O’zbekston respublikasida bank tizimi shakillanishi va rivojlanishi Mmt-90k guruh Baxriyev a Taqdimot ishi Reja
Download 120.61 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari
O’zbekston respublikasida bank tizimi shakillanishi va rivojlanishi Mmt-90k guruh Baxriyev a Taqdimot ishi Reja: 1
2
3
kirish O’zbekiston hududida ilk bor paydo bo’lgan bank Rossiya imperiyasi davlat filiali bo’lgani barchamizga ma’lum. Keyinchalik esa Turkistonda ham bir nechta filial, bo’lim va agentliklari o’z faoliyatini yurita boshlagan. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach mustaqil bank tizimini yaratish maqsadlarida 1991-yil 15-fevralda Respublika Oliy Kengashi sessiyasida respublika hududidagi bank faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berilgan O’zbekiston Respublikasining “ Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi va shu vaqtdan boshlab respublikaning haqiqiy, mustaqil bank tizimi shakllana boshladi. 1995-1996-yillarda bank qonunchiligi yanada takomillashdi. 1995-yilda “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. bank Bank (lot. ansa – sarrof peshtaxtasi) – kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha bo’sh pul mablag’larini to’plash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qog’ozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shug’ullanadi. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari O’zbekistonda birinchi bank muassasasi 1875-yil Toshkentda ochilgan Rossiya imperiyasi davlat banki filiali bo’lgan. XIX asrning oxirida Turkistonda rus kapitali ishtirokidagi Orta Osiyo aksiyadorlik banki (1881), Volkagama banki (1893), Rus-Xitoy (Rus-Osiyo) banki (1903), Azov-Don savdo banki (1910), Nijniy Novgorod-Samara banki (1899), Poltava Yer banki (1901) ning filial, bo’lim va agentliklari faoliyat olib bordi. Oktabr to’ntarishidan so’ng barcha bank sovet hokimiyati tomonidan natsionalizatsiya qilindi. O’zbekistonda bank tizimi 1924-yildan boshlab sobiq SSSR bank tizimining tarkibiy qismi sifatida tashkil qilindi. 1992-yilga qadar SSSR Davlat banki (1921-1923-yillarda RSFSR Davlat banki), SSSR Qurilish banki (1922-1959-yillarda SSSR Savdo banki ), SSSR Tashqi savdo banki (1924)ning O’zbekiston idora (kontora)lari respublikadagi bank muassasalari ishiga rahbarlik qildi. Download 120.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling