O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Mustaqil ish mavzulari Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohotlari Gay Sallyustiy Krispning “Yugurta urushi” asari Er. avv. I asrdagi Italiyada ittifoqchilar urushi Gay Mariy islohotlari va uning oqibatlari Reyting savollari 1.II asrda Italiya va Sitsiliyada qullarni soni nima uchunb keskin ko’paydi? Rimning istilochilik urushlari uchun Rimning bosib olinishi uchun Italiya parokanda qilingani uchun fuqarolar sonini ko’paygani siyosatning pasayishi uchun. 2. Rim huquqi qullarni nima deb hisoblar edi? A) buyum B) jonsiz perdmet S) mashina D) qora ishchi 3. Qullar er. avv. 196- 195-yillarda qayerda qo’zg’olon ko’tardilar ? A) Etruriyada B) Apuliyada S) Antiox D) Enna E) Surriya 4. Qullar nechanchi yilda Atturiyada qo`zg`olon ko`tardilar ? A) er. avv. 185 yilda B) er. avv. 138 yilda S) er. avv. 190 yilda D) er. avv. 187 yilda E) er. avv. 189 yilda 798 5. Rim jamiyati asoslarini titratadigan urush qullarning urushi qachon bo`lgan A) er. avv. 138-132 yilda B) er. avv. 140-138 yilda S) er. avv. 128 – 125 yilda D) er. avv. 170-168 yilda E) er. avv. 175 yilda. 6. Er. avv. 138 -132 yillar Sittsiyadagi Evnoy o`zini nima deb atadi ? A) Antiox B) Viriat S) Saffir D) shox E) arxando 7. Suriya davlatini markazi qayer ? A) Enna B) Epir S) Eron D) Yunon 8. Qullarning qo`zg`olonida kim boshchilik qildi ? A) Kleon B)Evnoy S) Grakx D) Gay Mariy E) Kimvrlar 9. Rim qo`shinlari kimlar tomonidan yanchib tashlandi ? A) Kleon B) Grakx S) Evnoy D) Gay Mariy E) A va S 10. Er. avv. 137 yilda kvestor Tiberiy Sempironiy Grakxning diplomatic sanati tufayli kimlar qirib tashlandi ? A) rim qo`shinlari B) qullar S) shoxlar D) denqonlar E) hokim 11. Rim va Karfagen o`rtasida necha marta urush bo`ldi ? A) 3 marta B) 7 marta S) 2 marta 799 D) 5 marta E) 14 marta 12. Rim fuqarolari sonini nechamingdan qanchagacha o`sishi ijtimoiy toifaviy ziddiyatlarni tugatmadi ? A) 400 mingdan 200 mln B) 600 mingdan 300 mln S) 100 mingdan 1 mln D) 500mingdan 2 mln E) 300 mingdan 6 mln 13. Er. avv. 107 – yilda konsul boshchiligidagi rim qo`shini qanday yo`q qilindi ? A) pistirmaga B) noqonuniy ishlari bilan S) asir olinib D) dorga osilib E) aldanib 14. Rim senati kimning tashabbusi bilan harbiy- siyosiy islohotlar o’tkazdi? A) konsul Gay Mariy B) Polibiy S) Tarkviniy Mag’rur D) Tarent E) Romul 15. Qachon Sekstiy Akva yonidagi jangda rimliklardan yengildi. A) er. avv. 102-yilda B) er. avv. 101-yilda S) er. avv. 130-yilda D) er. avv. 120-yilda E) er. avv. 107-yilda 16. Er. avv. 163-yilda Populyarivis optimatlar atamasini birinchi bor kim ishlatdi? A) Sitseron B) Tarent S) Polibey D) Romul E) Gay Mariy 17. Er. avv. 109-yilda Numidiyadagi Sutule yaqinidagi jangda Yugurta kimlarni tor- mor qildi? A) rimliklarni B) yunonlarni S) forslarni 800 D) gallarni E) Afrikani 18. Er. avv. 109-yilda Mavritaniya podshosi kim edi? A) Bokx B) Tarkviniy Mag’rur S) Tarent D) Polibey E) Romul 19. Yugurta qayerga qatl qilindi? A) Rimda B) Osiyoda S) Afrikada D) Bobilda E) Epeyda 20. Kimvrlar va tevtonlar dastlab qayerda yashar edilar? A) Yatlandiya yarim orolida B) Bolqon yarim orolida S) Bolqon, Yunonistonda D) Afrikada E) Italiyadagi Vertsella shahrida 21. Er. avv. 88-yilda Pont podshosi kim bo’lgan? A) Mitridat B) Tarent S) Romul D) Gay Mariy E) Yugurta 22. Er. avv. 133-yilda xalq tribuni lavozimiga kim saylangan? A) Tiberiy Grakx B) Gay Grakx S) Attal D) Tiberiy E) Romul 23. Kvestor iberlarni talabi bilan rimliklarni qayerga olib chiqdi? A) Ispaniyaga B) Eronga S) Bobilga D) Yunonistonga E) Afrikaga 24. Nechanchi yilda konsul boshchiligidagi Rim qo’shini 801 Akvitaniyada pistirmaga tushib to’la yo’q qilindi? A) er. avv. 107-yil B) er. avv. 109-yilda S) er. avv. 110-yilda D) er. avv. 111-yilda E) er. avv. 112-yilda 25. Er. avv. 102-yilda janglarda qancha german askarlari halok bo’lgan? A) 150-200 ming B) 200-300 ming S) 300-350 ming D) 100-500 ming E) 50-75 ming Rim respublikasining ijtimoiy-siyosiy tushkunligi va respublikaning qulashi Rim respublikasini tushkunligi Rim respublikasi tuzumining tushkunligi siyosiy hayotining o’zgarishida yaqqol ko’rindi. Alohida shaxslar butun butun guruhlarning siyosiy faoliyatini asosiy maqsadi hokimiyat yoki boylikka erishish edi. Pretor yoki konsul mansabini egallash uchun shahar kambag’allarining ovozi asosiy rol o’ynar edi. 802 Shu sababli uni o’z tomonlariga ag’darish uchun non, vino yoki moy tarqatish bilan ko’p xarajat talab qiladigan o’yinlar, bayramlar uyushtirilar edi. Hatto saylovlarda bevosita saylovchilarning ovozi sotib olinardi. Nomzodlar va saylovchilar o’rtasida vositachilar bo’lib, ular nomzod hamyonidan saylovchilarga pul va non tarqatar edilar. Saylovlarga oldindan tayyorgarlik ko’rilib tanish bilishlar, obro’-etiborli kishilar jalb qilinar edi. Nomzodlar saylovlar kompaniyasi davrida o’zlariga ittifoqchilar izlab, turli xil kelishuvlar va murosalarga kelar edilar. Siyosiy kurash nutqlar so’zlash, brashyuralar tarqatish va sud davolari bilan amalgam oshirilar edi. Siyosiy raqiblarga qarshi turli xil sud jarayonlari qo’zg’atilar edi va siyosiy raqib turli yo’llar bilan obro’sizlantirilar edi. Rim respublikasining so’ngi davrida pora berish, korrupsiya, ma’naviy buzuqlik imperiya ijtimoiy hayotining aynishidan dalolat berar edi. Nobillar, suvoriylarga shaharning quyi tabaqalari o’z ovozlarini saylovlarda sotishlari odatiy hol bo’lib qoldi. Hatto Rimning tashqi dushmandlari ham Rim lashkarboshi va siyosatchilarini sotib olishga muvoffaq bo’ldilar. Numidiya podshosi Yugurta Rimdagi poraxo’rlik to’g’risida mashhur so’zini aytgan edi: “Rim sotqin shahar kimki uni sotib olishni istasa unga albatta erishadi.”. Misr podshosi Ptolomey Avlet taxtga o’z 803 huquqini tan olinishi uchun Sezar va Pompeyga 6000 talant berdi. Suriyadagi noyib Avl Gabili Ptolomeyni taxtga chiqarish uchun 10000 talant to’ladi. Korrupsiya rim sudini ham chetlab o’tmadi. Rimliklar Rimda er. avv. 74 yildagi shov – shuvga aylangan sud ishini uzoq vaqt eslab yurdilar. Sudyalarning biri boshqa sudyalarga taqsimlab berish uchun ayblovchi va ayblanovchidan ham pora olgan edi. Rim respublikasi hukmronligining so’nggi yarmi asrida sudxo’rlik kapitali moliyachilar va bankirlarning soni ko’paydi. Sudxo’rlik bilan nafaqat suvoriylar, balki rasmiy taqiqlangan bo’lsa ham senatorlar ham boshqalar vositachiligida shug’ullandilar. Rimga qaram bo’lgan butun jamoalar, shaharlar hatto podsholiklar amalda moliyachilar va sudxo’rlar bilan birgalikda mahalliy aholini talar edilar. Rimda provinsiyalar noiblarining va boshqa mansabdor shaxslarning suiste’mollariga oid sud ishlari odatdagi hol bo’lib qoldi. Provinsiyalarni talab boyib qaytgan noiblar to’g’risida “Rimdan boy provinsiyaga qashshoq bo’lib ketdi, qashshoq provinsiyadan boy bo’lib qaytdi” degan ibora tez – tez ishlatiladigan bo’ldi. Provinsiyalarning talanishi, muvaffaqiyatli moliya operatsiyalari natijasida Rimda juda katta boylik to’plandi. Rimliklarning oldingi ajdodlari bunday boylikni tushlarida ham ko’rmagan edilar. Bu hali chegara emas edi. Mashhur patritsiy Lukulning boyligi 100 million sestertsiyga, Krassning 804 boyligi 200 million sestretsiyga baholanar edi. Mashhur notiq va siyosiy arbob Sitseron 100 ming sestertsiy boylikni ko’rmagan edi. U hali chegara emas edi. 100 ming sestertsiy daromad qilmagan kishini boy deb hisoblamas edilar. Juda katta boylikka ega bo’lish bilan birga Rimda juda ko’p zodagonlar qarzga botgan edi. Qarz majburiyatlarining o’sishi narx navoning tez o’sib ketishiga siyosiy vaziyatning barqarorlashuviga olib keldi. Rim zodagonlari siyosiy arboblari jamoa oldida obro’ysizlanmaslik uchun juda katta sarf xarajat qilishga majbur edilar. Oila ham patriarxal ahamiyatini yo’qotdi. Ayollar endi yer hokimiyatidan chiqa boshladilar. Nikoh ko’p holatlarda siyosiy maqsadlarni ko’zlab tuzila boshlandi. Ayollarning o’z erlariga nisbatan xiyonati, buzuqligi odatdagi hol bo’lib qoldi. Qulchilik munosabatlarida ham bir qancha o’zgarishlar ro’y berdi. Er. avv. I asrning I yarmidan boshlab ba’zi qullar ozod qilina boshlandi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling