Oʻzbekstan respublikasi madaniyat va turizm vazirligi oʻzbekistan davlat konservatoriyasi nukus filiali “musiqa san’ati” fakulteti


Download 1.67 Mb.
bet3/6
Sana21.06.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1644621
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi R.N

1.2. Qoraqalopoq musiqa asboblari
Qoraqalpoq musiqiy asboblari yorqin o’ziga xosligi bilan ajralib turadi.Ularning orasida eng mashhuri bu dutor bo’lib, u ikki torli, chertib chalinadigan, yog’ochdan yasalgan, yupqa yog’och qopqoq bilan qoplangan noksimon korpusga ega, uncha uzun bo’lmagan grifli, 12 (13) uzaytirilgan ladali musiqy asbob hisoblanadi. Odatda u o’yma suyak va sadaf qadamalari bilan bezatiladi. O’zining ohangdor jarangi bilan ajralib turadigan dutor, uy cholg’u asbobi sifatida xalq orasida juda mashhur. Umuman olganda, dutor baxshi (lirik she’rlar qo’shiqchisi)ning tabiiy atributi hisoblanadi. Uch torli, kamoncha bilan chalinadigan, qovoq rezonatorli va teri qopqoqli musiqa asbobi-girjek dutorning hamrohi hisoblanadi.
Qoraqalpoq musiqiy madaniyatining ramzi: ikki torli, kamoncha yordamida chalinadigan,yog’ochdan yasalgan, ochiq rezonatorli musiqiy asbob qobiz hisoblanadi. Uning cho’michsifat korpusi teri qopqoq bilan yarim cho’zilgan. Musiqiy asbobning torlari ot yollari shodasidan tayyorlangan. Kobiz o’zidan jilosiz “kosmik” tovushlar chiqarib, jirau dostonchilarining bo’g’izda kuylanadigan qo’shiqlariga jo’r bo’ladi. U oʻzida ikki alohida qism (korpus va parda)dan iborat bo’lib, qadimgi dostonchilarning ko’chmanchi hayot tarzi bilan bog’liq safar xaltasiga osongina sig’adigan ixcham musiqiy asbob hisoblanadi.


Qoraqalpoqlarning puflab chalinadigan musiqiy asboblarining moziydan aks sado beradi. Ular ohangdosh, shu bilan birga ekzotik tovushlarni chiqaradi. Puflab chalinadigan musiqiy asboblar qatoriga qadimgi cho’ponlarning ixtirolari: yog’och nay- balaman, qamish fleyta- qamish nay, shuningdek, kalta qamishsurnay- duduklar kiradi. Ajoyib kichik jag’ arfasi (shin-gobiz), lab va og’izda chalinadigan musiqiy asbob bo’lib, u metal chiviq va po’lat tildan iborat. Qadimiy rivoyatlarga ko’ra, shin-gobizda musiqa chalayotgan shomonlar, musiqa tembri va tebranishlarini o’zgartirib, uchta dunyoga sayohat qilishgan.


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling