O’zbeksiton Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 217.29 Kb. Pdf ko'rish
|
yopiq aylanuvchi suv sistemalari va suv tozalash inshoatlari. suv inshoatlari xolatini nazorat qilish usullari va moslamalari
6.Xulosa va takliflar Mustaqillik yillaridan boshlab xukumatimiz tomonidan suv va suvdan oqilona foydalanish, kanalizatsiya tizimini modernizatsiyalash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Suv manbalarini ifloslantirishdan va tugab qolishdan muhofaza qilishni taminlaydigan, suvdan qayta va aylanma foydsalanish tizimlarini tatbiq qilish tadbirlari ko`zda tutilmoqda. Ishlab chiqarishning o`sishiga qaramasdan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yangi texnologiyalar va toza suv sarfini kamaytirish hisobiga suv havzalariga tashlanayotgan ishlab chiqarish oqova suvlarini kamaytirishni ta`minlash zarur. Kam chiqindili texnologik jarayonlarni va sanoat korxonalarining oqimsiz tizimi kanalizatsiyasini ishlab chiqarish, hamda shahar oqova suvlarini tozalashning yangi tejamkor usullarini tozalash inshootlari uchun ko`p nusxadagi uskunalarni tayyorlash bo`yicha kompleks tadbirlarni tatbiq etish nazarda tutilgan. Qator ishlab chiqarish korxonalarida (kimyoviy, sellyuloza-qog`oz, neftkimyoviy va boshqa) oqova suvlarini chiqarmasdan suv xo`jalijining aylanma tizimini yaratish bo`yicha ishlar boshlangan. Chiqindi va oqova suvlarning miqdoqini qisqartirishga sabab bo`ladigan suvli texnologik jarayonlarni suvsizga almashtirish ishlarini keng ko`lamda kengaytirish ishlari ham ko`zda tutilmoqda. Shahar kanalizatsiya tozalash inshootlarida oqova suvlarini mukammal tozalash hisobiga bir qator sanoat korxonalarida uskunalari sovutish va shuning evaziga toza ichimlik va texnik suvlar iste`molini kamaytirish nazarda tutilgan. Ana shu maqsadda xukumatimizning bir qancha qaror va qonunlari qabul qilingan. Jumladan, 1993-yil 6-mayda “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi qonunining 73, 74, 75 va 79 moddalaridagi Suvlarni oqizish uchun suv ob`ektlaridan foydalanish va suvni muhofaza qilish choqa-tadbirlari. Fransiyaning Marsel shahrida 2012 yil 17 martdagi “Umumjaxon suv forum”lari talablaridan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy muhitga me`yoridan ortiqcha ifloslovchi moddalar chiqarganligi va chiqindilari joylashtirish uchun haq to`lashni kiritish to`g`risida” gi 1992-yil 29-iyundagi №303 qarori, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 iyundagi №303 qarori “O`zbekiston Respublikasi hududidagi suv ob`ektlarini ifloslantiruvchi moddalarni tashlanganligi uchun haq to`lashning vaqtinchalik me`yoriy normativlari to`g`risida”gi №2 ilovasi, O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi tarkibidagi Toshkent tekshirish institute tomonidan “Oqova suvlarini tozalashning texnik jixatdan erishilgan ko`rsatgichning hisobiga olib, suv ob`ektlari va joy rel`efiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarining ruxsat etilgan me`yorini hisoblash uchun” ishlab chiqarilgan metodik ko`rsatmalari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.05.2010 yilda “O`zbekiston Respublikasida 2020-yilgacha ichimlik suv ta`minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiyalash va kompleks rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqarish tadbirlarini tatbiq etish” to`g`risidagi №05/1-70-sonli Yo`riqnomalariga asosan,amaliy ishni bajardim. Download 217.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling