O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi 
Er. avv. I asrda Italiyada ittifoqchilar urushi bo’lib 
o’tdi. Rimning Italiyalik ittifoqchilari rimliklar bilan 
birga harbiy xizmatning barcha majburiyatlarini o’tab 
bundan hech qanday yengillik foyda olmadilar.
Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega 
bo’lishga harakat qildilar. Dehqonlar yerga egalik 
qilish kafolatlariga muhtoj edilar. Yersiz dehqonlar va 
qo’shinda harbiy xizmat muddatini o’tagan veteranlar 
yer ulushi olish, shahar plepesi esa turli xayr-ehson,
oziq-ovqat mahulotlarini tekin olish ilinjida edilar.
Rim davlati respublikaning I asrlarida
ittifoqchilarning ancha qismiga Rimga ko’chib o’tib, 


792 
uni fuqarolari bo’lish huquqini berdi. Vaqt o’tishi 
bilan bunday imkoniyatlar cheklandi. Rimni 
o’rtayerdengizi davlatiga aylanishi bilan Italiya 
federatsiyasi kamroq rol o’ynadi. Rimda Italiya 
aholisiga past nazar bilan qarash an’anasi kuchaydi.
Italiyadagi vaziyat juda keskin edi, yetarlicha 
siyosiy tajribaga ega bo’lgan nobillarning ba’zi bir 
vakillari norozilikni faqat o’z vaqtida o’tkarilgan 
islohotlar norozilikni oldini olish mumkin edi. Bu 
islohotlarni o’tkazish tashabbusi bilan er. avv. 91-
yilda tribun qilib saylangan optimat Kichik Liviy 
Duruz chiqdi. U Rim fuqarolari va italiyaliklarni 
keng qatlamlariga suyangan holda senat obro’ini 
mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda kuchayib 
ketayotgan suvoriylarni zaiflashtirish maqsadini
ko’zladi. U quyidagi qonun loyihalarini taklif qildi: 1. 
Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish; 2. 
Kampaniya va Sitsiliyadagi hali taqsimlanmagan 
jamoa yerlariga Rim fuqarolari koloniyalarini tashkil 
qilish; 3. Senatorlarning sud komissiyasiga provinsiya 
noiblari su’istemollari to’g’risidagi ishlarni berish, 
shu bilan birga senatni 300 suvoriy bilan to’ldirish; 4. 
Eng kambag’al fuqarolarga arzon non sotishni 
ko’paytirish. Birinchi punkt eng ko’p qarshilikka 
uchradi. Ittifoqchilar to’g’risidagi masala muhokama 
qilinadigan xalq kengashidan bir kun oldin Liviy Druz 
o’ldirildi. 


793 
Liviy Druzni o’ldirilganligi, uni qonun loyihasi rad 
etilganligi haqidagi xabar Rimga qarshi ittifoqchilarni 
urushini keltirib chiqardi (er. avv. 91-88-yilllar). Rim 
bu urushga bor kuchini to’pladi, eng yaxshi 
lashkarboshilar Gay Mariy, Lutsiy Korneliy Sulla, 
Litsiniy Krass va hatto ozod qo’yilgan qullar ham 
safarbar qilindi. Urush davomida rimliklar yon 
berishga majbur bo’lib, Rim fuqaroligini barcha 
Italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va 
umbrlarga berish to’g’risidagi qonun qabul qilindi, 
keyin esa ikki oy davomida qurolini topshiradigan 
qozg’olonchi ittifoqchilarga ham fuqarolik va’da 
qilindi. Faqat shundan keyingina qo’zg’olonchilar 
o’rtasida ajralish boshlandi. Urushni oxirigacha 
davom ettirmoqchi bo’lgan mars va boshqa 
qabilalarning shahar va qishloqlari kultepaga 
aylantirildi. Urush quyidagi asosiy natijalar bilan 
tugadi:
-Rim rasmiy jihatdan ham jamoa davlat sifatida 
yashashni to’xtatdi; 
-Ittifoqchi jamoalar mahalliy o’z-o’zini 
boshqaruvini saqlab qolgan yagona davlat tarkibiga 
kirgan shahar-munisipiylarga aylandi; 
-Munisipiylar ichki qurilishda Rim tartiblarini 
o’zlashtira oldilar. O’z-o’zini boshqaruvning bosh 
organi xalq yig’ini saylagan sobiq magistrantlar, 100 
dekurionlardan saylangan senat (kuriya) edi. Senat 


794 
a’zolari odatda boy shaharliklar, o’rta yer egalari-
quldorlar edi; 
-Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga 
birlashuvidan birinchi navbatda boy italiyaliklar foyda 
ko’rdilar, jumladan dekurionlar toifasi shu vaqtdan 
boshlab hukmron sinfning iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan kuchli guruhi sifatida o’rin egallay boshladi; 
-Italiya iqtisodiyotida quldorlik munosabatlari 
jamoalar aro doiradan chiqib yanada ntensive 
rivojlana boshladi; 
-Asosan yersizlikdan azob chekkan Italiya 
dehqonlari veteranlar sifatida provinsiya yerlarini 
egallash imkoniga ega bo’ldilar. Provinsiyalarda 
italiyalik savdogarlar, sudxo’rlar, ijarachilar hamda 
hunarmandlar keng faoliyat ko’rsata boshladilar. Eng 
kambag’al italiyaliklar, legionerlar va davlat 
yordamini oladigan Rim yo’qsillari safini to’ldirdilar; 
Rim fuqarolari sonini 400 mingdan 200 mln.gacha 
o’sishi ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlarni tugatmadi, balki 
yanada kuchaytirdi. 
Ittifoqchilar urushida rimliklarning g’alabasi juda 
qimmatga tushdi. Italiya shahar va qishloqlari vayron 
qilindi, juda ko’p qurbonliklar berildi. Iqtisodiy 
tushkunlik boshlanib, pul qadrsizlandi. Iqtisodiyotdagi 
tushkunlik rim jamiyatida ijtimoiy ziddiyatlarni 
keskinlashuvi bilan birgs bordi. Tashqi siyosatda bu 
vaqtda jiddiy muammolar tug’ildi. Rim respublikasini 
og’ir vaziyatidan foydalangan Pont podshosi Mitridat 


795 
VI Yevpator rimning Osiyodagi provinsiyalariga 
bostirib kirdi. Er. avv. 88-yilda Rim chuqur ichki 
yo’qotishlar va qonli tashqi urushlar bag’riga kirdi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling