464
Yava va Kalimantandagi Malaya va Yava
davlatlari agrar mamlakatlar edi. Garbiy Yavadagi
Taruma va Mulavarman davlatlari (IV-V asrlar)
sun'iy sug`orish inshootlarini qurishni
amalga
oshiradilar. Qullar, chorva va yer-mulkni xususiy
mulkligini induizm koxinlari qo’llab-quvvatlaydilar.
Hindixitoy yarim orollarining sharqiy qirgogida
indoneziya tillari oilasiga
mansub xalklar yashaydigan
Tyampa boshdan kuchli dengiz flotiga ega bo’lgan,
yirik savdo davlati bo’lgan. Tyampa hokimlari qirg`oq
bo’yidagi qo’shnilarini talash bilan shug`ullanar,
dengizdagi o’z qudratini muntazam namoyish qilar
edilar. Madaniyatda
Tyampa Indoneziya dunyosiga
tegishli bo’lib, ko’p hollarda ularga kxmerning ta'siri
kuchli bo’lgan. Xan Xitoyi bilan urushlar, doimiy
diplomatik va savdo aloqalari bilan almashinib
turilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: