O`zbekistonrespublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


I.BOB Dislaliya nima ,nutq kamchiliklari va ularning turlari


Download 0.55 Mb.
bet3/17
Sana27.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1132472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
11-guruh Nasiba Tosheva kurs ishi 111 (2)

I.BOB Dislaliya nima ,nutq kamchiliklari va ularning turlari
1.1 Dislaliya turlari, kelib chiqish sabablari
Jamiyatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berayotgan bir vaqtda Vatan ravnaqini ko‘zlash maqsadida asosiy e’tibor yoshlarning aqliy, ahloqiy, jismoniy barkamolligiga demak, har tomonlama yetuk, sog‘lom avlodni o‘stirishga qaratilyapti. Birinchi Yurtboshimiz aytganlaridek, “Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilishi bizning milliy xususiyatimizdir. Farzandlari sog‘lom yurt, qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi”. Sog‘lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda ma’suliyatli vazifa, shu bilan birga insonparvar siyosat natijasidir.1 Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ta’lim olish jarayonini isloh qilib borish, rivojlanish darajasidan qat’iy nazar har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir.Shu o‘rinda alohida qayd etish zarurki, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilyapti .Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Ya’ni zamon talabiga javob beradagan yuksak ma’naviyatli, bilimhon insonlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylanmoqda. Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotimizning ma’nosi qobil farzandlar o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko‘rish, ota-onasiga, Vataniga sahoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir.Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlod kelajagiga ham daxlhor qonun loyihalari mavjud.Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Ovoz va shovqinning ishtirok etish darajasiga ko’ra tildagi fonemalar ikkiga bo’linadi: unli fonemalar va undosh fonemalar.
Unli fonemalar un naychalarining tebranishi bilan paydo bo’ladi. Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda, o’pkadan chiqadigan havo okimi og’iz bo’shlig’ida biror to’siqqa duch kelmasdan chiqadi. Lekin og’iz bo’shlig’i tovushlarning aytilishida rezonatorlik vazifasini o’taydi. Unli tovushlarning xilma-xilligi va sifati og’iz bo’shlig’ining hajmi va undagi a’zolarining holatiga: tilning ko’tarilish darajasiga, lablarning ishtirokiga va holatiga bog’liqdir.
Undosh tovushlar unli tovushlardan quyidagicha farq qiladi: undoshlar og’iz bo’shlig’ida paydo bo’ladi va shovqindan iborat bo’ladi yoki ularda qisman shovqin qatnashadi; undoshlarning talaffuzida o’pkadan chiqadigan havo okimi bo’g’izdagi un paychalarini ba’zan titratib, ba’zan titratmay o’tadi; og’iz bo’shlig’idagi a’zolarining to’sig’iga duch keladi, buning natijasida havo okimi portlab yoki sirg’alib chiqadi; unhoshlarni, odatda, cho’zib talaffuz etib bo’lmaydi, unlilarni esa istagancha cho’zib aytish mumkin
Dislaliya termini grekcha so’ zdan olingan bo’ lib, dis , buzilish, lalia , nutq degan ma’ noni anglatadi.
Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko’ p tarqalgan kamchilikdir..
O’ zbekistonda M. Ayupova ma’ lumotiga ko’ ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi.
M. Ayupova ma’ lumoti bo’ yicha 5 yoshli bolalarda sirg’ aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar (sh, j) 38,4%, «r» tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g’ ) 7,1, «l» tovushi 5,4% tashkil etgan.
1. Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish normada bo’ lganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi.
Etiologik1 belgilarga ko’ ra dislaliya ikki shaklga bo’ linadi: mexanik (organik) va funksional dislaliya.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling