O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Rim siyosiy hayoti
Eramizning 14-yilida Avgust o’limidan so’ng uning merosxo’rlari Tiberiy Klavdiy, Neron, Kaligula va Klavdiy Neronlar imperatorlik taxtini egalladilar. Lekin ularning hukmronligining so’nggi yillarida siyosiy raqiblar bilan qonli kurash va prinsepsni o’ldirilishi bilan tugallandi. Kaligula o’ldirildi, Neron esa o’z-o’zini o’ldirdi. Senat bilan prensepsning qarama-qarshiligi eski Rimnobilitetini munisipal va provinsiya zodagonlari bilan siqib chiqarish jarayonini o’zida aks ettirdi. An’anaviy-senator suvoriylar elitasining siyosiy tushkunligi bilan pretorian gvardiyasi boshliqlarini ahamiyati oshdi. Agar Tiberiyni senat hokimiyat tepasiga keltirgan bo’lsa, 33 yildan so’ng uning jiyani Klavdiyni pretorian gvardiyasi imperator deb e’lon qildi. Buning evaziga yangi imperator har bir pretorian gvardiyachisiga 15 ming sestersiy miqdorida mukofot berdi. Senat hukmdorning shaxsiy qo’riqchilari (pretorian gvardiyasi) qabul qilgan qarorlarni tasdiqlaydigan oddiy tashkilotga aylandi. Tez orada qo’shin ham o’zining siyosiy huquqini talab qilib chiqdi. Eramizning 68 yillari qonli fuqarolar 834 urushi natijasida Tit Flaviy Vespasianni imperator deb e’lon qildi. Vespasian fuqorolar urushida qo’shinning qo’llab- quvvatlashi bilan g’olib chiqib, Flaviylar sulolasiga asos soldi. Flaviy va uning birinchi merosxo’rlari davrida Rim davlati ma’lum darajada mustahkamlandi. Davlat xazinasi to’ldirildi. Flaviylar provinsiya zodagonlaridan senat tarkibini to’ldirdilar va senat bilan murosa qilgan holda ichki va tashqi siyosatni olib bordilar. Faqat Vespasianning kichik o’g’li Domisian davrida siyosiy terrorning yangi to’lqini boshlandi. Domisian cheklanmagan hokimiyatga intilib, senatni o’zini xudo va hukmdor deb e’lon qilishga majbur qildi va o’zi raqib deb hisoblagan senator va boshqa boy fuqarolarni qatag’onlarni uyushtirdi. Shu sababli u eramizning 19-yili fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Domitsian o’ldirilganidan so’ng 100 davomida imperatorlar senat bilan kelishgan holda davlatni boshqardilar. Imperatorlar provinsiyalar ravnaqi uchun qator tadbirlarni amalga oshirdilar, g’olibona tashqi urushlar olib bordilar, imperiya chegaralarini tashqi dushmanlardan himoya qildilar. Shuningdek ular rimning qadimgi urf-odatlari va an’analariga hurmat bilan qaradilar. Fan va san’atga homiylik qildilar. Ayniqsa Italiyadan tashqarida tug’ilgan birinchi Rim askar imperatori Mark Ulpiy Trayan va imperator-faylasuf Mark-Avreliy Antonin davlat 835 hokimiyatini va jamiyatni barqaror rivojlanishi uchun o’zlarining namunali ichki va tashqi siyosatlari bilan shuhrat qozondilar. Eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining tashqi siyosati mudofaa xarakteriga ega bo’ldi. Keyinchalik imperiya hududlari bir qadar kengaydi. Britaniya oroli Rim imperiyasi provinsiyasiga aylandi. Afrika va Bolqonda yangi provinsiyalar paydo bo’ldi, ammo bepoyon hududlarda barqarorlikni saqlab turish provinsiyalarda tez-tez ko’tarilgan qo’zg’olonlar faol istilochilik siyosatini olib borishga xalaqit berdi. Galliya va Yahudiyada kuchli qo’zg’olonlar, quyi dunyodagi daklar, shimoldagi german qabilalari, sharqda esa Parfiyaning kuchayishi Rim davlatining chegaralari mudofaasini kuchaytirishni talab qildi. Imperatorlar Trayan, Adrian va Mark Avreliy davrida yaxlit mudofaa liniyalari shakllandi. Adrian davrida Rim fuqaroligiga ega bo’lmagan provinsiya aholisi ham legionlarga harbiy xizmatga qabul qilina boshlandi. Eramizning I–II asrlarida printsepslar hokimiyatining moddiy asoslari kuchaydi. Provinsiyalarning ko’pchiligini daromadlari imperator xazinasi (fisk)ga tushdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling