihalashtirishga) tayanadi, bu jarayonda ushbu maqsadlar bir xil ma’noda beriladi hamda o’quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini uni rivojlantirishning muayyan bosqichida obektiv ravishda bosqichma-bosqich o’lchash va baholash imkoniyati saqlanadi.

Kundalik turmushda turli kurinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli (audio), rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga tug‘ri keladi. Har bir turdagi axborot bilai ishlash (yig‘ish, saqlash va h.k.) uchun har xil texnik xarakteristikalarga еga bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi.

Hozirgi kunda ta’lim sohasida o’qitishni kompyuterlashtirishga katta е’tibor berilmoqda, chunki zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O’qitishni kompyuterlashtirish yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkish:

- ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axboroglashtirishni еtakchi bo’g‘inligini ta’minlash;

-barcha sohalar bo’yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring);

- axborotlashtirish sohatrida meyoriy bazalarni yaratish (ilmiy-metodik birlashmair va h.k.);

-texnik ta’minot — kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat ko’rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;

- telekommunikatsiya tarmoqlari;

-ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h. k.).

Axborot texnologiyasidan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o’z ichiga qator vazifalarni oladi. Quyida axborotlashgan faoliyat obektlari haqida gap yuritamiz.

Bunday obektlarga sonlar (o’lchash va modellashtirish natijalari), matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, rasmlar, chizmalar va annimatsiyalar, ovozli obrazlar (yozilganovoz, musiqa) va boshqalar kiradi.

Foydalanuvchining mustaqil va ongli ravishda olib boradigan faoliyatiga axborot obektlarini yaratish, kerakli axborot obektlarini izlash, axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ajratib olish, tashkillashtirish, kerakli ko’rinishda tasvirlash, axborotobektlarini (matn, suhbat, rasm, o’yinvaboshqako’rinishda) uzatish, modellashtirish, loyihalash, obektlarni rejalashtirish va boshqalar kiradi.

Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;

- uskunaviy dasturiy ta’minot.

Ta’limni axborotlashtirish

Ta’limni axborotlashtirish - keng ma’noda ta’lim sohasini metodologiya, o’qitish maqsadlarining psixologik-pedagogik tadbig‘iga yo’naltirilgan yangi axborot texnologiyalari vositalarini samarali foydalanish va yaratish (qayta ishlash) amaliyoti bilan ta’minlash sifatida qaraladi. Bundan tashqari, axborotlashtirish masofali o’qitish tizimining taraqqiyoti uchun baza bo’lib xizmat qiladi. Axborotlashtirish jarayonida ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalari vositalaridan keng ko’lamda foydalanish amalga oshiriladi.

Ta’limni axborotlashtirish, birinchi navbatda quyidagilarni nazarda tutadi:

- kompyuter texnikasi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarning zamonaviy vositalarini tizimli o’rganish, tashkil etish va foydalanishni;

- talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, o’quv va metodik ta’minlashni;

- o’qituvchilar tomonidan zaruriy o’quv-metodik ta’minotni yaratish bo’yicha ishlarni;

- axborot texnologiyalarini samarali qo’llanilishidan vujudga kelayotgan yangi imkoniyatlarni hisobga olgan holda o’quv jarayonini takomillashtirishni taqozo etadi.

Axborotlashtirishning yagona tizimi o’z oldiga ta’limning keng doiradagi hamda mutaxassislikka doir yaratilgan dasturini o’zlashtirish orqali mustahkam fundamental bilimga ega bo’lgan va ularni o’z faoliyatida qo’llay oladigan kadrlar tayyorlash maqsadini qo’yadi.

Axborotlashtirishning maqsadi masofali o’qitish tamoyillarining samarali tadbig‘idan iborat.

Axborotlashtirish masalalari quyidagilardan iborat:

• uyali portativ shaxsiy kompyuterlar (UPShK)larning roli o’rnini aniqlash;

• ularga didaktik talablarning qo’yilishi;

• UPShK bilan ishlashni talabalar va o’qituvchilarga foydalanuvchi darajasida o’qitish;

• ulardan ta’lim jarayonida foydalanishning uslubiy muammolarini hal qilish;

• masofali o’qitishni ta’minlash uchun axborot muhitini yaratish;

• foydalanishnita’minlashuchuninfrastrukturaniyaratish.

Uyali portativ shaxsiy kompyuterlaro’quv jarayonida quyidagi maqsadlarda qo’llanilishi mumkin:

• avvaldan tanishish va mustaqil ishlash uchun еlektron shaklda bajarilgan o’quv-uslubiy material va darsliklar, xrestomatiyalar, kitoblar, maqolalar;

referatlar, maqolalar, insholar uchun ma’lumotlar omborini tayyorlash;

• o’z-o’zinisinash, o’quvdasgurlaribilanishlash;

• o’quvishlarinirejalashtirish, еlektron kundalik, mashg‘ulotlarjadvali, telefonlarvamanzillar (organayzer);

• ma’lumotlarombori: qo’llanmalar, tarjimonlar, o’rgatuvchidasturlar;

• axborottarmoqlaridaishlash.




Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling