O‘zbeksiton respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti magistratura bo`limi “TA`lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi”


Download 1.68 Mb.
bet7/15
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#207435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
kURS ISHI

Biosferadagi moddalar


Er yuzida tirik moddaning asosiy sayyoraviy funksiyasi fotosintez jarayonida quyosh energiyasini bog’lash va uni zaxiraga o’tkazishdir.Organizmlar tog’ jinslarining nurashida, tuproq hosil bo’lishida, rel’yef shakllarini o’zgarishida, qazilma boyliklarning paydo bo’lishida va atmosferaning hozirgi tarkibini vujudga keltirishda katta rol o’ynaydi. To’xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi biosferaning o’ziga xos belgisidir. Atmosferada sarf bo’ladigan kislorod o’rnini fotosintez va boshqa jarayonlar natijasida to’ldirib turiladi. O’simliklar karbonat angidridni yutib, organik mahsulot yaratadi. Biosferada suvning almashinuvida tirik moddalar katta rol o’ynaydi. Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to’xtovsiz aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta.

Biotik aylanishda million tonnalab fosfor va azot, katta miqdordagi kaliy, kal’siy, temir hamda juda ko’p miqdorda suv ishtirok etadi.

Suvning aylanishida bug’lanish, transpiratsiya jarayonlari muhim rol o’ynaydi. O’simliklarning yer ustki qismlari tomonidan suvning bug’lantirilishi ko’tarish kuchini hosil qiladi, tuproqdan eritmalarni oladi. Ular o’simlikni suv bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Suv tuproqdan bug’ holatida atmosferaga ko’tarilib, soviydi, keyin kondensatsiyalanib, yomg’ir holida u yana quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi.

Biosferada SO2 ham davriy aylanadi(19-rasm.). Atmosferada 0,03% SO2 bor. Fotosintez jarayonida o’simlik atmosferadan SO2 ni yutadi va organik modda hosil qiladi va oziq zanjirlari orqali hayvonlarga o’tadi. Uglerod o’simliklar va hayvonlarning nafas olishi va boshqa jarayonlarda ajralib chiqadi.

V.I.Vernadskiyning ko’rsatishicha, tirik organizmlar biosferada kimyoviy elementlar migratsiyasi (ko’chib yurishi)ning asosiy omillaridir. Bu migratsiyani ikkita qarama —qarshi, ammo, o’zaro bog’langan jarayon keltirib chiqaradi: 1) quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib

topishi; 2) organik moddalarning energiya ajralib chiqishi bilan birga davom etadigan yemirilishi. Bunday yemirilish jarayonida organik moddalar mineral moddalarga aylanadi.

Turli moddalarning migratsiya qobiliyati mutlaqo bir xil emas. Lekin davriy sistemadagi kimyoviy elementlarning ko’pchiligi biosferada faol ravishda migratsiyalanish qobiliyatiga ega. Bunday faol migrantlarni ikki gruppaga bo’lish mumkin:

Havo migrantlari — ular migratsiya jarayonida gazsimon fazani bosib o’tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod).

2. Suv migrantlari — oddiy yoki kompleks ionlar, yoxud molekulalar tarzida migratsiyalanuvchi elementlar. Bular jumlasiga Na, F, S, Cl, K kabi elementlar, kiradi.

Tabiatdagi organik moddalarning paydo bo’lishida havodagi migratsiyalanuvchi elementlar muhim ahamiyatga egadir, ular orasida SO2, O2, N2 98,3 foyizni tashkil qiladi.

Biosfera juda katta makonni egallagani tufayli va sayyoraning turli xil mineral qobiqlariga kirib borish imkoniyatlariga ega bo’lganligi uchun organizmlar tarqalgan muhit, ya’ni yashaydigan sharoitlar nihoyatda har xil bo’ladi.

SHunday qilib, biosfera yerda hayot vujudga kelgandan keyin va uning bir necha milliard yillar davomida rivojlanishi hamda evolyutsiyasi natijasida hosil bo’lgan juda murakkab va bir —biri bilan uzviy bog’liq strukturadan tashkil topgan sistema, yer kurrasining noyob qobig’idir. Global miqyosda biosferani ekosistemaga qiyoslasa bo’ladi. Bu ekosistemaning har bir struktura elementi biror sabab bilan o’z funksiyasini bajara olmay qolsa, u vaqtda biosferaning normal hayotiy jarayonlari buzilib, biogeokimyoviy muhitning buzilishiga, va hatto ba’zi bir biologik turlarning mutlaqo yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ladi.

SHuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida insonning ta’siri birinchi navbatda biosferaning mahsuldorligiga, uning energiya balansiga qaratilgandir.

Biosfera mahsuldorligining kamayishiga asosan quyidagilar sabab bo’ladi:

1) gidromelioratsiya ishlarini amalga oshirish; 2) oqova va sizot suvlari, shuningdek tuproqning turli mineral o’g’itlar, kimyoviy moddalar, har xil zaxarli moddalar bilan ifloslanishi; 3) sanoat chiqindilari bilan muhitning ifloslanishi.

Biosferada hayotning taqsimlanishi nihoyatda murakkab va xilma —xildir. Tabiiy ekosistemalar qanchalik rang-barang bo’lsa biosferaning barqarorligi yuqori bo’ladi va aksincha.

Biosfera uchun toza birlamchi mahsulotning mumkin bo’lgan sarflanish ulushi 1%dan katta emas. Bu «1% qoidasi» deb yuritiladi va undan chetlashish biosferadagi tabiiy energetik jarayonlarning buzilishi va chuqur ekologik inqirozga olib keladi.

V.I.Vernadskiy ta’limoti bo’yicha biosferada tirik modda yaxlitlik xususiyatiga egadir. Bu biosferaning yaxlitlilik prinsipi(tamoyili) deb yuritiladi. Ushbu prinsip tirik moddaning fizik-kimyoviy birligi qonunidan kelib chiqadi. Biogeokimyoviy farqlar bo’lishi mumkin.

Biosferadagi tirik moddaning miqdori o’zgarmas hisoblanadi. Atmosferadagi kislorod miqdori tirik moddaning miqdoriga teng keladi(1.5x1021g va 1020-1021g). Tirik moddaning miqdori «quyosh-Er» tizimidagi energetik bog’lanish bilan belgilanadi. Tirik organizmlar sekin-asta biosferani hozirgi chegaralarda egallagan va hayotning tarqalishi davom etayapti.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling