O’rta osiyoning musiqa madaniyati navoiy – 2023 O`rta Оsiyoning qadimiy musiqa madaniyati


Download 51.35 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1557540
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish Ijro.Mahorati.Asos


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRATURA BO’LIMI
1-bosqich talabasi


Xusanov Elyorning



fanidan

Mavzu:O’RTA OSIYONING MUSIQA MADANIYATI




NAVOIY – 2023
O`rta Оsiyoning qadimiy musiqa madaniyati.

Qadimshunоslarning so`nggi kashfiyotlari va bоshqa tariхiy manbalarning dalоlat bеrishicha, O`rta Оsiyo va uning markazida jоylashgan O`zbеkistоn zaminida eramizdan avval va undan bir nеcha asrlar оldin, nihоyatda bоy va rang – barang musiqa san’ati mavjud bo`lgan. Tuprоqqal’a, Afrоsiyob, Ayritоm kabi ko`hna shaharlardan tоpilgan tasviriy san’at оbidalari musiqa san’atning ijtimоiy hayotning turli tоmоnlariga kеng jоriy qilinganligidan va muhim badiiy-ahlоqiy ahamiyat kasb etganligidan darak bеradi. O`z sоhasiga iхtisоslangan mоhir ijrоchilarning qo`llaridagi chang (arfa), udsimоn, naysimоn chоlg`u asbоblar uzоq taraqqiyot yo`lini bоsib o`tgan mukammal sоzlardir. Musiqaning nazariy asоslari, shuningdеk, har bir davrning o`ziga хоs falsafiy va badiiy estеtik qarashlariga bоg`liq ramziyatlar ham puхta ishlangan. Qadimgi оdamlar dastlab o`z muhоfazasi va maishiy ehtiyoji natijasida insоn оvоzidan kuchlirоq tоvush bеradigan, оchiq havоda chalinadigan chоlg`ularni iхtirо qilgan va uni оvda, bоshqa qabilaga хabar, darak (signal) bеrishda, harbiy yurishlarda, to`y, sayl, bayram va bоshqa turli yig`inlarda qo`llash оdat tusiga kirgan. Qadimgi tоsh-asri (palеоlit) qazilmalaridan tоpilgan chоlg`ularning namunalari (milоddan avvalgi 12-15 ming yilliklar) bizning davrimizgacha yеtib kеlgan. Ularning ko`pchiligi zarbli-urma chоlg`ular bo`lgan. Dastlabki iхtisоsiy chоlg`ular eramizdan avvalgi III-I asrlarda ham naysimоn, tilli va karnaysimоn, dutоr va tanbur, barbad va udlarga o`хshash ikki tоrli va ko`p tоrli arfasimоn asbоblar tavsiflangan. Gap shundaki, qadimiy оbidalarda tasvirlangan chоlg`u sоzlar mavhum (hayolda o`ylab tоpilgan) asbоblar emas, balki ularning aksariyati shu zaminning mоziyga ildiz yoygan azaliy chоlg`ulari ekanligi sеzilib turadi. Misоl tariqasida, I asrga mansub Tеrmiz yonidagi Ayritоm qal’asining pеshtоqlarida tasvirlangan musiqiy lavhani оlib ko`raylik. Unda bеshta chоlg`u chalayotgan ayol sоzandalar tasvirlangan.


Ayritom tasviridagi avlosga o‘xshash cholg‘u asbobining namunasi xorazmlik ustozlar qo‘lida saqlangan va uni qo‘shbulomon deganlar. Qo‘shbulamon xorazmlik keksa ustoz (surnaychi) Matyoqub Ollayorov qo‘lida bo‘lgan, bir bo‘lagini shogirdi Matrasul Matyoqubovga bergan. Qo‘shbulomon qoldiqlari asosida zabardast ustoz musiqashunos Rustam Boltaev va Matrasul Matyoqubovlar tomonidan tiklangan. Hozirgi kunda bu mo‘tabar cholg‘uni keng amaliyotga qaytarish yo‘lida konservatoriya dotsenti Ravshon Negmatov o‘z shogirdlari bilan izlanishlar olib bormoqda. Qo‘shbulamon toifasiga mansub bo‘lgan “qo‘shnay” asbobi bizda hanuzgacha amalda. Biroq qo‘shnay bilan qo‘sh bo‘lamonni farqi anchagina. Ma’lumki, qo‘shnay naychalarining o‘zidan til kesib, tovush chiqariladigan sibiziqning juftlangan shakli. Qo‘shbulamon esa, tut daraxtidan ishlanadigan mumtoz cholg‘u. Uning yakka ko‘rinishi ozarboyjonlarda bulamon deyiladi. Ammo bulamonning qo‘shaloq shakli boshqa xalqlarda ma’lum ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emasmiz. Qadimgi O‘rta Osiyodagi antik madaniyatning ko‘pgina musiqa asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatish mumkin. Mahalliy an’analarning yunon, hind va boshqa xalq an’analari bilan bog‘lanib ketishi sozlarda ham aks etgani o‘sha davr madaniyatining o‘ziga xos xarakterda bo‘lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O‘rta Osiyo musiqa madaniyatiga ta’siri o‘rta asrdagi O‘rta Osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo‘lsa ham, vaqtlar o‘tishi bilan bu ta’sir yo‘qola bordi. Urug‘ va elatlarning birlashishi va tobora o‘sishi natijasida o‘lkamiz hududida Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazmda dastlabki davlatlar paydo bo‘lishi, axamoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Iskandar Zulqarnaynning yurishlari ostida Yunon-baqtriya boshqaruvining vujudga kelishi. Bu davr 3 eramizdan oldingi VII asrdan to milodning IV asrigacha bo‘lgan juda katta tarixiy jarayonni o‘z ichiga oladi. Qadimiy madaniyat yodgorliklarning dalillashicha, bugungi O‘zbekiston hududida O‘rta Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan yuksak sivilizatsiya mavjud bo‘lgan. Qadimshunoslarning ma’lumotlari, tasviriy san’at asarlari, sharq mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodiyoti-dostonlarda o‘z aksini topgan. Sharqshunoslarning yangi tadqiqotlari va nihoyat o‘rta asrdagi O‘rta Osiyo olimlarining musiqiy risolalaridagi izchil ma’lumotlar o‘zbek musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini mufassal va to‘laligicha tasavvur qilishimizga yordam beradi. Ajdodlarimizdan meros qolgan musiqa sarchashmalari O‘rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalq (turkman, tojik, qozoq, qaraqalpoq va qirg‘iz) lar ijodi bilan uzviy bog‘langan. Bu davrlar X-XI asrgacha qavmiy xalq hududlari uzviy chegaralangunlarigacha, ular bir butunlikni ifoda etgan va keyinchalik shu o‘zak mazkur xalqlar milliy musiqa madaniyatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qildi. O‘rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o‘troq dehqonlar (sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmiylar) hamda ko‘chmanchi (saklar, massagetlar va boshqa) qabilalar edi. Ular haqidagi ma’lumotlar Avestoda ham uchraydi. Mushtarak poetik va musiqa san’atining boshlanishi o‘sha davrlarga borib taqaladi. Mazkur elat va xalqlarning poetik va musiqa san’ati dastlab sinkretik1 holatda bo‘lgani to‘g‘risida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma yodgorliklar, guvohlik beradi. Ayrim ilmiy qarashlarga ko‘ra, Xorazm ko‘hna zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”ning vatani hisoblanadi. “Avesto”ning o‘zi aslida ijro vositasida og‘zaki tarqalib, faqat keyinchalik kitob shakliga keltirilgan arkonlar majmuasidir. Uning oyatlari va ayniqsa, madhiyalar qismini tashkil etuvchi - xatlar (bunda so‘z oxiridagi “t” harfi juda yumshoq talaffuz etilib, so‘nggi davrlarda “goh” shakliga aylanganligi ham ehtimoldan xoli emas: - yakgoh, dugoh, segoh va h.k.) maxsus kuy tizimini tashkil etuvchi ohanglarda yoqimli ovoz bilan tarannum etilgan, deb topilmoqda. “Avesto”da “sruna” deb ataluvchi “sirli eshitish” tushunchasi bo‘lgan ekan. Tinglash, quloq orqali vujudga ozuqa olishni zardo‘shtiylar muqaddas tuyg‘u hisoblaganlar. Dini islomda esa eshituvchilik (same’) hissi Ollohning sifatlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Qizig‘i shundaki, zardushtiylar faqat unli tovushlar go‘zalligidan emas, balki olov hovri (kuyi), hattoki jimlikni eshitib lazzatlanishga odatlangan ekanlar. Musiqa badiyat, san’at sifatida tom ma’noda ijro etish va uni eshitishdan boshlanadi. Sozanda kuyning yaratuvchisi bo‘lsa, eshituvchi uning qabul qiluvchisidir. Xalqimizda “Sozandaga chinakam baho beruvchi, uning ustozi va talabgori-eshituvchi” degan gap bor. Bunda tushunib eshituvchi - xos shinavanda ko‘zda tutiladi, albatta. 1 Sinkrеtik yunоncha synkretismos — birlashish, qоrishish umumlashgan ya’ni qism, bo`laklarga ajralgan dеgan ma’nоni bildiradi. 4 Xorazm dutor maqomlari nomi bilan bizning davrimizgacha saqlangan musiqa sarchashmalari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. O‘tmishdan ijrosi urfiy yo‘l bilan saqlanib bizgacha yetib kelgan “Orazibom”, “Gusfand” turkumlari, (xudolarga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida) raqs tushish va qo‘shiq jo‘rligida ijro etilgan. Bunday misollarni bugungi hayot tarzida ham ko‘plab kuzatish mumkin. Ularning hammasi qo‘shimcha dalil sifatida ko‘zlayotgan fikrimizning isbotiga xizmat etadi. Orazi bom tarkibidagi bomni ma’lum darajada qadimiy bama so‘ziga qiyoslash mumkin. “Avesto”da vama (bama) shaklida ishlatilgan bo‘lib, “yorqin”, “jilvagar” ma’nosini anglatadi va sanskrit (qadimiy hind) tilida vhama2 shaklida qo‘llanilgan. Bu so‘z “Avesto”da Quyosh (Mehr)ni yetaklab chiquvchi deb tasavvur qilingan Bomyaq3 ilohasi nomi tarkibida ham bor. Oraz qismini hozirgi kundagi shakliga asoslanib, arabcha “yuz”, “chehra” ma’nolarida talqin qilish mumkin bo‘ladi. “Gusfand” nomining etimologiyasi kuyning qadimiyligi uning asl shakli “gohispand”, ya’ni “ezgu makon”, “ezgu joy” ma’nolarini anglatadi. Goh so‘zi lug‘atda podshohlar taxti, vaqt va zamon, tong, o‘rin, joy kabi ma’nolarni berishi qayd etilgan4 . Bu esa kuyning asl ildizi xorazmliklarning qadimiy urf-odatlari bilan bog‘lanishini ko‘rsatadi. Zardusht tomonidan kuylangan qo‘shiqlar ham goh // gotlar deb atalgani ham bejiz emas albatta. “Gohi spand”ning “gusfand” shakliga o‘tishi fonetik qonuniyatlarga asoslangan bo‘lib, bu ham bejiz emas. Sababi “gusfand” so‘zi tarkibidagi spand ham ezgu, muqaddas degan ma’noni ham beradi. Mumtoz musiqamizda saqlangan “Zamzama”, “Tarona” (eski shakli “Taronik” – “Taronacha”, “Buxorocha”, “Farg‘onacha”ga o‘xshagan uslub tushunchasi), “Suvora” (“Asp ros”) kabi iboralarning ildizlari ham “Avesto” davrining urf-odatlariga borib taqalishini e’tirof etish mumkin.



Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling