OQOVA SUVLARNI SUZIB YURUVCHI
MODDALARDAN TOZALASH
Sanoat va maishiy oqova suvlari eriydigan va erimaydigan
muallaq
moddalardan, qattiq va suyuq aralashmalardan iborat
boMib, ular suv bilan dispers sistema hosil qiladi. Dispers
sistemalarda zararli zarrachalaming o‘lchamiga qarab,
oqova
suvlar 3 guruhga boMinadi:
1)
dag‘al dispersli sistemalar — zarra 0,1 mkm (suspenziya
va emulsiyalar).
2)
kolloidli sistemalar — zarra 0,lmkm— lnm.
3)
haqiqiy eritmalar — zarra molekula yoki ion ko‘rinishida
boMadi.
Muallaq
zarralarni
oqova
suvlardan
ajratish
uchun
gidromexanik
jarayonlar (davriy va uzluksiz), suzgichdan o‘tkazish, tindirish
(gravitatsion va markazdan qochma), filtrlash jarayonlari
qoMlaniladi. Usullarni tanlash oqova suvdagi zarrachalaming
razmeri,
fizik-kimyoviy xususiyatlari, muallaq zarrachalaming
konsentratsiyasi, oqova suv sarfi va talab etilgan tozalash
darajasiga qarab tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: