O`zbekistonrespublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 0.55 Mb.
|
11-guruh Nasiba Tosheva kurs ishi 111 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Defektologiya (lotopediya)
O`ZBEKISTONRESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Himoyaga ruxsat etaman” O‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori N.F. Abdunazarova ______________ “_____” ________2022 yil “Defektologiya (lotopediya) yo‘nalishi 11-guxuh tinglovchisi Tosheva Nasiba Chinpo'latovna “Sigmatizm –turlari va bartatraf etish metodikasi” mavzusida KURSNI TUGATISH ISHI Ilmiy rahbar: : Fattaxova Aziza Normurohovna Toshkent – 2023yil MUNDARIJA
II.BOB. Sigmatizm nutq buzilishi va bartatraf etish metodikasi 2.1 Sirg`aluvchi tovushlarni nutqqa qo`yish va mustahkamlash 2.1 SHovqinli tovushlarni nutqqa qo`yish va mustahkamlashXulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KIRISh Respublikamiz iqtisodiyoti va munosabatlarda bo‘layotgan o‘zgarish hamda islohotlar uzluksiz ta’lim tizimi oldiga bir qator muhim va holzarb vazifalarni qo‘ydi. Ularni hal etish shu sohaga bevosita aloqahor bo‘lgan har bir xodimdan kadrlar tayyorlashdek sharafli mas’uliyatni chuqur his qilib, ishga oqilona, tadbirkorlik bilan ilmiy yondashishni, bu bilan birga ta’lim shakli va mazmunini tubdan o‘zgartirish, ta’lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy va moddiy texnik ta’minotni yaxshilash, o‘qituvchilarning ushbu talablariga javob beradigan yangi avlodni shakllantirishni, boshqarish tizimini yangicha tashkil etishni talab etmoqda. Bu narsa inson shaxsiga nisbatan e’tibor ham, talab ham kuchayganligini ko‘rsatadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda uning uzviy davomi bo‘lmish maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi yurtimiz ta’lim sohasini modernizatsiyalash, o‘qituvchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, o‘qitishning yangicha usullarini faoliyat jarayoniga keng tadbiq etish borasidagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi. Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Kishilarni mukammal, yetuk inson bo‘lib shakllanishida aqliy qobilyat va nutqiy malakalar katta o‘rin tutadi. Bola nutqining shakllanishi uni atrof-muhit bilan yaqinroq tanishishga asos bo‘ladi. Tor ma’noda nutq – til normalarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatishni, gap tuzish qonunularini yaxshi bilmoq, shuningdek tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o‘qish madaniyatini egallash demakdir. Nutq madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashalagan bo‘ldai. Insoniyat umummadaniyatning katta tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi. Madaniyat nutqining fazilatlari deyilganda, uning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, ifodaviyligi, boyligi, sofligi kabilar tushuniladi. Ma’lumki bola nutqni ijtimoiy va biologik omillar asosida egallaydi, ana shu omillar birining buzilishi yoki yetishmay qolishi nutq buzilishiga olib keladi. U yoki bu daradajada nutqi buzilgan bola tevarak – atrofdagilarning sust, korreksion pedatogik ta’sirisiz bolalar nutqining har taraflama ruhan, jismonan rivojlanishini ta’minlash, maktabga tayyorlash mumkin emas. Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalarda maktabda ta’lim olishga, savod o‘rganishga zarur bo‘lgan nutqiy ko‘nikma va malakalar yetarli shakllanmagan bo‘ladi. Bu esa maktabda ta’lim olish, savod o‘rganish jarayonida bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu borada O‘zbeqistonda L.R.Mo‘minova, M.Yu.Ayupova (1992 yil) va boshqalarning olib borgan ishlari alohida e’tiborga loyiqdir. Bu ishlarning barchasida nutq buzilishlarining kelib chiqish sabablari, omillari, hamda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf eitshga ta’rif berilgandir. Biz esa – Sigmatizm –turlari va bartatraf etish metodikasi mavzusi bo‘yicha maxsus tadqiqot o‘tkazishni maqsadaga muvofiq deb bildik Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling