O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Qadimgi Vyet davlatlari va ularning
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Qadimgi Vyet davlatlari va ularning
qo’shnilari Shimoliy Vetnamdagi va Janubiy dengizning shimoliy qismidagi davlatlardan shimolroqdagi qadimgi Xitoy an'analariga ko’ra birinchi navbatda «varvar» (Xitoy an'anasi nuqtai-nazaridan) Eyu (Vyet) podsholigi tarixda yaxshiroq ma'lum. Yue podsholigi er. avv. VII asrda Yanszi daryosining quyi oqimida paydo bo’lgan. Uning ijtimoiy tuzilishi qadimgi Xitoy podsholiklariga qaraganda soddaroq bo’lgan. Aholining asosiy mashg`uloti sug`orma sholikorlikdir. Er. avv. IV-III asrlarda Yanszi daryosining yuqori qismida besh davlat: Xanchxa, quyi qismida Vanglang (keyin Aulak), sharqda Teyau, Namvyet va boshqalar mavjud bo’lgan. Ular yuqori ijtimoiy taraqqiyot darajasida bo’lganlar. Janubiy podsholiklarda xan madaniyatini qabul qilish shimolga qaraganda ancha yuqori bo’ladi. Er. avv. III asrda hududdagi eng rivojlangan davlatlardan Xongxa daryosining quyi qismi va unga qo’shni hududlarda Siszyan pastida vetnamliklarning ajdodlari lakvyetlar joylashgan davlat Namvyet edi. Aulakda aholining asosiy qismini jamoachilardan iborat mayda ishlab chiqaruvchilar tashkil qilgan. 459 Turli manbalar Namvyet jamiyatida qullar mavjudligini ko’rsatadi. Hukmron sinflar jamiyatda katta yer-mulk egalari hukmron tabaqa bo’lib, ular bilan bog`langan xizmat zodagonlari, qullar va mayda ishlab chiqaruvchilar bo’lgan. Davlat tepasida hukmdor turgan. Qadimgi vyetlar madaniyati o’ziga xos edi. Ayniqsa, ajdodlarga e'tiqod, yer ruhiga, timsoh-ajdar va suvda suzuvchi qushlarga sig`inish keng tarqalgan. Er. avv. 221-214-yillarda Aulak, Teyau va Namvyet davlatlari Sin imperiyasi bilan o’z mustaqilliklari uchun urush olib boradilar. Urushlar jarayonida Aulak o’z mustaqilligini saqlab qoladi va Teyauning bir qismini o’ziga qo’shib oladi. Namvyet bir necha yil Sin qo’shinlari tomonidan bosib olingan. Er. avv. 207 yilda Namvyet va Aulak davlatlari birlashadi. Bu davlat er. avv. II asrda janubiy –sharqiy Osiyoda eng kuchli davlat bo’lib, faqat Xan imperiyasidan kuchsizroq bo’lgan. Eramizdan avvalgi II asr boshlarida Namvyet Vo'ongi (hokimi) o’zini Xan imperatoriga teng deb e'lon qiladi. Mamlakat iqtisodiyotini asosini sholikor hududlar tashkil qiladi. Bu davlatda yirik shaharlar, rivojlangan ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik mavjud edi. Er. avv. II asr boshlarida Namvyet-Aulak hukmdorlari urushlar va diplomatik yo`l bilan qo’shni davlatlarni qo’shib olishga harakat qiladilar, 460 ammo er. avv. III asrda mamlakat Xan imperatori U- di tomonidan bosib olinadi. Xan imperiyasi mamlakat ichki ishlariga aralashmaydi. Imperiya «varvarlarni varvaralar boshqaradi» siyosatini olib boradi. Er. avv. III-II asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoni tog`li hududlarida qadimgi Tay Diyen va Yelan davlatlari alohida guruhni tashkil etadi. Bu yerda dehqonchilik zaif bo’lib, chorvachilik yetakchi o’rin egallagan. Shu bilan birga bu yerda qandaydir birma tilli guruhlar va Markaziy Osiyo chorvador aholisi bilan birgalikda ilk sinfiy jamiyatlar shakllantirilgan.Qullarning safi mahalliy etnik birliklarni qaram qilish hisobidan to`ldirildi. Er. avv. I asr boshlarida Xan ma'muriyati hozirgi Shimoliy Vetnamdagi lanvyetlarni ommaviy assimilyatsiya qilish siyosatini olib borgan. Bu siyosat kuchli qarshilikka uchraydi va zodagonlar boshchiligida qo’zg`olonlar ko`tariladi. 40-50 yillarda Lanvyetlar «ikki opa-singil» boshchiligida qo’zg`olon ko`tarib Xan hokimiyatini ag`darib tashlaydilar va o’z mustaqilliklarini qayta tiklaydilar. Xan imperiyasi uzoq urushlardan so’ng, mamlakatda o’z nazoratini qayta tiklaydi, lekin mahalliy aholini assimilyatsiya qilish siyosatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Eramizning I-V asrlarida Vetnamga Hindistondan buddizm, Xitoydan xitoy madaniyati kirib keladi. 461 Buddaviylik XII va XIII asrlargacha hukmron dinga aylanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling