Chaqiqtosh (shag‘al)ning namligi, g‘ovakligi va suv shimuvchanligini aniqlash.
1.CHaqiq tosh (shag‘al) ning namligini aniqlash
CHaqiq tosh (shag‘al) ning namligi - nam holatdagi massasini quruq holatdagi massasi bilan solishtirish yo‘li orqali aniqlanadi.
Kerakli o‘lchov vositalari va qo‘shimcha jihozlar: laboratoriya tarozisi, quritish javoni
Sinovga tayyorgarlik va uni o‘tkazish tartibi
CHaqiq tosh (shag‘al) ning namligini aniqlash fraksiyalari o‘lchamiga qarab namunalar tortib olinadi. Namunalar massasi kamida quyidagicha bo‘lishi kerak:
1,0 kg — CHaqiq tosh (shag‘al) fraksiyasi o‘lchami 5 -10 mm uchun ;
1,5 kg — shunday 10-20 mm uchun;
2,5 kg— » 20-40 mm uchun;
5,0 kg — » 40 - 70 (80) mm uchun.
2. CHaqiq tosh (shag‘al) namunasi idishda tortib olinib, doimiy massasigacha quritiladi va yana massasi tortiladi.
3. CHaqiq tosh (shag‘al) ning namligi massasi bo‘yicha quyidagi formula orqali aniqlanadi:
,
Buerda: ms — namunaning nam holatdagi massasi, g;
t —namunaning quruq holatdagi massasi, g.
CHaqiq tosh (shag‘al) ning g‘ovakligini aniqlash
Materialning g‘ovakligi uning hajmini bo‘shliklar, g‘ovakliklar bilan to‘ldirib turish darajasi bilan xarakterlanadi.
CHaqiq tosh (shag‘al)ning g‘ovakligi aniqlangan o‘rtacha va to‘kma zichliklari bo‘yicha hisoblab topiladi.
CHaqiq tosh (shag‘al)ning yoki tog‘ jinslarining g‘ovakligi Vg‘ov hajm bo‘yicha quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
,
Bu erda: sr — chaqiq tosh (shag‘al)ning yoki tog‘ jinslarining o‘rtacha zichligi, g/sm3;
— chaqiq tosh (shag‘al)ning yoki tog‘ jinslarining haqiqiy zichligi, g/sm3..
Do'stlaringiz bilan baham: |