O’rta osiyoning musiqa madaniyati navoiy – 2023 O`rta Оsiyoning qadimiy musiqa madaniyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Download 51.35 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1557540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish Ijro.Mahorati.Asos

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRATURA BO’LIMI
1-bosqich talabasi


Xusanov Elyorning



fanidan

NAVOIY – 2023

Mavzu:MAQOM ASOSLARI




“Maqom” iborasi arab tilida “joy”, “o‘rin” ma’nolarini bildirib, musiqa istilohida turlicha mazmun kasb etadi. Maqom iborasi, avvalo, jam1 larning muayyan turlariga nisbatan ishlatilgan. Shuningdek, maqom iborasi tovushqatorning muayyan pardasiga nisbatan qo‘llanilgan. Bundan tashqari, cholg‘u asboblarining sozlanish turlari ham maqom iborasi bilan yuritilib shu pardalar asosida yuzaga keladigan musiqa asarlari ham tushunilgan. Musiqa ilmida maqom iborasi, asosan, ikki ma’noda qo‘llaniladi. Birinchidan maqom deganda, lad tuzilmalari ikkinchidan, maqom muayyan musiqa janrini anglatadi. Safiuddin Urmaviy va Abdulqodir Marog‘iylar asos solgan ilmi advor (doiralar ilmi) ta’limotida ikki jinsning qo‘shilishidan hosil bo‘ladigan sakkiz pag‘onalik doira shaklida boshi oxiriga ulangan jamlar asosiy tushuncha vazifasini bajara boshlagan. Eng mutanosib va mashhur kuy doiralari ( vazn doiralari, usullar alohida sarhisob etilgan) jamlar (jamoati mashhuralar) maqomot (maqomlar), asl maqomlar (maqomoti asliy) yoki shudud (birligi sha’d – marvaridlarni ipga tizilgan shakli), deb ham yuritilgan. Kuy doiralarining hissiyotga ta’siri va boshqa hususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularga maxsus ramziy-majoziy nomlar ham berilgan. Ularning eng mutanosib navlari alohida “maqom” toifasiga (ya’ni asl kuy doiralari ma’nosidagi) ajratilgan: Rost, Ushshoq, Navo, Busalik, Husayniy, Hijoz, Rahoviy, Zangula, Iroq, Isfahon, Zerafkand, Buzruk. Amaliyotdagi O‘n ikki maqom tushunchasi ham ana shundan kelib chiqqan. Lekin, u paytda “maqom” atamasini hozirgiga o‘xshab musiqiy shakl ma’nosida ishlatish odat bo‘lmagan. Ko‘p qismlik musiqiy shakllar uchun navba, navbati murattab, miyyatayn, kulliyot hamda bir qismli yaxlit (mufrad) asarlarga nisbatan amal (forsiy ma’nodoshi kor, turkiysi ish), peshrav, savt, naqsh, tarona va boshqa iboralar qo‘llanilgan. O‘zbek klassik musiqasi yoki maqomot asoslari ilmiy nuqtai nazardan musiqiy merosimizning tub navini “o‘zbek klassik musiqasi” – deyishimiz maqsadga muvofiq. ”Maqomot” atamasi musiqiy mantiq hamda amaliyot munosabatiga ko‘ra tor ma’nodagi “maqom” tushunchasidan e’tiborliroqdir. Janr nuqtai nazaridan olinganda esa “o‘zbek maqomoti” iborasi “o‘zbek klassik musiqasi” atamasiga eng munosib ma’nodoshdir. “Maqom” so‘zi janr ma’nosida qaysi tarixiy navga qarata ishlatilayotganligi ma’lum emas. O‘zbek maqomotining amaliyotdagi ko‘rinishi O‘zbekiston hududida tarixiy shakllangan beshta asosiy navdan iborat tizim – Buxoro Shashmaqomi, Xorazm olti yarim maqomi va Dutor maqomlari, Farg‘ona – Toshkent maqom yo‘llari 1 Yig`ilgan, to`plangan. 2 hamda 1959 yilda O‘zbekiston Radiosi qoshidagi “Maqom” ansambli ijodiy guruhida Yunus Rajabiy rahbarligida ishlangan “O‘zbek Shashmaqomi”dan iborat. Shashmaqomning shakllanishida ikkita markaz — Buxoro va Xorazm muhim rol o‘ynagan. Shashmaqomning ma’lum musiqiy tizim sifatida uchta asosiy tayanch nuqtasi mavjud: parda-maqom (lad), usul-vazn (ritm) va shakl-tasnifot (kompozitsiya). Ya’ni, Shashmaqom – muayyan parda-maqom, usul-vazn hamda shakl-tasnifot birliklaridan iborat majmua. Mazkur uchlikda maqom-parda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Istilohiy nuqtai nazardan, “shashmaqom” kitobiy, ya’ni nazariy ilmlardan olingan ibora emas, balki bevosita amaliyotdan, sozandalar shevasidan kelib chiqqan tushuncha. Buxoroning atoqli musiqiy allomalari Najmiddin Kavkabiy hamda Darish Aliylarning risolalarida “shashmaqom” atamasi uchramaydi va ma’no mazmuniga ko‘ra unga, ya’ni butun boshli musiqiy majmua tushunchasiga aynan mos keladigan “kulliyot” iborasi ishlatiladi2 . Shashmaqom — olti maqom — Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan iborat. Shashmaqomning tuzilishida ikki narsa — parda va usul (lad va ritm) alohida o‘rin tutadi. Maqomlar dastlab tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Maqom qismlari shaklan tugallanganligi tufayli mustaqil ravishda (ya’ni alohida asar sifatida) ijro etilishi ham mumkin. Har bir qismini belgilovchi eng muhim omil uning metroritmik asosi birinchi navbatda doyra usuli hisoblanadi. Shuning uchun maqom qismlarining nomlari ko‘pincha doyra usulining nomi bilan yuritiladi. Maqom qismlari o‘z vazifasiga ko‘ra, asosiy qismga va uning negizidan yuzaga keladigan shahobchalarga bo‘linadi. Asosiy qism hamda shahobchalar birlashib sho‘balarni tashkil qiladi. Maqom tuzilishining ikkinchi qatlami—sho‘balar darajasida lad va ohang birligi eng muhim omil hisoblanadi. Asosiy qism va shahobchalar muayyan lad asosida yuzaga keladi. Masalan, Sarahbor va uning taronalari qo‘shilib yuritiladi, yoki bo‘lmasa, Mo‘g‘ulcha va uning shahobchalari — Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Uforlarning to‘la nomlanishi quyidagicha bo‘ladi: Talqinchai Mo‘g‘ulcha, Qashqarchai Mo‘g‘ulcha, Soqiynomai Mo‘g‘ulcha va Ufori Mo‘g‘ulcha. Maqomning uchinchi qatlamini bo‘limlar tashkil qiladi. Bunda cholg‘u va ashula yo‘llari janr jihatidan ajralib turadi. Maqomlarning tarkibiy qismlari. Har bir maqom cholg‘u va ashula bo‘limlaridan tashkil topadi. Ularning har biri o‘ziga xos tuzilish xususiyatiga va nisbatan mustaqil ahamiyatga egadir. Bo‘limlar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Buxoro Shashmaqomida cholg‘u bo‘lim — mushkilot, ashula bo‘lim — nasr deb ataladi. Mushkilot iborasi, odatda, fors tilidagi mushkil so‘ziga nisbatan, “og‘ir” yoki “vazmin” kuylar deb tarjima qilinadi. Mushkilot arabcha “shakl” negizidan chiqarilsa, shakllar, ya’ni so‘zsiz ijro etiladigan sof cholg‘u kuylari ma’nosini bildiradi. 2 Najmiddin Kavkabiy «Risоlai musiqiy”. UzR FA ShI. Inv. № 468. 3 Nasr - arabchadan “ko‘mak”, “zafar” deb tarjima qilinadi. Manzum - nazmdan kelib chiqqan, she’r bilan bog‘liq bo‘lgan musiqaviy asar tushunchasida ishlatiladi3 Cholg‘u bo‘limi. Maqomlarning cholg‘u bo‘limi Tasnif, Tarje Gardun, Peshrav, Muhammas va Saqil deb nomlanuvchi qismlardan tashkil topadi. Cholg‘u qismlarining tartibi va nomlanishi hamma maqomlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Har bir qism doyra usuliga qarab aniqlanadi. Maqom qismlarining nomlanishida uning qaysi lad asosiga va doyra usuliga mansubligi aks ettiriladi. Masalan, Tasnifi Rost, Tarjei Buzruk, Garduni Segoh, Saqili Navo va h. k. Bularning birinchisi maqom — lad, ikkinchisi esa usulning nomi. Demak, ularning atalishida o‘ziga xos “ismu sharif” qo‘llaniladi. Maqomlarda usullarning ahamiyati nihoyatda katta. Usullar o‘zining murakkabligi, kuy rivojlanish jarayonida uning vazni bilan murakkab munosabatlarda bo‘lishligi bilan ajralib turadi. Saraxborlarda, odatda, ikki zarbdan iborat bo‘lgan oddiy usul ishlatiladi. Bu usul o‘tmishda “zarbul qadim” deb ham yuritilgan. Sokin hamda vazmin sur’atda ijro etiladigan bu usul Saraxborlarga ulug‘vor va salmoqli tus berib turadi.
Asosiy qismlardan tashqari ayrim maqomlar tarkibida boshqacha nomlar bilan yuritiladigan qismlar ham uchraydi. Masalan, Navodagi Nag‘mai Oraz, Dugohdagi Samoyi Dugoh, Segohdagi Hafifi Segoh va boshqalar. Samoyi va Hafif iboralari maqomlar tuzilishida qadimdan uchraydi. Cholg‘u bo‘lim tarkibida ayrim qismlar ikki, uch yoki undan ko‘proq sonda keladi. Asosan, Peshrav, Muhammas va Saqillar ko‘p sonda keladigan qismlar hisoblanadi. Cholg‘u bo‘limining qismlari “xona”4 va “bozgo`y”5 lardan tashkil topadi. Xona cholg‘u yo‘llarining tuzilishida asosiy rol o‘ynaydi, chunki asar shakli xonalardan tuzilgan bo‘ladi. Xona tushunchasini ma’lum darajada she’riyatdagi bayt6 iborasiga qiyos qilish mumkin. Bu ikki iboraning lug‘aviy ma’nolari ham birdir. Bu ikki ibora ham 4 “хоna” ibоrasi yakunlangan kuy bo`laklarini anglatadi. 5 kuyning takrоrlanib turuvchi bo`lagi (naqоrati)—bоzgo`y dеyiladi. 6 Bayt — arab tilida “хоna”, fоrs-tоjik tilida “uy” ma’nоsini bildiradi. 5 shakl tuzilishiga tegishli. Xona— odatda, o‘zgaruvchan, yangilanib turadigan kuy bo‘lagi. Xona va bozgo‘y ohanglari bir-biriga juda yaqin bo‘lishi mumkin. Bozgo‘y kuyning takrorlanib boradigan bo‘lagi, odatda, tovushqatorning pastki qismida joylashgan bo‘ladi. Lekin Tasnif, Tarje’, Gardun va Peshrav qismlarida xona va bozgo‘y ko‘pincha bevosita ulangan bo‘ladi. Xona hajmi, odatda, bozgo‘yga nisbatan yirikroq bo‘ladi yoki teng bo‘ladi. Bozgo‘ydan kichik bo‘lgan xonalar nisbatan kam uchraydi va ular, asosan, boshlang‘ich qismlarga xosdir. Ashula bo‘limi. Shashaqomning ashula bo‘limi Sarahbor, Talqin, Nasr, Tarona, Ufor, Savt, Mo‘g‘ulcha, Talqincha, Qashqarcha va Soqiynoma deb nomlanuvchi qismlarni, Xorazm maqomlari esa— Tani Maqom, Talqin, Nasr, Ufor, Tarona, Suvora, Naqsh, Faryod deb ataladigan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Ashula bo‘limining har bir qismini aniqlovchi va uning xususiyatlarini belgilovchi omil doyra usulidir. Talqin, Nasr, Tarona, Suvora va Soqiynoma qismlarning usul va ritmik tuzilmalari juda murakkab hisoblanadi. Maqomlarning aytim qismlarida aruz vaznida yozilgan g‘azallar tanlanib she’r va musiqa vaznlarining bir-biriga mos kelishligi nazarda tutiladi. Ashula bo‘limlarining yana bir o‘ziga xos xususiyati shuki, ularda “xang”7 lar keng ishlatiladi. Hanglarni ikki asosiy turga ajratish mumkin. Birinchisi — she’rning asosiy bo‘g‘inlariga to‘g‘ri keluvchi hanglar. Ikkinchisi — she’r matnidan tashqari bo‘lgan qo‘shimcha bo‘g‘inlar, “dod”, “jon”, “voy”, “banda” va h. k. Hanglarning bu turi, odatda, asosiy kuy jumlalari tugab bo‘lgandan keyin keladi. Ular ba’zan alohida jumlalar, hattoki, yirik tuzilmalarni tashkil qilishi mumkin. Ashula bo‘limining tarkibiy qismlari o‘z vazifasiga ko‘ra, asosiy qismlarga va shahobchalarga ajratiladi. Asosiy qismlarga Saraxbor, Talqin, Nasr, Shashmaqomga esa Savt va Mo‘g‘ulcha qismlari kiradi. Shahobcha qismlarga Tarona, Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufor, Xorazm maqomlariga esa, Suvora, Naqsh va Faryodlar kiradi. Asosiy qism va ularning shahobchalari birlashib, sho‘ba8 larni tashkil qiladi. Maqom ijrochilari bir bayt she’r bilan aytiladigan kuy bo‘lagini xat, uning yarmi (ya’ni bir misra she’rga mos keladigan qismi) ni esa nim xat (ya’ni yarim xat) deb yuritadilar.
Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling