2.CHaqiq tosh (shag‘al) ning haqiqiy zichligi
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: sig‘imi 100 mm li piknometr, laboratoriyatarozisi, tortish uchun stakan /byuks/, cho‘yan yoki chinni havoncha, eksikator, quritish javoni, qumli yoki suvli hammom, № 1,25 mm li elak.
Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazishtartibi
CHaqiq tosh (shag‘al) ning fraksiyalari o‘lchamiga qarab namunalar tortib olinadi. Namunalar massasi kamida quyidagicha bo‘lishi kerak:
z-jadval
Namuna massasi
|
CHaqiq tosh (shag‘al) fraksiyasi o‘lchami
|
1,0 kg
|
5 -10 mm uchun ;
|
1,5 kg
|
10-20 mm uchun;
|
2,5 kg
|
20-40 mm uchun;
|
5,0 kg
|
40 - 70 (80) mm uchun.
|
Tortib olingan namuna laboratoriya tosh maydalash qurilmasida yirikligi 5 mm gacha maydalanadi va namuna kvortovanie2 usulida150 g gacha kamaytiriladi. Bu namuna yana yirikligi 1,25 mm dan oshmaydigan qilib yana maydalanadi va massasi 30 g ga qadar kamaytiriladi. SHu miqdordagi namuna chinni havonchada tuyib kukunga aylantiriladi va quritiladi. Quritilgan namunadan 10 g dan olib 2 ta piknometrga joylanadi va ustiga distillangan suv quyiladi.
Namuna solingan har bir piknometr tarozida tortiladi. Keyin ularga (hajmining 2/3 qismigacha distillangan suv qo‘yiladi va aralashtiriladi, keyin piknometrlar qumli yoki suvlivannaga qiya holda joylanadi. Qum zarralaridagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun piknometrdagi suv qaynatiladi.
Havo pufakchalari chiqib ketgach, piknometr latta bilan artiladi, uy haroratigacha sovitiladi. Piknometrga qo‘shimcha distillangan suv (bo‘ynidagi chiziqchaga etkazib) qo‘yiladi va tarozida tortiladi. Keyin piknometrdan suv va qum bo‘shatib olinib, piknometr yaxshilab chayiladi va bo‘ynidagi chiziqqacha etkazib distillangan suv quyiladi va yana tarozida tortiladi.
Haqiqiy zichlik quyidagi formula buyicha aniqlanadi:
, (g/sm3)
Bu erda: t —quritilgan kukunning massasi, g;
v — suvningzichligi, 1 g/sm3ga teng;
t1 — piknometrning distillangan suv bilan birgalik dagi massasi, g;
t2—distillangan suv va qum solingan piknometrning havo pufakchalari chiqarib yuborilgandan keyingi massasi, g.
Ikki marta o‘tkazilgan sinov natijalari orasidagi tofovut 0,02 g/sm3 dan oshmasa, haqiqiy zichlikni aniqlash nihoyasiga etkazilgan hisoblanadi. Oradagi bundan kata bo‘lsa, chaqiq tosh (shag‘al) ning haqiqiy zichligi takror aniqlanadi. Ikki marta o‘tkazilgan sinovlarning o‘rtacha arifmetik qiymati eng so‘nggi natija deb qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |