«O’zbekistonning yangi tarixi» 1 Osiyo Xalqaro Universiteti Reja


Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat


Download 11.29 Kb.
bet2/3
Sana04.11.2023
Hajmi11.29 Kb.
#1747757
1   2   3
Bog'liq
Qobilova Charos

Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Shirkat a'zolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish;
Shirkatning ish faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishining shart ekanligi;
Ichki xo'jalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yo'li bilan, tenglik tamoyiliga amal qilib, oila pudrati asosida tashqil etish;
Shirkat a'zolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga chek
usulida haq to'lashni tashqil etish;
Yakuniy daromadni shirkat a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash; Yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza qilinishi va
tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash;
Shirkatning bir a'zosi bir ovozga ega;
Shirkat xo'jaligining ish faoliyati ustidan shirkat a'zolari tomonidan shirkat nizomida nazarda
tutilgan tartibda nazorat qilish.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvi dlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.
Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz.
Yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay 2008 yilda iqtisodiyotning nafaqat
barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib bordi.
2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda iqtisodiyotga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berildi. Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutildi. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi

Download 11.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling