KIRISH Har bir qurilish va yo‘l materiali o‘ziga xos fizikaviy, mexanikaviy va ximiyaviy xossalarga ega. Materiallarning bu xossalari turg‘un bo‘lmay, u fizikaviy, mexanikaviy va ximiyaviy protsesslar ta’sirida o‘zgarib turadi. Qurilish va yo‘l qurilish materiallarining xossalari maxsus laboratoriyalarda va dala sharoitida sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Daladagi sinash ishlari odatda, tabiiy materiallarni qazib olayotgan karerning o‘zida , qurilish va yo‘l qurilish ob’ekktlarida yoki material tayyorlanadigan maydonlar va ABZlarda o‘tkaziladi. Bunda materialning faqat tashqi ko‘rinishiga oid xossalarinigina aniqlash mumkin. Materiallarni sinash ishlari maxsus asbob-uskunalar va apparatlar bilan jihozlangan laboratoriyada (xonalarda) o‘tkaziladi. Materiallarning xossalarini sinash ishlari laboratoriyada ham, dala sharoitida ham GOST da ko‘rsatilgan usullar bo‘yicha o‘tkaziladi.
SINASH UCHUN NAMUNA OLISH
Laboratoriyaga sinash uchun keltirilgan material GOST talablariga va texnikaviy shartlarga to‘la javob berishini bilish uchun u sinab ko‘riladi. Buning uchun shu materialdan o‘rtacha namuna olinadi. O‘rtacha namuna miqdori GOST va TU da ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘rtacha namuna to‘g‘ri olinsa, qurilishga keltirilgan materiallar xossasi to‘g‘ri aniqlanadi. SHuning uchun o‘rtacha namunani bir to‘p materialning bir necha joyidan va uning har xil chuqurligidan olish tavsiya etiladi (1-rasm). Agar material qop, yashik yoki bochkalarda keltirilgan bo‘lsa, o‘rtacha namuna shularning har biridan yoki har 2 ta, 5 ta, 10 tasidan oz-oz miqdorda olinadi.
1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Chaqiqtosh (shag‘al)ning xaqiqiy va to‘kma zichliklarini aniqlash.
CHaqiqtosh (shag‘al)ning haqiqiy zichligini aniqlash
CHaqiq tosh – qattiq tog‘ jinsining yirik bo‘laklarini chaqib maydalash yo‘li bilan olinadigan materialdir. CHaqiq tosh maxsus elaklardan o‘tkazilib o‘lchami bo‘yicha ajratiladi.
SHag‘al – pishiq tog‘ jinslarining tabiiy ravishda emirilishi natijasida vujudga kelgan va donalari dumaloq materialdir.
CHaqiq tosh (shag‘al) ning fizik-mexanik xossalari Davlatlararo standart GOST 8269.0-97 bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |