O’zbekston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi


Fenomenologik nuqtai nazardan tutash muhit mexanikasi quyidagi uchta gipoteza asosida quriladi


Download 17.34 Kb.
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi17.34 Kb.
#1153717
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
11-21 2-kurs Gulomov M suyuqliklar referat

Fenomenologik nuqtai nazardan tutash muhit mexanikasi quyidagi uchta gipoteza asosida quriladi:

  • moddiy kontinium tushunchasi bilan bog‘liq tutashlik gipotezasi;

  • koordinata boshiga nisbatan nuqtaning holatini ifodalovchi koordinatalar deb ataluvchi sonlar bilan bir qiymatli beriladigan cheksiz ko‘p nuqtalar to‘plamidan iborat fazo tushunchasi bilan bo‘g‘liq gipoteza (deformatsiyalanuvchi muhit harakati qaraladigan fazo Evklid fazosi deb faraz qilinadi;

  • fazoning o‘lchovi shu fazodagi nuqtaning holatini aniqlovchi koordinatalar sonidan bog‘liq); absolyut vaqt gipotezasi (deformatsiyalanuvchi muqit harakati qaralayotgan tanlangan sanoq sistemasidan bog‘liq bo‘lmagan holda vaqt bir xil kechadi).

Suyuqlik va gaz mexanikasi fani chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lgan gidromexanika (gidravlika) va nisbatan yosh gaz dinamikasi va aeromexanika kabi fanlarning muhim yutuqlariga tayangan va ularni birlashtirgan holda bugungi holatiga keldi.
Suyuqliklar mexanikasini o‘rganishga amaliy qiziqishning ob’yektiv sabablari:

  • tabiatda juda katta suyuqlik zahirasi majud va hamma vaqt inson unga yengil erisha oladi;

  • suyuq jismlar insonning amaliy faoliyatida qulay «yollanma ishchi» sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan bir qator foydali xossalarga ega;

  • hayot uchun muhim bo‘lgan bir qator ximik almashinuv reaksiyalar aynan suyuq fazada (ko‘prog suvli eritmalarda) yuz beradi.

Inson o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq suyuqliklarga qiziqqan.
O‘sha davrlarda suv va havo (ya’ni suyuqlik va gaz) tabiat hodisalarining asosiy sababchisi deb qaralgan.
Qadimda insonlar o‘zlarining suv va havo bilan bog‘liq ko‘plab amaliy masalalarini muvaffaqiyatli yechishganlar.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida taxminan eramizdan 5000 yilcha avval Misr va Xitoyda, keyinchalik qadimgi dunyoning boshqa davlatlari: Suriya, Vavilon, Yunoniston, Rim, Hindiston, Yaqin va O‘rta sharqda har xil gidravlik inshootlar qurilmalari: kanallar, suv to‘g‘onlar, suv charxpalaklarini ifodalovchi rasmlar (dastlabki chizmalar) topilganligi buni tasdiqlaydi. Aslida bu inshootlarning hech qanday hisobi bajarilmagan, ular o‘sha zamon ustalarining amaliy ko‘nikmalari va san’atlari asosida barpo etilgan.
Gidravlik masalalarni yechishga daslab ilmiy yondashgan Yunon olimi Arximed (287-212)
bo’lib, uning «Suzuvchi jismlar haqida» nomli dastlabki qo‘lyozmasi yozilgan.

Xulosa


Men ushbu mavzuni o’rganish jarayonida judа kichik kuchlаr tа’siridа o’z shаklini o’zgаrtiruvchi fizik jism suyuqlik dеyilishini, Gidrаvlikа fanidа suyuqliklаr ikkita guruxga bo’linib o’rganilishini, bular mos ravishda: 1-tоmchilаnuvchi suyuqliklar guruhi hamda 2-gаzsimоn suyuqliklar guruhiga bo’linishini organib oldim. Gidrаvlikа fani asosan tоmchilаnuvchi suyuqlik bilаn ish ko’rishi va bu fanning asosiy mohiyati ham suyuqliklarga asoslanganligini bildim. Suyuqliklаrni аsоsiy fizik хоssаlаri quyidаgilаrdan, ya’ni Sоlishtirmа оg’irlik, Sоlishtirmа hаjm, Zichlikdan iborat ekanligi haqida ham ma’lumotga ega bo’ldim
Mavzuni o’rganish davomida suyuqliklаrni yana bir asosiy hususiyatlaridan -Suyuqlikni siqilishi va Qоvushqоqligi kabi tushunchalarga ham ega bo’ldim
Qоvushqоqlik esa turli viskоzimеtr asboblаri yordаmidа o’lchаnishini bilib oldim
Download 17.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling