2.2. SHovqinli tovushlarni nutqqa qo`yish va mustahkamlash
Sirg’ aluvchi tovushlarda bo’ lgan kamchiliklar shovqinli (sh, j, ch) tovushlarda ham uchraydi. Bundan tashqari, shovqinli tovushlar sirg’ aluvchi tovushlar bilan almashtiriladi. Masalan, sh tovushi s tovushi bilan, j tovushi z tovushi bilan almashtirilishi mumqin. Bunday almashtirish sirg’ aluvchi sigmatizm deb nomlanadi. SHovqinli tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar quyidagi usullar yordamida bartaraf etiladi.
SH tovushini hosil qilish uchun taqlid usulidan foydalanish mumqin. Bu usul natija bermasa, mexanik usuldan foydalaniladi. Bunda bolaga s tovushini ayttirib, shu vaqtning o’ zida maxsus zond yordamida til bir oz yuqoriga ko’ tarilib, orqaga biroz itariladi. SHu vaqtda s tovushi o’ rniga sh tovushi, z tovushi o’ rniga j tovushi hosil bo’ ladi. Lotoped seqin-asta bolaga tilni shu holda ushlab to`g`ishga o’ rgatadi. Keyinchalik lotoped aniq hosil qilingan sh va j tovushlarini bo’ g’ inlarda, so’ zlarda, jumlalarda mustahkamlaydi. Bulardan tashqari sh, j va sirg’ aluvchi s, z tovushlarini bir-biridan farqlash uchun og’ zaqi va yozma mashqlar olib boradi.
J tovushi talaffuzi j tovushi talaffuzidan farq qiladi. Shuning uchun j tovushi talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish o’ ziga xos xususiyatlardan iborat bo’ lib, quyidagi usul yordamida bartaraf etiladi. Lotoped bolaga ch tovushni aniq talaffuz etishni taklif etadi va ch tovushini talaffuz etish vaqtida ovoz qo’ shib talaffuz etish buyo`g`iladi, bunda ch tovushi o’ rniga j tovushi hosil bo’ ladi. 1. Hosil qilingan җ tovushi avval bo‘g‘inlarda, so‘ng so‘zlarda, gaplarda, she’rlarda mustahkamlanadi.
Qorishiq ch tovushini hosil qilish uchun lotoped bolaga j tovushini talaffuz etishni taklif qiladi. Bola j-j-j tovushlarini bir necha marta talaffuz etish vaqtida lotoped maxsus zond yordamida til uchini orqaga biroz itaradi, Shunda j tovushi o’ rniga qorishiq ch tovushi hosil bo’ ladi. Ch tovushini bola mustaqil talaffuz qilgach, ch tovushi avval yopiq bo’ g’ inlarda (ach-och-uch-ich-uch), so’ ng ochiq bo’ qinlarda (cha-cho-chu-chi) mustahkamlanadi.
Ch tovushi bo’ g’ inlarda mustahkamlangach, uni so’ zlarda, jumlalarda, she’ r va hikoyalarda mustahkamlash tavsiya etiladi. Bulardan tashqari s va ts, s va sh tovushlarini bir-biridan farqlash bo’ yicha og’ zaqi va yozma mashqlar o’ tkaziladi.
Sirg’ aluvchi va shovqinli tovushlarni bir-biridan farqlash bo’ yicha olib boriladigan ishlar taxminan quyidagi izchillikda olib borilishi tavsiya etiladi: s-z, sh-j, s-sh, z-j, s-ch.
Do'stlaringiz bilan baham: |