O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Er. avv. IV asr Yunoniston. Polis tizimini
tushkunligi Peloponnes urushlari 596 Yunon-fors urushlaridan keyin Yunonistonda iqtisodiyotning umumiy o’sishi kuzatildi. Polislar o’rtasidagi va xalqaro savdo rivojlandi. Bu Elladaning savdo-hunarmandchilik polislari o’rtasida raqobat kuchaydi, ayniqsa kuchli savdo-hunarmandchilik, dengiz savdosi bilan shug’ullangan. Afinaning Korinf va Megara bilan raqobati kuchaydi. Afina va Sparta boshchiligidagi ikki kuchli harbiy-siyosiy ittifoqlar o’rtasidagi muvozanat buzildi. Afina yunon polislaridagi demokratik tuzumlarni Sparta esa oligarxiya hukm surgan polislarni qo’llab- quvvatlashga harakat qildilar. Yana shuningdek Sparta va Afina o’rtasida Yunonistonda yetakchilik uchun raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes urushlariga olib keldi. Urush er. avv. 431-yilda Sparta qo’shinlarini Attika hududiga bostirib kirishi bilan boshlandi. Afina harbiy kuchlarini boshqargan Perikl quruqlikda mudofaa taktikasini qo’llash kerak deb hisobladi. Sparta qo’shinlari Attika hududini talon- taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga kirib jon saqladi. Tezda shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib, turli xil yuqumli kasalliklar tarqaldi. Xalq norozi bo’ldi, er. avv. 430-yilda 15 yil davomida birinchi marta Perikl arxont etib saylanmadi. Keyingi yil u qandaydir yuqumli kasallikdan vafot etdi. Davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini olib borish tarafdori bo’lgan Afina demokratiyasining 597 vakillari qo’liga o’tdi. Shunday rahbarlardan biri Kleon-kelib chiqishi hunarmandlardan bo’lgan ustaxona egasi, ajoyib notiq, shijoatli siyosatchi va urushni g’alabagacha davom ettirish tarafdori edi. Uning davrida afina floti Peloponnes qirg’oqlarida faol urush harakatlarini boshladi. Afinaliklar er. avv. 425-yil Messeniyadagi muhim. Pilosni va uning qarshisidagi Sifakteriya orolchasini bosib oldilar. Spartaliklarning ahvoli og’irlashib qoldi. Ular urush harakatlarini shimolga Frakiyaga ko’chirdilar. Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan ittifoqdan chiqdilar. Er. avv. 422-yilda Amfiopol shahri yaqinida katta jang bo’lib, har ikki tomondan ko’plab qurbonliklar berildi. Bu jangdan so’ng Afina bilan Sparta o’rtasida 50 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning elchisi Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi. Ammo bu tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada er. avv. 420-yilda Sparta bilan urushni davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani Alkiviad boshchiligida hokimiyatga keldilar va bir necha peloponnes polislarida Spartaga qarshi fuqarolarni chiqishini uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish g’oyasini ilgari surdi, bundan tashqari janubiy Italiya hatto Karfagenni bosib olishni orzu qildi. Uning istilochilik rejalari Afinada keng qo’llab-quvvatlandi. Er. avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya oralig’idagi 598 Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyasini uyushtirdilar. Afinaliklarni Sirakuza Sparta yordami bilan tor-mor qildi. Natijada 7000 afinalik asirga olinib, qul qilindi. Sitsiliya halokati natijasida Afinani dengiz davlati mavqeiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari bo’lgan bir necha yirik shahar va orollar vaziyatdan foydalanib, Afinadan ajralib ketdilar. Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon shaharlariga o’z ta’sirini kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarxlar bosib oldilar va ular Sparta bilan tezda tinchlik o’rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi (Dekeley urushi er. avv. 415-404-yillar.)deb ataldi. Spartaliklar Qora dengizga boradigan yo’llardagi bo’g’ozlarni bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan ta’minlashni qiyinlashtirdi. Urushda eng katta zararni Afina ko’rdi. Afinani yunon dunyosidagi obro’- e’tibori tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning gegemonligi o’rnatildi. Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab har ikki tomonga yordam berib turgan, aslida Afina bilan Sparta munosabatlarini keskinlashtirgan Eron asta-sekin yunon polislarida o’z ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda biror-bir yunon polisi bu urushdan foyda ko’rmadi, aksincha Yunoniston polislari tushkunligi boshlandi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling