О‘zbekistonresp


Avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaruvchi omillar


Download 302.93 Kb.
bet9/10
Sana06.02.2023
Hajmi302.93 Kb.
#1171975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3.3 Avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaruvchi omillar

Avariya va falokatlar turli xii sharoitlarda, masalan, temilyo’l avtomobil, suv yo’li aviatsiya transportiarida sodir bo’lishi rnumkin.


a) Temiryo’l transportida avariya va fojia bo’lishining asosiy sababi, yo’llarning to’g’ri bo’lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kam-chilikka ega bo’lishi, ya’ni boshqarishda texnik nosozliklaming rnav-judligi (signal bo’lrnasligi va
b.) yurish qoidalarini buzilishiva boshqa sabablardir.
Avtomobil transportida bo’ladigan avariyalar ham katta foji-ali hodisalami keltirib chiqaradi.Bunday ofatlar yuz berishining bir qan-cha sabablari bor.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va iqtisodiyot ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boyicha harakat qilish rejasining asosiy maqsadi, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda FVDT va Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini harakatga tayyorlash, favqulodda vaziyatlar salbiy oqibatlarini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, moddiy talofatlarni oldini olish va kamaytirishdan iborat.
Harakat qilish rejasi xarita, asosiy matn qismi va ilovalardan tashkil topgan. Harakat qilish rejasi asosiy matn qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
birinchi bo’limda, viloyat, shahar va tuman hududida yirik avriyalar, talofatlar va tabiiy ofatlar yuz berganda ehtimoli bo’lgan vaziyatning qisqacha bahosi. Jumladan, shahar va tuman joylashuvi, tashkil topgan yili, viloyat markazidan uzoqligi, rel’efi, maydoni, aholi soni, mavjud ijtimoiy muassasalar soni, hududda radiatsiyaviy, kimyoviy va portlash xavfi mavjud ob’ektlar royxati, chegaradosh tuman yoki shaharlar, hududda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar. Shuningdek, aeroportlar, temir yo’llar va avtotransport magistral yo’llar mavjudligi hamda hududning viloyat markazidan uzoqligi va hududga chegaradosh hududlar hamda ulardagi kuch vositalar va boshqa manblar o’rin oladi.
ikkinchi bo’limda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlari deb nomlanadi. Ushbu bo’limda “Kundalik faoliyat” rejimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab beriladi. Jumladan, Fuqaro muhofazasi boshlig’ining normativ hujjatlarini ishlab chiqish, aholi va hududlarni texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini tashkil qilish,
fuqaro muhofazasi sohasida rejalar ishlab chiqish, favqulodda vaziyatlarning olidini olish va bartaraf etish boyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, xavfli hududlarda yashovchi aholini ko’chirish, favqulodda vaziyatlarning bartaraf moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratish va boshqa tadbirlarni ishlab chiqish uni amalga oshirish boyicha vazifalar kiritiladi.
uchinchi bo’limda, tabiiy ofatlar, yirik ishlab chiarish avariyalari
va halokatlar sodir bo’lish xavfi tug’ilganda hamda sodir bo’lganda fuqaro
muhofazasi tadbirlarini bajarish boyicha rejalarni o’z ichiga oladi. Ushbu bo’limda “Yuqori tayyorgarlik” va “Favqulodda vaziyat” rejimida aholini muhofaza qilish tadbirlari va FVDTning vazifalarini ifoda etadi.
“Yuqori tayyorgarlik” rejimida tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda amalga oshiriladigan ishlar belgilangan. Jumladan, shahar va tuman hokimiyat organlari rahbarlari-Fuqaro muhofazasi boshlig’ining qarori bilan FVDT quyi tizimi yoki alohida bo’g’inlari uchun “Yuqori tayyorgarlik” rejimini o’rnatish, tegishli xizmatlarda navbatchi-dispetchirlik kuchaytirish, xavfli ob’ektlar va ularga tutash hududlarda vaziyatni kuzatish, nazoratni kuchaytirish boyicha topshiriqlar berish, kuch va vositalarni shay holatga keltirish, favqulodda vaziyat roy berishi mumkin bo’lgan hududlarga yaqinlashtirish hamda boshqa zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish.
“Favqulodda vaziyat” rejimida favqulodda vaziyatyuzaga kelganligi haqida ma’lumotni FVDT quyi tizimi boshqaruv organlari xabar berish tartibi, favqulodda vaziyatlarning barataraf etish shtabi zudlik bilan tashkil etish tartibi, “Favqulodda vaziyat” rejimiga o’tkazish tartibi va boshqa zaruriy tadbirlar jamlanadi.
Harakat qilish rejasiga quyidagilar ilova qilinadi.
1-ilovada, hududda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyat xaritasi;
2-ilovada, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda asosiy tadbirlar kalendar rejasi;

3-ilovada, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish komissiya qarori;
4-ilovada, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda tadbirlarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar hisobi;
5-ilovada, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda ogohlantirish, FVDT xabar berish va aloqani tashkil qilish chizmasi;

6-ilovada, muhofaza inshootlariga mas’ul shaxslar xabar yuerish va boshqa rejalar ilova qilinadi.
Harakat qilish rejasi 5 yildan ortiq bo’lmagan muddatda yuritiladi va yiliga bir marta tegishli qismiga aniqlik kiritiladi hamda 5 yildan so’ng qaytadan ishlab chiqiladi. Aniqlik kiritilgan vaqti doim qayd etib boriladi.
Ushbu hujjatni saqlash va foydalanish belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.

XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib, FVDT faoliyatini samarali muvofiqlashtirish uchun tahlil va takliflar asosida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda muvaffaqqiyatli ta’minlashga erishiladi.


Mahalliy sharoitlarga, favqulodda vaziyatlarning xususiyatiga va viloyatlar (shaharlar va tumanlar)ning rahbarlari - Fuqaro muhofazasi boshlig’i o’z vakolatlari doirasida FVDTning hududiy xizmatlarini tashkil etish vazifasidan biri bo’lib, jamiyatimizni tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ hujjatlarida belgilab berilmoqda.
Bu esa o’z navbatida fuqaro muhofazasi sohasidagi ishlarni rivojlanishiga hissa qo’shmoqda.
Olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagicha xulosa qilish mumkin: aniqlangan xususiyatlardagi og’ishlar salbiy oqibatlarga olib keladi, shuning uchun sabablarga ta’sir qiluvchi sifat ko’rsatkichlarining mavjud va talab qilinadigan qiymatlari o’rtasidagi nomuvofiqlarni bartaraf etish kerak xususan; mansabdor shaxslarning muntazam ishi, qabul qilingan qarorlarning asosliligi muammolari, avtomatlashtirish va dasturlash asoslarini biladigan mansabdor shaxslarning yetishmasligi.
Favqulotda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi mansabdor shaxslari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli mezoni funksiyasi “Vaqt” va “Mahsuldorlik” xususiyatlariga mos keladigan ko’rsatkichlarni o’zgartirishni nazarda tutadi. Samaradorlikni oshirishga “ishlab chiqilgan hujjatlar soni” (bajarish vaqti kamaygan holda) va “ vazifalarni bajarish vaqti” (qaror sifatini oshirish bilan) ko’rsatkichini kamaytirish orqali erishiladi.
Respublikamizda yuz berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va boshqa turdagi oqibatlari noxush voqealarni kamaytirish va oldini olish uchun, quyidagi tadbirlarni doimiy ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-ishchi-xodimlarni huquqiy savodxonligi maqsadli tayyorlangan bukletlar tarqatish evaziga oshirib borish;
-ish beruvchilarga mehnatni muhofaza qilish qonunchilik asosida talab etiladigan hujjatlardan namunalar va ularni to’ldirish bo’yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va tarqatish;
-ishlab chiqarish korxonalarida kamida har olti oyda bir marotaba mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash borasida jamoaviy seminar va treninglarni tashkil etib borish;
-korxonalarda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi burchaklarini tashkil etib, unda Respublikamizda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar haqida ma’lumotlar yoritib borish lozim.


Download 302.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling