O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Qadimgi Sharqiy o’rtayer dengizi davlatlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Qadimgi Sharqiy o’rtayer dengizi davlatlari
Er. avv. III-II ming yilliklardagi davlat 
uyushmalari 
Er. avv III – II ming yilliklardagi davlat 
uyushmalari Tavr tog`laridan va Frot daryosining 
o’rta oqimining Misrgacha bo’lgan Sharqiy o’rtayer 
dengizi qirg`ogi hududi va Suriyani qadimda 
yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. 
Qadimda bu hududning katta qismini Xanaan deb 
atalgan dengiz qirg`ogi tashkil etardi. Bu yerda katta 
suv arteriyalari bo’lmay, mahalliy hajmda uncha 
katta bo’lmagan Falastindagi iordan, Suriyadagi Oront 
daryolari mavjud edi. Suv havzalarining taqchilligi 


281 
dehqonchilikning rivojiga imkon tug`dirmagan. Livan 
tog`lari Sharqiy o’rtayer dengizini bir qancha 
tumanlarga bo’lib, bir-biridan ajratgan edi. Cho’l va 
sahro hududlarida ko’chmanchi qabilalar joylashdi. 
Shu bilan birga Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogi
temir rudasi, keng o’rmonlar jumladan, mashhur 
Livan kedriga boy bo’lgan. Qadimda Sharqiy o’rtayer 
dengizi qirg`ogida yashagan qabilalar va xalqlar
to’g`risida qo’shni davlatlar manbalari (Misrning Tell-
Amarna arxivi, Xett hujjatlari, Osuriya ma'muriy 
yozishmalari)’va mahalliy yahudiy dini yodgorligi 
bo’lgan Bibliya (yunon tilida «kitoblar» ma'nosini 
bildiradi) ma’lumot beradi.Yahudiy bibliyasi xristian 
bibliyasini bir qismi bilan to’liq mos keladi va 
Vetxiy Zavet deb ataladi. Yangi Zavet Iso 
payg`ambar hayoti va uning o’quvchilari faoliyati 
to’g`risidagi xristian kitoblaridan iborat. Vetxiy Zavet 
yangi asr boshlarida rasmiylashdi. U an'anaviy 3 
bo’lim qonun yoki ta'limot (Tora), payg`ambarlar va
pisaniya (Yozuv) dan iborat.
Er. avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy o’rtayer 
dengizi qirg`ogi jamoalarida hunarmandchilik va 
dehqonchilik rivojlanadi. Dastlab shimol keyin 
janubda kulolchilik charxi va sopol kuydirish uchun 
maxsus o`choqlar tadbiq etila boshlandi. Metalldan
keng foydalana boshlandi, g`alla, zaytun daraxti va 
uzum yetishtira boshlangan. 


282 
Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoni
rivojlanishi er.avv. III ming yillikda shahar tipidagi
manzilgohlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ana 
shunday shaharlardan biri Finikiyada Bibldir. Bibl 
tosh devor bilan o’rab olingan. Shahar tosh to`shalgan 
ko`cha va tosh devorlar bilan birga ibodatxonalarga 
ega bo’lgan. Bibldan Misrga kedr yog`ochi, smola, 
zaytun moyi olib ketilgan. Misrda smoladan 
mumiyolashda foydalanilar edi. Misrdan Biblga
badiiy buyumlar, munchoqlar, alebastr va diorit 
ko`zalar, qimmatbaho qutichalar, tilla va kumushdan 
ziynatlangan qurollar olib kelingan. Qirg`oq 
shaharlarida mulkiy tabaqalanish natijasida ijtimoiy 
qatlamlarni paydo bo’lishi kuchayib borgan. 
Taxminlarga ko’ra, shu davrda shahar-davlatlarining 
ilk uyushmasi paydo bo’ladi. Sekin-asta qirg`oqda 
Bibldan boshqa yana Finikiya shaharlari Ugarit, 
Sidon va Tir paydo bo’lgan. Mamlakat ichkarisida 
shimoliy Suriyada Alalax shahri (er. avv. IV ming 
yilliklar oxiri III ming yilliklar I yarmida) 
shakllanadi. Er.avv. III ming yilliklarda Suriyadagi
Ebla shahrida (hududi- 56 ga) taxminan 20-30 ming 
aholi yashagan. Eblada asosan, hunarmandchilik va 
savdo rivojlanadi. Er. avv. XIV-XIII asrda bu
shaharda saroy ansambllari shakllangan. Bu yerda 
arxivlar, xom ashyo zaxiralari, qimmatli chet el 
mollari saqlangan. Eblada Misr fir'avnlari nomlari 
yozilgan alebastr xumlari, 32 kg lazurit topilgan. Ebla 


283 
Akkad hokimlari tazyiqiga uchraydi. Er. avv. 2225 
yilda Eblani Akkad podshosi Naramsuen bosib oladi. 
Ijtimoiy jihatdan Ebla shahar-davlat bo’lgan. Davlat 
tepasida podsho turgan va u taxminan diniy 
vazifalarni bajargan. Uning oldida maslahatchilar 
bo’lgan.
Madaniy jihatdan Ebla Shumer sivilizatsiyasi 
yutuqlarini o’zlashtirgan. Shumer-Ebla lug`ati 
tuziladi. Ebla saroy devorlarini bezalishida
Mesopotamiya me'morchiligi bilan aloqa yaqqol 
ko’rinadi. Er. avv. III ming yillikda Falastinda
Megiddo, Quddus va Laxesh shaharlari shakllanadi. 
Barcha shaharlar mustahkam devorlar bilan o’rab 
olingan. Iordan daryosi vodiysida Xasor shahri yirik 
markazga aylanadi. Er. avv. III ming yillikda
Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`ogi aholisi o’z 
tarkibiga ko’ra xilma-xil edi. Shimolda xurrit 
qabilalari yashagan. Er. avv. II ming yilliklarda bu 
yerda xettlar kirib keladi. Ammo er. avv. IV ming
yilliklarda asosiy aholi semit shoxobchasi tillarida
so’zlashadi. Tadqiqotchilar sharqiy o’rtayer dengizi
qirg`og’ida III –II ming yilliklarda mavjud bo’lgan 
eblaid, qadimgi xanaan, ugarit va amoriy tillarini 
ko’rsatadilar.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling