O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Rim imperiyasi eramizning I asrida
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Rim imperiyasi eramizning I asrida
Rim imperiyasida I asr davomida ikki sulola hokimiyatni boshqardi. Tiberiyning vorisi 836 Germanikning o’g’li 24 yoshli Gay Sezar Kaligula (37-41-yillar) hokimiyatni egalladi. Kaligula badjaxl, axloqan buzuq, o’ta mag’rur, takabbur shaxs edi. Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi siyosatni olib bordi, soliqlarni kamaytirdi. Bir necha oy ichida u isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan xazinani turli tomosha, mo’l-ko’l sovg’alar bilan talon-taroj qildi. Kaligula o’zini “Janob” (Dominis) va “Xudo” deb e’lon qilib, omma oldida Yupiter qiyofasidagi kiyimlarda chiqdi. Bu aqlsiz imperatorning hukmronligi uch yil davom etib 41-yil yanvar oyida pretor tribuni Kassiy Xerey boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog’asi Tiberiy Klavdiy Neronni (41-54-yillar) imperator deb e’lon qildilar. Klavdiy senat bilan munosabatni yaxshiladi. O’zining senatdan mustaqil bo’lgan ma’muriyatini tuzdi. Uning ma’muriyati bir necha muasssasalardan tashkil topib, ularni ozod qo’yilgan qullar boshqardilar. Klavdiy davrida boshqaruvni markazlashuvi va imperatorning shaxsiy hokimiyatini kuchayishi kuzatildi. Klavdiy hokimiyati qo’shin, turli tekin tomosha va xayr-sadaqa beriladigan Rim plebsi hamda provinsiyalarning zodagonlariga tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o’rniga diplomatic vositalar qo’llanila boshlandi, faqat 43-yilda Britaniyaga harbiy ekspeditsiya uyushtirildi. Klavdiyning ikkinchi xotini 33 yoshli Agrippina 54- 837 yilda uni zaharlab o’ldirdi va o’zini 17 yoshli o’g’li Neron Klavdiy Sezarni (54-68-yillar) taxtga chiqardi. Neron Yuliy Klavdiylar sulolasining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri. U axloqan buzuq, shafqatsiz kishi edi, o’z onasi Agrippinani (62-yil), ukasi Britanikni (55-yil), xotini Oktaviani (62-yil), ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o’ldirdi. Neron senat bilan murosa qilishni istamadi. Pulga muhtoj bo’lgani uchun juda ko’p senatorlarni, zodagonlarni qatl etib, ularning mol-mulkini o’zlashtirib oldi. Uning davrida imperator saroyi harajatlari haddan tashqari oshib ketdi. Neronning o’zi musiqa va qo’shiqchilik bilan shug’ullanib, sahnada o’ynar edi, Yunonistonga shoirlar ko’rigiga qatnashdi. Rimda 64-yilda juda katta yong’in bo’lib, u bir hafta davom etdi va shaharning 14 kvartalidan 10 tasi to’la yonib ketdi. Yong’indan keyin Palatin va Eskvilin tepaliklari o’rtasida 270 ga. maydonga Neron uchun hashamatli “oltin” saroy qurildi. Xalq ommasi o’rtasida Rimdagi yong’inni asosiy sababchisi Neron deb mish-mish tarqaldi. Neron yong’in aybdori deb rimdagi nasroniylar jamoasini aybdor deb topib, ularni ommaviy qatl qildi. Imperatorning shafqatsizligi, uning zo’ravonligi zodagonlarni keskin noroziligini keltirib chiqardi. Unga qarshi fitna uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh etildi va fitnachilar shafqatsiz jazolandi. Ularning ichida faylasuf-sitoik Lutsiy Anney Seneka, uning 838 jiyani shoir Mark Anney Lukan va yozuvchi Gay Petroniy Arbitrlar bor edi. Siyosiy vaziyat keskinlashdi, Parfiya bilan Armaniston uchun uzoq davom etgan urush (66-yil) Rimning mag’lubiyati bilan tugadi. Neron oxirgi 2 yil hukmronligi davrida davlat boshqaruvidan umuman chetlashdi. Britaniyada urush davom etib, 66-yilda Yahudiyada qo’zg’olon boshlandi. Neron hukmronligiga qarshi ommaviy norozilik boshlandi. Galliya, Germaniya va Ispaniyada unga qarshi 68-yil bahorida legionlar qo’zg’olon ko’tardilar. Taxt vorisligiga 70 yoshli zodagon Serviy Sulpitsiy Gal`ba nomzodi qo’yildi. Neronni hech kim himoya qilmadi, hatto pretorian qismlari ham Galba tomoniga o’tdi. Neron yashirinishga urindi, lekin yashirina olmadi. Dushmanlar qo’liga tushmaslik uchun u o’zini qilichga tashladi. Neronning o’limi bilan Yuliylar- Klavdiylar sulolasi hukmronligi nihoyasiga yetdi. Rim imperiyasining navbatdagi hukmdori qisqa vaqtga 68-69-yillarda sarkarda Galba bo’ldi. Taxtga Italiya provinsiya zodagonlaridan kelib chiqqan o’z legionlariga tayanib Tit Flaviy Vespasian chiqdi (69- 79-yillar). U lashkarboshi sifatida Yahudiya urushi davrida tanildi. Vespasian yangi Flaviylar sulolasini boshlab berdi. Bu sulolaga yana ikki imperator Vespasianning o’g’illari Tit va Domitsianlar kirdi. 839 Vespasian uzoqni ko’ra biladigan aqlli hukmdor sifatida imperiyani iqtisodiy va moliyaviy kuchini nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun 40 mlrd. sestersiy kerak edi. Imperator tejab-tergasga kirishib, xarajatlarni qisqartirdi va yangi soliqlarni joriy qildi. Hatto u dafn va Rim jamoa tuaetlariga ham soliq soldi. Imperator Rim fuqaroligi huquqini mo’l-ko’l tarqatdi hamda senatorlar va suvoriylar toifasini provinsiya zodagonlari, boyib ketgan ozod qo’yilgan qullar bilan to’ldirdi. Flaviylar davridan boshlab imperatorlar provinsiya zodagonlariga bevosita tayana boshladilar. Vespaian 70 yoshida 79-yil iyunida vafot qildi. Uning o’g’li Tit 79-81-yillar taxtga chiqib 42 yoshga yetmasdan bezgak kasaligidan vafot qildi. Tit davrida mashhur Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum shaharlari kul ostiga qoldi (79-yil). Flaviylarning so’ngi vakili Domitsian (81-96-yillar) bo’lib o’zining mutlaq hokimiyatini o’rnatishga harakat qildi va 45 yoshida fitnachilar tomonidan o’ldirildi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling