O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Polis tizimining tushkunligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Polis tizimining tushkunligi 599 Er. avv. V asr so’ngida yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kirdi. Fuqarolarning yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda yer mulkchilik munosabatlarida keskin o’zgarishlar boshlandi. Yerga ishlov berishdan keladigan daromaddan ko’ra sudxo’rlik daromadi o’sib ketdi. Yerni sotish keng tarqaldi, katta-katta yer maydonlari ayrim fuqarolarning qo’liga o’tib qoldi. Kambag’allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o’z fuqarolik majburiyatlarini bajarmay qo’ydilar. Ilgari iqtisodiy o’sish davlatni boyishi bilan birga borar edi, boy fuqarolar ko’pgina mablag’larini fuqarolik jamoasi ehtiyojlariga sarflashni o’z majburiyatlari deb bilar edilar. Er. avv. V asrda esa boylik ayrim xususiy kishilar qo’lida to’plandi va ular o’zlarini fuqarolik majburiyatlarini bajarishdan bo’yin tovlay boshlaydilar. Ularning ko’pchiligi o’z mablag’larini dengiz savdosiga qo’ya boshladilar. O’z polislaridan boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga egalik qila boshladilar hamda ma’lum bir polis fuqarosi bo’lish ahamiyatsiz bo’lib qoldi. Bu davrda yunon polislarida davlat xo’jaligining mavjud emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan belgilandi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy jihatdan hech qanday mablag’ga ega emas edi. Bundan tashqari polislarning moliyaviy qiyinchiliklari, uzluksiz urushlar, yollanma qo’shinlarni keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlarga 600 xarajatlarni muntazam ravishda o’sib borishi bilan chuqurlashdi. Demokratik polislarda lavozimlarga haq to’lash, kambag’al fuqarolarga muntazam nafaqa berish tizimi bu qiyinchiliklarni yanada chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina o’z xarajatlarini ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo’lsa er. avv. IV asrda esa mulkdan olinadigan favqulodda soliq- eysfora bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida Afina fuqarolari hech qanday soliq to’lamas edilar. Xalq yig’ini eysfora to’g’risidagi qarorlarni kambag’al fuqarolar manfaatlariga tekkani uchun istamay qabul qilar edi. Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish boylarning noroziligiga olib keldi. Yer mulk munosabatlarida o’zgarishlar yuz berdi. Er. avv. V asr oxiridan boshlab yerning erkin oldi- sotdisi keng tarqaldi. Ko’pgina fuqarolar nochorlikdan o’z yerlarini sotishga majbur bo’ldilar, natijada bu yerlarni fuqaroligi bo’lmagan kishilar ham sotib ola boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va garovga qo’yish keng tarqaldi. Er. avv. V asr so’ngida meteklar va chet elliklarga alohida xizmatlari uchun polis hududida yer va uylarga egalik qilish hollari tarqaldi. Iatdan kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg’a qilindi. Polisni tushkunligi yollanma askarlarni tarqalishida ham ko’rindi. Yer mulkidan ajralgan, qarzga botib kambag’allashib qolgan fuqaro qurol- yarog’ olishga mablag’ topa olmas edi, ko’pincha 601 begonalarni manfaati uchun jang qilishni xohlamas edi. To’xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvi yaxshi o’rgatilgan askarlarni talab qilar edi. O’z yeridan mahrum bo’lgan, jismoniy mehnat bilan shug’ullanishni istamaganlar o’z polislaridan quvilgan kishilar yollanma askarlar safini to’ldirdilar. Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimini tushkunligi emas edi, chunki qulchilik yanada rivojlandi, qullar mehmatidan foydalanish hajmi o’sdi. Afinada davlat qurilishida erkin fuqarolarning mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga ham metek va qullarga ham baravar haq to’lanar edi. Qullarni qishloq xo’jaligi, hunaemandchilik, uy- ro’zg’or ishlarida ishlatish, boshqa kishilarga yollanma mehnatga berish bilan birga quldor qulni hunar va savdo bilan mustaqil shug’ullanishga ruxsat berar edi. Bunday qullar mulk oilaga ega bo’lib alohida yashar edilar. Ular pul to’plab o’z ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi. Er. avv. IV asrda ozod qo’yilgan qullarni soni o’sdi, ularni yunon polislari iqtisodiy hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy jihatdan ular meteklarga tenglashtirilib, ijtimoiy jihatdan hunarmand va savdogarlar ommasiga qo’shildilar. Mehnat va hayot kechirishning o’xshashligi fuqaro va fuqaroligi bo’lmagan kishilarni bir-biriga yaqinlashtirdi. 602 Er. avv. IV asrda polislarda turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va kambag’allar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar davlat hokimiyatini zaiflashuviga olib keldi. Yunonistondagi er. avv. IV asrning birinchi yarmida Spartaning mavqeini kuchaydi. Sparta polislarni ichki ishlariga qo’pol ravishda aralasha boshladi Bu ko’pchilik polislarni noroziligiga olib keldi. Oqibatda Yunonistonda Spartaga qarshi harbiy harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi yetakchiligi tugatildi. Fiva shahrini yunon dunyosiga yetakchiligi ham vaqtinchalik bo’ldi, Afina ittifoqini qayta tiklashga urinish ham natijasiz tugadi. Biror- bir yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega emas edi. Yunon polislari endilikda o’zaro kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay, qudratli Eron davlatini vositachi sifatida taklif qila boshladilar. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling